Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️Ayni paytda Samarqand shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi o'tkazilmoqda.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish istagini bildirib 94 nafar tadbirkorlar ro'yxatga olindi.

Ro'yxatga olingan 43 ta tadbirkorning muammolariga uchrashuvga qadar yechim qilindi.

Qolgan tadbirkorlik subyektlarining muammolariga uchrashuv davomida birma-bir yechim izlanmoqda.
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Shuningdek, aynan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha savollar tug‘ilsa telegram mesendjeri orqali https://t.iss.one/SoliqMaslahatchilari guruhi orqali murojaat yo‘llang!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
Audio
Savol: Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini to‘lov muddati qachon? Ayrimlar 15 aprel boshqalar 15 oktabr deb aytishmoqda.

Savolga viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Akobir Shamsievning audio javobi.
#soliq_hamkor

🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?

✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021

✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022

📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda

💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022

Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Korrupsiya uchun jazo muqarrar

Yurtimizda har bir soha izchil rivojlanmoqda.

Bundan tashqari davlat tashkilotlari tizimlarining shaffof faoliyat olib borishi uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.

Ammo ba’zi sohalarda korrupsion harakatlar ham uchrab turibti.

Mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan ushbu omilga qarshi kurashish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi boshlig‘i G‘.Matsapaev Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan inspeksiya shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda soliq tizimida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, shunday holatlarga duch kelganda tegishli tartibda chora koʻrish zarurligi, bunday holatlar uchun jazo muqarrarligi taʼkidlandi.

Huddi shu kabi davra-suhbati Toyloq tuman soliq inspeksiyasida ham o‘tkazildi.

G‘.Matsapaev korrupsiyaning davlatimizga keltirishi mumkin boʻlgan zarari, hamda korrupsiyaga qoʻl urgan xodimlar uchun jazo muqarrarligi haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

❗️Shu o‘rinda tadbirkorlik subyektlari vakillari va fuqarolarga eslatma agar siz soliq xodimlarining korrupsion holatlariga guvoh bo‘lsangiz, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, telegramdagi https://t.iss.one/dsq_anticorrupciya_bot, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 55-704-16-06 va 55-704-10-34 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin!

❗️Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!
#bilasizmi

Onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.

Virtual kassa
— fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslari.

👉VMQ-943 23.11.2019-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino

🎬Tez kunlarda Soliq xizmati organlari faoliyatiga bag‘ishlab suratga olingan ko‘p qismli badiiy film tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

👉 Soliq kodeksi 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi funksiyalar

✏️“Raqamni almashtirish”

Ushbu menyu orqali ilovadagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkin.
Buning uchun “Sozlamalar” dan "Raqamni almashtirish" tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib, FACE ID orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.

📨“Yangiliklar va xabarnomalar”
Endilikda sohaga oid yangiliklar bilan ilovaning ayni nomdagi menyusi orqali tanishish mumkin. "Xabarnoma"da esa ilovaga oid qisqa xabarlar eʼlon qilib boriladi.

📊“Monitoring”
Endi foydalanuvchi ilovada bajarilgan barcha amaliyotlar tarixini koʻrishi mumkin.
“Monitoring” tugmasi bosilganda so‘nggi 1 oydagi amaliyotlar avtomatik shakllanadi.
Shuningdek, “Saralash” (filtr) tugmasi orqali istalgan vaqt oraligʻini belgilash mumkin.

📱“Qurilmalar”
Ushbu menyu orqali telefon raqamingiz biriktirilgan ilovalar qaysi qurilmalarga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
“Sozlamalar”dan "Qurilmalar” tanlanganda ilova o‘rnatilgan qurilmalar roʻyxati paydo bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Yuridik shaxsga quyosh panellari o‘rnatilsa qanaqa soliqlardan va qancha muddatga ozod bo‘ladi?

🖊 Shahnoza Egamberdieva

Javob:
Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.

Soliq kodeksining 414-moddasiga asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan,

2023-yil 1-apreldan boshlab,

umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga,

o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

📢 Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#mol_mulk_soligi #soliq_imtiyozi

Mol-mulk solig'idan to‘liq ozod etilganlar:

▫️“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;
▫️yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk (23-yoshga qadar) soliq solishdan ozod etiladi.

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM