Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Bulung‘ur tumanidagi Samarqand mahallasi aholisi uchun bo‘lib o‘tdi.

Viloyat 4-sektor rahbari S.Eshmatov, tuman Xalq qabulxonasi rahbari va mas’ullar ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning muammolarni tinglandi.

Mahalla aholisi o‘z hududlaridagi muammolari bo‘yicha murojaat qilishdi. Jumladan, tabiiy gaz tarmog‘iga ulash, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorligini rivolantirish uchun kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarga mutasaddilar bilan birgalikda yechim izlandi.

Ba’zi muammlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilib, yechimi yuzasidan viloyat va Respublika darajasidagi tashkilotlarga takliflar yuborish choralari belgilab olindi.
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

Soliq rejimini o‘zgartirish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha
(shu kun ham):

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.
#AOS

Bugun, 18-dekabr – soliq rejimini o‘zgartirish uchun xabarnoma yuborishning oxirgi kuni

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI  |   SOLIQ  TIZIMINI  RAQAMLASHTIRISH
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolarini hal etishga ko‘maklashadi

O‘tkazilgan davra suhbatida koʻtarilgan masalalar xususan, markirovka va integratsiya jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan soliq xizmati organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv 2023-yil 21-dekabr (payshanba) soat 15:00da Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazida bo‘lib o‘tadi.📍Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 166.

Shuningdek, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha hududiy soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchunSoliq tekshiruvi yuzasidan shikoyat Telegram boti ishga tushirildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq choralarini yumshatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangan.
__
#встреча

Налоговый комитет содействует решению проблем предпринимателей

Для решения вопросов, поднятых в ходе круглого стола, в частности, проблем, возникающих в процессах маркировки и интеграции, будет организована встреча органов налоговой службы и субъектов предпринимательства.

Встреча состоится 21 декабря 2023 года (четверг) в 15:00 часов в Научно-информационном центре "Янги технологиялар" Налогового комитета. 📍Адрес: улица Мукими, 166.

Также для рассмотрения жалоб на решения территориальных налоговых органов, вынесенные по проведенным контрольным мероприятиям, запущен Telegram-бот «Жалоба на налоговую проверку».

В целях поддержки субъектов предпринимательства Торгово-промышленной палатой подготовлен проект нормативно-правового документа, предусматривающего смягчение мер, связанных с применением статьи 227 прим.1 Налогового кодекса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Oqdaryo tumani, Primkent mahallasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Valiev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mahalla binosida tashkil etilgan qabulda mahalla aholisi ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish, kredit olish, simyog‘ochlarni yangilash, sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Tuman mutasaddilari, tuman 4-sektor rahbari ishtirokida har bir murojaat batafsil o‘rganildi.

Shag‘al yotqizish bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan aniq chora belilab olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

my.soliq.uz sayti orqali ortiqcha to‘lagan soliqlaringizni qaytarib olishingiz yoki boshqa soliqdan qarzingiz bo‘lsa o‘shanga o‘tkazishingiz mumkin.
#deklaratsiya

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lashi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborilmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida va chet eldan olgan daromadlari) asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” havolasi bor. “Batafsil” orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

my3.soliq.uz saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi