Valijon Maxmudov blogi
149 subscribers
149 photos
39 videos
28 files
75 links
🙎‍♂️ Valijon Maxmudovning shaxsiy blogiga xush kelibsiz!

Ushbu blogda:
- Real va virtual hayotdan olingan tajribalar;
- Shaxsiy rivojlanish;
- Ta'lim va IT;
- Qiziqishlar va foydali hobbilar haqida gaplashamiz.

📞 Kamina: @wmteam95
Download Telegram
Kimnidir erga tegishi 200 mingdan oshiq inson uchun qiziq. Shu sababli ham biz hech narsa qilmay, lekin hamma narsadan noliydigan dangasa boʻlib qolyapmiz 😢.

Izoh: Oʻzim videoga kanalga kirib rasmga olish uchun kirdim.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Omonxonaga ham bordik 😍

Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Omonxona sanatoriyasiga ham borish nasib qildi.

Suvidan ichdik, tabiatidan bahramand boʻldik, Avaz Oxun aytgan sovuq vannasida ham 15 minut turdik 🥶.

Sayohat qilaman degan odam albatta $ sarflab chet elga chiqishi shart emas. Oʻzimizni jannatmakon yurimizni aylanib chiqishni oʻzi ham olam olam taassurotlar beradi.

@VMblogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamidimiz 😢

Har safar shu videoni koʻrganimda koʻnglim buzilib, biroz yigʻi keladi. Va oʻylanib qolaman "bu dunyoda nima uchun yashayapmiz?"

Yaxshilab oʻylab qarasa keyinchalik bizga nafi tegmaydigan boylik va obroʻ uchun harakat qilayotgan boʻlamiz 😔.

Alloh barchamizni toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin va Paygʻambarimizga loyiq ummat boʻlishni nasib qilsin 🤲.

@VMblogi
Faqat Qoraqalpogʻiston qoldi...

Nasib qilsa butun Oʻzbekistonni ozmi koʻpmi aylanib chiqdim. Bugun ilgari kelmagan joylarimdan biri Xorazmga keldim. Va oldin qilmagan ishim samolyotda keldim.

Endi Qoraqalpogʻistonga borsam butun Oʻzbekistonni aylanib chiqqanman deb maqtanadigan boʻlaman 😁.

@VMblogi
Сенга_ёқмайдиган_ва_ғашингни_келтирадиган.ppt
914.5 KB
Senga yoqmaydigan...

Ushbu taqdimotni koʻrganimda juda taʼsirlangan edim 😑.

@VMblogi
"Plastigim yoʻq, lekin insofim bor" - degan rasm 😁

Izoh: Toshkentda avtobuslarda naqd pul olish taqiqlangan, bu esa plastik kartasi yoʻqlarga baʼzan qiyinchilik tugʻdirmoqda.

@VMblogi
Robert Grinning Mahorat kitobini oʻqishni boshladim.

🦍Kitob muallifining ajdodi maymun boʻlgan ekan 😁. Boshida insoniyat juda ilmsiz va maymundek harakat qilgan ekan. Kitobning boshi shu haqida.

Aslida esa insoniyatning otasi Odam Atoning boʻylari juda uzun boʻlgan va hattoki farishtalar bilmagan ilmlarni ham bilgan.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxga ish bilan keldim

Ilgari yoʻlda toʻxtab, Zomin va Forishga bir kelganlarimni aytmaganda Jizzaxga deyarli kelmagan edim.

Endi nasib qilsa toʻliq aylanib chiqamiz.

@VMblogi
Alhamdulillah
2/2 права deyarli hal 😎

P.S.: Vaqtida права olish oldin ish edi, qadriga yetilmagan narsalar vaqti kelib qadrli boʻlib ketishi shu boʻlsa kerak ).

@VMblogi
Ayb sizda emas

Siz koʻrgan narsani koʻrmasdan sizni ahmoqqa chiqarishsa ayb sizda emas....

@VMblogi
Shukr qilishga vaqt ajrating

Bugun oʻzimda sinab koʻrdim: avtobusda ketish davomida ertalab uygʻonish neʼmatiga erishganim, oilam va yurtim tinchligi, yeyishga nonim, sarflashga pulim borligi, salomatligim joyida ekanligi, ishim borligi va boshqa neʼmatlarni eslab chiqdim. Shu orqali oʻzimda yanada oʻzimdan va hayotimdan roziroq kayfiyat va harakatchan energiya paydo boʻldi.

Juda ajoyib praktika ekan, siz ham sinab koʻring. Alloh bermaganidan koʻra berganlari juda koʻp ekanligi va bizga aslida nima yaxshi ekanligini faqatgina Alloh bilishini bir eslab qoʻysak ham savobga erishamiz ham kunimizni yaxshi kayfiyat bilan boshlaymiz.

@VMblogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otamdan qolgan dalalar kitobini tugatdim!
#kitob2025

Kitobni boshida elektron o'qidim, keyin sabrim chidamasdan audio holatida 1.5-1.75 tezlikda eshitib, kecha tugatdim. Asar juda qiziq deyolmayman, lekin Sobiq ittifoqni bizning xalqqa bo'lgan munosabatini bilishimiz uchun o'qib chiqish zarar qilmaydigan kitob deb o'ylayman.

📒 / 🔉 Otamdan qolgan dalalar

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM