Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasidan yana bir qulaylik

Soliq mobil ilovasidan Face ID orqali roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarning ilovaga biriktirilgan telefon raqamlari ularning JShShIRlariga bogʻlanmoqda.

Endilikda soliq to‘lovchilar mobil ilovadan bir nechta telefon raqamlari orqali foydalanganda ham bitta akkaunt hisoblanadi va barcha keshbek summalari ushbu akkauntda jamlanadi.

Ilovaga biriktirilgan telefon raqamlarining  JShShIRga bog‘lanishi xavfsizlikni yanada kuchaytiradi. Ya'ni foydalanuvchilarning keshbek summalari firibgarlar tomonidan o'zlashtirib olinishi cheklanadi.

Foydalanuvchi boshqa telefon orqali Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan raqam bilan ilovaga kirayotganda ushbu foydalanuvchini akkauntning haqiqiy egasi ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida savol oynasi ochiladi. "Ha" tugmasi tanlanganda foydalanuvchi Face ID orqali identifikatsiyadan o'tkaziladi, agar haqiqatdan akkaunt egasi bo‘lsa ilovaga kirishga ruxsat beriladi, "Yoʻq" bosilganda esa foydalanuvchiga akkauntni o'chirib yangi akkaunt ochish taklif etiladi.

Ushbu qulaylikdan Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida foydalanish mumkin. Yangilangan ilova yuklab olish uchun tez kunlarda platformalarga joylashtiriladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI | "JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
❇️ Viloyat 4-sektor rahbari S.Eshmatovning navbatdagi sayyor qabuli Oqdaryo tumani, Avazali mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari, 4-sektor ishchi guruhi a’zolari, mahalla beshligi ishtirok etdi.

Qabulda ko‘tarilgan mahalla hududidagi yo‘lda tezlikni cheklovchi qurilmalar o‘rnatish, simyog‘ochlarni almashtirish, tibbiy masala, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi 20 ga yaqin fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla aholisining murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
#onlayn_NKT

Xaridorlar chek bermaslik holatlari bo'yicha 104 mingdan ortiq shikoyat yo'llagan

Joriy yilning 11 oyi davomida fuqarolardan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha 112 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ulardan 104 mingdan ortig‘i chek bermaslik haqidagi shikoyatlar.

Unutmang! Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKTlardan foydalanishi hamda xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar mijozlarga QR-kodli chek taqdim etishlari shart.

Muhim: Tovar yoki xizmatlar uchun P2P o‘tkazmalari orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

❗️Onlayn-NKT qo‘llamaslik va xaridorga chek bermaslik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
📣 E'lon!

🇺🇿 Hurmatli foydalanuvchilar, soliqservis.uz elektron hujjat aylanish tizimining yangi va qo'shimcha qulayliklarga ega versiyasi ishga tushirilganligini sababli new.soliqservis.uz tizimidan to‘liq foydalanishga o‘tishingizni so‘raymiz.

❗️2024-yil 10-yanvardan boshlab soliqservis.uz tizimidan foydalanishda cheklov o‘rnatilishini ma’lum qilamiz.

🤝 Hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

_____________________

📣 Объявление!

🇺🇿 Уважаемые пользователи, связи с предоставлением новой версии системы электронного документооборота soliqservis.uz, просим перейти к пользованию новой системой - new.soliqservis.uz.

❗️С 10 января 2024 года будут внесены ограничения в использовании старой версии системы электронного документооборота soliqservis.uz.

🤝 Благодарим за сотрудничество!

iOS | Android

Facebook | Instagram | Telegram-bot | Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-dekabr

noyabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч. 4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️Viloyat 4-sektor rahbari S.Eshmatov Toyloq  tumani, Ukrach mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabulda murojaatchilar tomonidan sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, kredit olishda ko‘maklashish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 5 tasi shu yerning o‘zida hal etildi. Shuningdek, суюлтирилган газ балонлари  so‘rab murojaat qilgan  2 nafar fuqaroga ham amaliy yordam ko‘rsatildi.

Vaqt talab etiladigan muammoli murojaatlar sektor rahbari томонидан nazoratiga olindi.
#twitter

Soliq sohasidagi yangiliklarni qo‘mitaning
twitterdagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring.

👉Obuna bo‘ling https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads