Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
90 files
5.82K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 9-mart

mart oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 марта 2023 года последний день

за март:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #QQS

🔴 2022-yilda tuzilgan shartnoma boʻyicha (QQS stavkasi 15 % koʻrsatilgan) 2023-yilda tovar yetkazib berilganda soliq stavkasi 15 % qoʻllaniladimi yoki 12%?

🔵 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 15 %dan 12 %ga tushurilganligi sababli ushbu sanadan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari shartnomada koʻrsatilgan stavkadan qatʼiy nazar, 12 % QQS stavkasini qoʻllaydi.

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-maydan benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qatʼi nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

2023-yil 1-mayga qadar
Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati organlari “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga yaqindan koʻmak berib kelmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal etishga yordamlashish, soliq sohasidagi yangiliklar va oʻzgarishlar mazmun- mohiyatini tushuntirish, ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

🟢 Quyidagi havolalar orqali Samarqand viloyati soliq boshqarmasi va shahar hamda tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining fevral oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Samarqand viloyati DSB
➡️ Samarqand shahar DSI
➡️ Toyloq tuman DSI
➡️ Ishtixon tumani DSI
➡️ Samarqand tumani DSI
➡️ Kattaqoʻrgʻon shahar DSI
➡️ Bulungʻur tumani DSI
➡️ Kattaqoʻrgʻon tumani DSI
➡️ Urgut tumani DSI
➡️ Pastdargʻom tumani DSI
➡️ Nurobod tumani DSI
➡️ Jomboy tumani DSI
➡️ Qo'shrabot tumani DSI
➡️ Payariq tumani DSI
➡️ Narpay tumani DSI
➡️ Paxtachi tumani DSI
➡️ Oqdaryo tumani DSI
#onlayn_NKM

Qaytarilgan cheklarni rasmiylashtirish

🔴 Xaridor mahsulot xarid qilgan kundan ma'lum bir muddat o‘tgach, mahsulotni va xarid chekini qaytarib berdi. Bunday vaziyatda sotuvchi nima qilishi kerak

🔵 Xo'jalik yurituvchi subyektga mahsulotlar to‘liq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, soliq hisobotida qaytarish cheki ma'lumotlarini aks ettirish kerak. Buning uchun sotuvchi yoki kassir tomonidan yangi "Qaytarish cheki" chop etilishi lozim.

Shundan so‘ng, my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi. “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limida “Chekni qaytarish” sahifasining qidiruv tizimida fiskal modul va sana ko‘rsatiladi. Qaytarilgan chek tanlanadi va unga xaridor taqdim etgan xarid cheki tartib raqami kiritilgan holda "Yuborish" tugmasi bosiladi.

Xarid chekidan tashqari, quyidagi hujjatlarni zip (rar) formatida biriktirish lozim:

mahsulotni qaytarish uchun xaridorning yozma arizasi (FISh to‘liq ko‘rsatilgan holda);

kassa cheki (yoki tovar uchun toʻlovni tasdiqlovchi unga tenglashtirilgan hujjat)

xaridorga mablag‘ qaytarilganligi to‘g‘risidagi hujjat (xarajat kassa orderi).

👉 VMQ-943 6-bob

Agar barcha taqdim etilgan hujjatlar soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqilib ijobiy deb topilsa, chek ma’lumotlari qaytarish cheki summasiga kamaytirilganligi hisobga olingan holda tadbirkorlik subyektining soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi:
- QQS hisob-kitobida (1-ilova 0102-qator) “Onlayn-NKM orqali realizatsiyasi qilingan tovarlar (xizmatlar)”;
- AOS hisob-kitobida (1-ilova 0102-qator) “Onlayn-NKT orqali shakllangan daromadlar”.

Tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda tovarlarni sotishdan olingan daromadga xaridorlarga qaytarilgan pul summasiga tuzatish kiritiladi. Tovarlarni sotishdan olingan daromadga tuzatish kiritish pul mablag‘lari qaytarilgan soliq davrida amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943 38-band 6-bob
Savol: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va mamlakatimizda mehnat qilayotgan jismoniy shaxslar qancha miqdorda soliq to‘lashlari haqida ma’lumot bersangiz.

🖊Yulduz Haydarova

Javob:
Soliq kodeksining 382-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
- Dividendlar va foizlar uchun 10%;
- Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) uchun 6%;
- Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar uchun 12%.

📢 Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 10 mart

fevral oyi uchun:
- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

mart oyi uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 марта 2023 года последний день

за февраль:
- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292 Налогового кодекса, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

за март:
- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Qo‘shrabot tumani, Zarkent mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtikoda o‘tgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolarning subsidiya ajratish, ish bilan ta'minlash, tabiiy gaz bosimini ko'tarish, kredit olishda amaliy yordam ko ‘rsatish kabi masalalardagi 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

💻 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

AOS to‘lovchilar uchun

Endilikda aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturi orqali avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉Xizmatlar roʻyxati
👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat
👉Murojaatlar

Soʻngra hujjat turi, soliq turi, hujjat raqami tanlanadi. Bunda imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

❗️Joriy yil 1-apreldan AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
⚡️QQS stavkasini 12 foiz qo‘llashning dastlabki natijalari

Soliq to‘lovchilar joriy yilning fevral oyida soliq organlariga QQS bo‘yicha soliq hisobotlarini birinchi marta 12 foiz stavkada taqdim etishdi.

👉Yanvar oyida 2022-yil dekabr oyi uchun hisobot 15 foizli stavkada taqdim etilgan.

____

⚡️Первые итоги применения НДС по ставке 12 процентов

В феврале текущего года налогоплательщики впервые представили в налоговые органы налоговую отчетность по НДС по ставке 12 процентов.

👉
В январе представлялась отчетность за декабрь 2022 года, когда действовала ставка 15 процентов.
#rasmiy_xabarnoma

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan "E-aktiv" axborot tizimida ishlash yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga javoban quyidagilar ma'lum qilinadi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashida o‘tkazilgan muhokamada berilgan taklif va yechimlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga "E-aktiv" axborot tizimida soliq hisobi bilan bog 'liq operatsiyalarni ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddatini 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirish to‘g'isida taklif kiritildi.

Yaqin kunlarda tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qo'shimcha qulaylik va yengilliklar berishga qaratilgan normativ hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
_________________________

#официальное_сообщение

В ответ на обращения, поступающие от субъектов предпринимательства, о работе в информационной системе "E-aktiv", сообщаем следующее:

С учетом предложений и решений, озвученных в ходе проведенных обсуждений в Налоговом комитете при Министерстве экономики и финансов и Общественном совете при комитете, в правительство Республики Узбекистан внесено предложение о продлении до 1 января 2024 года срока действия порядка добровольного отражения субъектами предпринимательства операций, связанных с налоговым учетом в информационной системе "E-aktiv".

В ближайшие дни ожидается принятие нормативного документа, направленного на предоставление дополнительных преференций субъектам предпринимательства при исполнении ими налоговых обязательств.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter