VisitTashkent
801 subscribers
6.62K photos
866 videos
8 files
2.88K links
Web-site: https://visittashkent.uz/uz/
Facebook: fb.com/tourismdeptashkent
Instagram: instagram.com/visit_tashkent

~Toshkent shahar Turizm boshqarmasi Matbuot xizmati
~Пресс-служба управления Туризма города Ташкента
Download Telegram
#The_Travel_Magazine
#Buyuk_Britaniya_sayyohlik_media_portali

📝 Buyuk Britaniyaning The Travel Magazinedeb nomlanuvchi sayyohlik media-portali O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi sayyohlik brendi elchisi Sofi Ibbotsonning “O'zbekiston bilan tanishish: Ipak yo'li markazida” nomli maqolasini chop etdi. Bu haqida “Dunyo” Axborot agentligi xabar bermoqda.

Maqolada turizm elchisi yurtimizning qadimiy karvon yo‘llari chorraxasida joylashganligi qayd etib, so‘nggi yillarda O'zbekiston sayyohlarni jalb qilishda katta natijalarga erishganini ma’lum qilgan.

Yurtimizning tarixiy shaharlari haqida gapirarkan, Sofi Ibbotson, dastavval, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga alohida urg‘u bergan hamda barcha sayyohlarni mazkur shaharlarga tashrif buyurishga va ularning tarixiy manzarasidan bahramand bo'lishga chaqirgan.

Shuningdek, muallif O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Termiz shahrini ham o‘z maqolasida tilga oladi. Termiz shahrini Makedoniyalik buyuk Aleksandr davrida ham mavjud bo‘lgan Yunon-Baqtriya shaharlaridan biri sifatida tavsiflaydi va O'zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan sayyoh mazkur shaharni ko'rmasdan ketsa, ko‘p narsa yoqotishini ta’kidlab o‘tadi. Maqolada, bundan tashqari, Termiz Arxelogiya muzeyi va “Kampirtepa” qadimiy shahri harobalari haqida ham so‘z yuritiladi.

Aytib o‘tish kerakki, Sofi Ibbotsonning maqolasidan Nukus shahridagi Igor Savitskiy nomidagi San’at muzeyi, poytaxtimiz Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, O'zbekiston davlat amaliy san’at muzeyi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, shuningdek, o'zbek milliy taomlari haqidagi ma'lumotlar ham o'rin olgan.

***

#The_Travel_Magazine
#Туристический_медиа_портал_Великобритании

📝 Знаменитый Британский туристический медиа-портал «The Travel Magazine» опубликовал статью посла туристического бренда Узбекистана в Великобритании Софи Ибботсона под заголовком «Знакомство с Узбекистаном: в центре Шелкового пути». Об этом сообщает ИА «Дунё».

В статье посол туризма отметил, что наша страна расположена на перекрестке древних караванных путей и в последние годы Узбекистан добился больших результатов в привлечении туристов.

Говоря об исторических городах нашей страны, Софи Ибботсон, прежде всего, особо уделял внимание городам Самарканд, Бухара и Хива, которые внесены в список всемирного наследия ЮНЕСКО, и призвал всех туристов посетить эти города и насладиться их историческими обликами.

Также в своей статье автор упоминает Термез, один из древнейших городов Узбекистана. Термез характеризуется как один из греко-бактрийских городов, существовавший еще при великом Александре Македонском и автор отмечает, что турист, путешествующий по Узбекистану, многое теряет, если не видит этот город. В статье, кроме того, упоминаются Археологический музей Термеза и раскопки древнего города «Кампиртепа».

Следует отметить, что статья Софи Ибботсона содержит информацию также о Художественном музее имени Игоря Савицкого в Нукусе, Государственном академическом большом театре имени Алишера Навои, Государственном музее прикладного искусства Узбекистана и Государственном музее искусств Узбекистана в Ташкенте, в том числе о узбекской национальной кухне.

🇺🇿Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi Matbuot xizmati🇺🇿

Rasmiy kanallarimizga a'zo bo'ling 👇
Telegram / Instagram / Facebook