Valijon Maxmudov blogi
150 subscribers
149 photos
39 videos
28 files
75 links
🙎‍♂️ Valijon Maxmudovning shaxsiy blogiga xush kelibsiz!

Ushbu blogda:
- Real va virtual hayotdan olingan tajribalar;
- Shaxsiy rivojlanish;
- Ta'lim va IT;
- Qiziqishlar va foydali hobbilar haqida gaplashamiz.

📞 Kamina: @wmteam95
Download Telegram
Bugun bomdod oʻqidingizmi?
#kitob

Namoz oʻqishni boshlashga qiynalayotganlar yoki namozlarini masjidda oʻqishni odat qilolmayotgan uchun harakatga undovchi yaxshi kitob ekan. "Namoz vaqtimni ko'p oladi" degan fikrni noto'g'ri ekanligini anglashimiz kerak.

Bu kitobni Hilol eBook'da 2023-yilning yozida oʻqigan edim va oʻshandan boshlab namozlarni, ayniqsa bomdodni masjidda oʻqishga Alloh ilhomlantirgan.

@VMblogi
Alloh taolo sizni eslashini xohlaysizmi?
#kitob / #kitob2025

ℹ️ Ushbu kitobda Alloh bizni eslashi uchun eng yaxshi amal uni eslash ya'ni uni zikr qilish kerakligini haqida bir qancha ishonchli manbalarga asoslanib tushuntirib berilgan. Kitobni oʻqish davomida oddiygina tasbeh va istigʻforlarning qanchalik qiymati balandligi va bizlarning foydamizga ishlashiga guvoh boʻlasiz.

Kitob bizga toʻliq nazariy maʼlumot beradigan boʻlsa, ushbu nonvoyning amalini amaliyot shaklifa oʻzimizga tadbiq etsak boʻladi.

Men kitobni Hilol eBook'dan o'qidim, menga o'xshab tez zerikadigan inson bo'lsangiz kam-kamdan "hazm qilib" o'qishingizni tavsiya qilaman. Oʻzim shu oyda boshlab, tugatdim.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozir Chorsuda yuribman va kitob doʻkonlarida odam koʻpligidan juda xursand boʻldim.

Boshida "biror nima tarqatishyapti shekilli" deb oʻylagandim, oʻylab qarasam "yorqin kelajak uchun imkoniyatlar ulashishyapti ekan".

@VMblogi
Yana bir foydali kitob tugatildi
#kitob / #kitob2025

Adashmasam shu oy boshida boshlagan edim. Kitobda Paygʻambarimiz S.A.V ni oila aʼzolariga va boshqa insonlarni paygʻambarimizning ahli baytiga boʻlgan muhabbatlari turli kichik hikoyalar asosida koʻrsatib berilgan.

📲 Hilol eBook'dan oʻqidim, sizga ham kitobni oʻqishni tavsiya qilaman.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqituvchi odam boʻlgan ekan!

Qisqa hikoyadan biroz qoʻrqib ketdim. Sababi zamonaviy texnologiyalar sababli bizlar yildan yilga juda koʻp narsalarga erishish bilan bir qatorda yoʻqotayotganlarimiz ham anchagina.

Oddiy misol qilib ilgari oʻzimni biror qarindoshimiznikida yig'ilganimizda oʻzimni tengdoshlarim bilan kamon yasaganimiz yoki chillik oʻynaganimizni hozirda esa jiyanlarimiz yigʻilishgan joyida telefonda zoʻr oʻyinlarni oʻynashlarini keltirishim mumkin 😕.

Oldingi yoshlik paytlari ancha qiziqarli edi...

@VMblogi
Yaxshi bir kitobni audiosini tugatdim
#kitob / #kitob2025

😊 Mutolaa dasturida Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" asarini audio shaklda bir necha kun oldin eshitib, tugatgan edim.

Umuman olganda asar yoqdi, qisqa muddat qahramonlar bilan qishloqda yashadim. Yosh bolalarning maktabni qanchalik yaxshi koʻrishgani, Dyushenning esa xalqini ilmli qilish uchun qilgan mehnatlari menga taʼsir qildi.

Nimagadir ustozlik menga juda yoqadi...

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jonajon Qarshi(m)

23-mart kuni Qarshiga keldim va hozir ham shu yerlarda xizmat safari bilan yuribman.

Oxirgi martta bu yerlarga 2023-yil oʻrtalarida ish yuzasidan kelgan edim. U paytda umumiy 3 oycha vohani kezgan edim.

Qarshida ancha oʻzgarishlar boʻlibdi, vaqt boʻlganda sekin aylanib chiqamizda.

@VMblogi
Kimnidir erga tegishi 200 mingdan oshiq inson uchun qiziq. Shu sababli ham biz hech narsa qilmay, lekin hamma narsadan noliydigan dangasa boʻlib qolyapmiz 😢.

Izoh: Oʻzim videoga kanalga kirib rasmga olish uchun kirdim.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Omonxonaga ham bordik 😍

Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Omonxona sanatoriyasiga ham borish nasib qildi.

Suvidan ichdik, tabiatidan bahramand boʻldik, Avaz Oxun aytgan sovuq vannasida ham 15 minut turdik 🥶.

Sayohat qilaman degan odam albatta $ sarflab chet elga chiqishi shart emas. Oʻzimizni jannatmakon yurimizni aylanib chiqishni oʻzi ham olam olam taassurotlar beradi.

@VMblogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamidimiz 😢

Har safar shu videoni koʻrganimda koʻnglim buzilib, biroz yigʻi keladi. Va oʻylanib qolaman "bu dunyoda nima uchun yashayapmiz?"

Yaxshilab oʻylab qarasa keyinchalik bizga nafi tegmaydigan boylik va obroʻ uchun harakat qilayotgan boʻlamiz 😔.

Alloh barchamizni toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin va Paygʻambarimizga loyiq ummat boʻlishni nasib qilsin 🤲.

@VMblogi
Faqat Qoraqalpogʻiston qoldi...

Nasib qilsa butun Oʻzbekistonni ozmi koʻpmi aylanib chiqdim. Bugun ilgari kelmagan joylarimdan biri Xorazmga keldim. Va oldin qilmagan ishim samolyotda keldim.

Endi Qoraqalpogʻistonga borsam butun Oʻzbekistonni aylanib chiqqanman deb maqtanadigan boʻlaman 😁.

@VMblogi
Сенга_ёқмайдиган_ва_ғашингни_келтирадиган.ppt
914.5 KB
Senga yoqmaydigan...

Ushbu taqdimotni koʻrganimda juda taʼsirlangan edim 😑.

@VMblogi
"Plastigim yoʻq, lekin insofim bor" - degan rasm 😁

Izoh: Toshkentda avtobuslarda naqd pul olish taqiqlangan, bu esa plastik kartasi yoʻqlarga baʼzan qiyinchilik tugʻdirmoqda.

@VMblogi
Robert Grinning Mahorat kitobini oʻqishni boshladim.

🦍Kitob muallifining ajdodi maymun boʻlgan ekan 😁. Boshida insoniyat juda ilmsiz va maymundek harakat qilgan ekan. Kitobning boshi shu haqida.

Aslida esa insoniyatning otasi Odam Atoning boʻylari juda uzun boʻlgan va hattoki farishtalar bilmagan ilmlarni ham bilgan.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxga ish bilan keldim

Ilgari yoʻlda toʻxtab, Zomin va Forishga bir kelganlarimni aytmaganda Jizzaxga deyarli kelmagan edim.

Endi nasib qilsa toʻliq aylanib chiqamiz.

@VMblogi
Alhamdulillah
2/2 права deyarli hal 😎

P.S.: Vaqtida права olish oldin ish edi, qadriga yetilmagan narsalar vaqti kelib qadrli boʻlib ketishi shu boʻlsa kerak ).

@VMblogi
Ayb sizda emas

Siz koʻrgan narsani koʻrmasdan sizni ahmoqqa chiqarishsa ayb sizda emas....

@VMblogi
Shukr qilishga vaqt ajrating

Bugun oʻzimda sinab koʻrdim: avtobusda ketish davomida ertalab uygʻonish neʼmatiga erishganim, oilam va yurtim tinchligi, yeyishga nonim, sarflashga pulim borligi, salomatligim joyida ekanligi, ishim borligi va boshqa neʼmatlarni eslab chiqdim. Shu orqali oʻzimda yanada oʻzimdan va hayotimdan roziroq kayfiyat va harakatchan energiya paydo boʻldi.

Juda ajoyib praktika ekan, siz ham sinab koʻring. Alloh bermaganidan koʻra berganlari juda koʻp ekanligi va bizga aslida nima yaxshi ekanligini faqatgina Alloh bilishini bir eslab qoʻysak ham savobga erishamiz ham kunimizni yaxshi kayfiyat bilan boshlaymiz.

@VMblogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otamdan qolgan dalalar kitobini tugatdim!
#kitob2025

Kitobni boshida elektron o'qidim, keyin sabrim chidamasdan audio holatida 1.5-1.75 tezlikda eshitib, kecha tugatdim. Asar juda qiziq deyolmayman, lekin Sobiq ittifoqni bizning xalqqa bo'lgan munosabatini bilishimiz uchun o'qib chiqish zarar qilmaydigan kitob deb o'ylayman.

📒 / 🔉 Otamdan qolgan dalalar

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM