Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#STIR #INN

Vakolatxonalari yoki filiallari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishi

Soliq kodeksi talablariga asosan аlohida bo‘linmalarga (filiallarga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar, agar alohida bo‘linmaning identifikatsiya raqami (STIR) yuridik shaxs STIRidan farqlansa, alohida bo‘linmaning STIRini bekor qilish hamda yagona identifikatsiya raqami bilan faoliyat yuritish choralarini ko‘rish maqsadida alohida bo‘linma joylashgan yerdagi soliq organiga murojaat qilishi shart.

Shu munosabat bilan alohida bo‘linmalarga (filiallarga) ega bo‘lgan va filialning identifikatsiya raqami (STIR) yuridik shaxsning STIRdan farq qilgan holatlar yuzasidan 138 ta soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga eslatmalar yuborildi.

👉 Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#STIR

OTMlarga oʻqishga kirgan talablardan STIR (INN) talab etilmaydi

Biroq, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻqishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati e’lon qilingan boʻlib unda STIR (INN) ham ko‘rsatilgan.

Natijada, STIR raqami mavjud boʻlmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib STIR soʻrash holatlari uchramoqda.

☝️Shu munosabat bilan, eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Shunga asosan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ni berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslik soʻraladi.

❗️Muhim:
Davlat tashkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. (ushbu ma’lumotlar davlat tashkilotlarida oʻzaro axborot almashinuvi orqali olinishi lozim).
👉PF-6191-son 4-band 23.03.2021

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram