Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.08K subscribers
15.2K photos
1.49K videos
101 files
6.3K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#Kattaqurgan
#Mahallabay

❇️Prezidentimizning 16-yanvar kuni o'tkazgan yig'ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman DSI rahbar xodimlari tomonidan 4-sektor hududidagi mahallalarrda o'rganishlar o'tkazilmoqda.

Aniqlangan muammolarni tezlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
#mahallabay

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi va Fiskal institut mutaxassislari tomonidan mahallaga biriktirilgan xodimlar uchun kasbiy malaka va muomala madaniyatini oshirish, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish, buxgalteriya va soliq yo‘nalishlarida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursi davomida yangi yaratilgan “Mahallalarda soliq organlari faoliyati, axborot tizimi”ning ishlash tartibi, xodimlar uchun qulayligi batafsil tushuntirildi.

Ma’lumot uchun Samarqand viloyatidagi 1126 ta mahallaga 397 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan
#mahallabay #korxonabay

Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor


Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.

Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi.

Mazkur “mahalla yettiligi” xodimlarini bugungi kunda mahalla tizimining haqiqiy fidoyilari deb atash mumkin. Ular aholining intilishlari va maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Top reytingga kiritilgan soliq inspektorlari:
Maxssetbay Saparbayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Ketenler” MFY;
Farrux Ashurboyev – Andijon viloyati “Kuygan-yor” MFY;
Samandar Rajabov – Buxoro viloyati “Polvonlar yurti” MFY;
Xayrulla Berdaliyev – Jizzax viloyati “Toqchilik” MFY;
Oʻktam Raxmatov – Qashqadaryo viloyati “Hontepa”MFY;
Jamshid Shapoʻlatov – Navoiy viloyati “Sarjal” OFY;
Islomjon Olimov – Namangan viloyati “Qoʻrgʻoncha” MFY;
Maxmudxoʻja Saidov – Samarqand viloyati “Chortut” MFY;
Shakirov Dilmurod – Sirdaryo viloyati “Islomobod” MFY;
Shamsiddin Mamataliyev – Surxondaryo viloyati “Gulzor” MFY;
Abror Musabekov – Toshkent viloyati “Tortuvli” MFY;
Baxtiyor Boltayev – Toshkent shahar “Olmos” MFY;
Akmaljon Murotov – Fargʻona viloyati “Jonibek” MFY;
Jalolbek Xudoyberganov – Xorazm viloyati “Qoramozi” MFY

Soliq qoʻmitasi faoliyatlari yuqori baxolangan mahallabay ishlash tizimi xodimlarini hamda oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan munosib oʻrin olgan barcha "mahalla yettiligi" xodimlarini samimiy tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#mahallabay #etirof

Soliq inspektorlari “Mahalla Iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohotlar doirasida, mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib, mahalla tizimi xodimlarining mehnatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur sana munosabati bilan, respublikamiz mahallalarida fidokorona mehnat qilib yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida mahallalarni obod qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratish yo‘nalishidagi xizmatlari uchun, bir qator fidoyi xodimlar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xususan mahalla yettiligi tarkibidagi quyidagi soliq inspektorlarining mehnatlari munosib e'tirof etildi:

Jizzax viloyati Abdujalol Alimardonov;
Namangan viloyati Adhamjon Abdullayev, Ilhomjon Kamoldinov;
Buxoro viloyati Rajab Sharipov, Obidjon Rahmonov;
Toshkent viloyati Axmedova Marhabo, Mo'minov Rafiq;
Samarqand viloyati San’at Narziqulov;
Andijon viloyati Faxriddin Xolmatov, Husniddin Sulaymonov;
Xorazm viloyati Alisher Ramanov, Mammadjon Salayev;
Navoiy viloyati Baxshullo Xamroyev;
Sirdaryo viloyati Dilmurod Shokirov;
Surxondaryo viloyati Xatamov Sarvar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davron Berdimuratov, Maxamatdin O‘marov.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ushbu berilgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan holda, bu nafaqat sharaf, balki yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydigan katta ishonch belgisi ekanligini ta’kidlashdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1