Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
85 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Endilikda vositachi shartnomasi asosida tovar (xizmat) realizatsiyasini amalga oshiruvchi komitentlar komissioner tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashi mumkin (bunda komitent shaxsiy kabinetida vositachini (komissioner) ro'yxatdan o'tkazgan bo'lishi lozim).

Soliq to‘lovchilar yangi imkoniyatdan my3.soliq.uz portali shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limida test rejimida foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, my.soliq.uz sayti “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dagi “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limining bir qator menyulari my3.soliq.uz saytida joriy qilindi.
Jumladan:
▪️tadbirkorlar tomonidan onlayn-NKM (virtual kassa) hamda Marketpleys orqali shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish;
▪️vositachi tomonidan shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish.

📌Ma’lumot uchun, my.soliq.uz saytidagi onlayn nazorat-kassa texnikasi xizmatlari bosqichma-bosqich my3.soliq.uz saytiga o‘tkaziladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Viloyati soliq boshqarmasi xodimi V.Temirov hamda Samarqand shahar DSI xodimi B.Axmedovlar "Nodavlat, notijorat tashkilotlarining soliq majburiyatlari" mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etishdi.

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
❇️ Kattaqo‘rg‘on shahar 4-sektor hududidagi So'fi Olloyor mahallasida Xalq qabulxonasi va 4-sektor shtabi a'zolari, S.Olloyor mahallasi mas’ullari ishtirokida uyma-uy yurib fuqarolarning muammolarini o’rganilmoqda.
#bilasizmi
#onlayn_NKM

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

To‘lov
terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.

👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
__________
#знаете_ли_вы
#онлайн_ККМ

❗️Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

Фискальный чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

Если контрольно-кассовая техника и расчетные терминалы не применяются и покупателям не выдаются чеки, то за эти нарушения предусмотрен штраф в размере 5 млн сумов.
👉ст.221 НК РУз

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️ Qonunchilikka ko‘ra, 2025 yil 1 yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’ektlar uchun quyidagi soliqlar 50 foizga kamaytirilishi belgilangan:

foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

❇️ Shuningdek, baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilangan.
#ijtimoiy_soliq

Ish beruvchi nogiron xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetidagi “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.

2. Ochilgan oynada "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.

3. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.

4. Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.

5. Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.

6. Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.

7. Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.

8. Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Malumot uchun. 2023-yil 1-yanvar holatiga 41 ta tashkilot tomonidan 163 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 168,5 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 72 mlndan ziyod elektron chek berildi
_____________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 72 млн электронных чеков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
SOLIQ_TAQVIMI_FEVRAL_2023.pdf
183.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil fevral oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на февраль 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Samarqand shahar 4-sektor hududidagi 49 ta MFYdagi xotin-qizlar faollari hamda sektor shtabi hamkorligida 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Ularning qiziqishlariga qarab hunarga yo‘naltirish bo‘yicha shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.