Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
85 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

Tax free – chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun QQS summasini qaytarib olishi mumkin

👉5 ta aeroportda "tax free" tizimi joriy etildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: O‘simlik yog‘ini olib kirish va sotishda QQS bo‘yicha imtiyoz hali ham amaldami?

🖊Gulchehra Rasulova

Javob: Soliq kodeksining 483-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisiga asosan, 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish hamda o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan.

❗️Hozirgi kunda ushbu imtiyoz muddati tugagan.

📢 Savolga Samarqand viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.
SAVOL: Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganda soliq qanday hisoblanadi?

🖊 Nodir Dehqonov

JAVOB: Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.

➡️ Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.

❗️ Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқандда солиқ коэффицентлари тасдиқланди

Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг “Самарқанд вилоятида 2023 йилда юридик шахслар мол-мулк солиғини ҳисоблашда кўчмас мулкнинг мутлақ қийматига қўлланиладиган камайтирувчи коэффициентларни тасдиқлаш тўғрисида”ги Қарори қабул қилинди.

—————-

Samarqandda soliq koeffitsentlari tasdiqlandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Samarqand viloyatida 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

👉 https://zarnews.uz/354

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtubev
#imtiyoz

🔴 Ipoteka krediti asosida uy-joyga muhtojlar uchun kvartira olganman. Kredit toʻlovi summasi har oy ish haqimdan ushlab qolinyapti. Oylik ish haqidan ipoteka krediti toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyozlar beriladimi?

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
Hurmatli yurtdoshlar!

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar to‘lashi mumkin!

❇️To‘laydigan soliqlarimiz yurtimiz ravnaqi, turmushimiz farovonligi, hududlarimiz obodligini ta’minlashga xizmat qiladi!

❇️Shunday ekan, burchimizga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Xususan:

🔸AOS stavkasi unifikatsiya qilinganligidan kelib chiqib, mazkur soliq hisobotining hisob-kitob shaklidagi faoliyat turlari qisqartirildi;

🔸4 va 5-toifa hududlari ham faoliyat turi qatoriga qoʻshilib ushbu toifalar tanlanganda stavka avtomat oʻzgaradi;

🔸AOS hisob-kitobi 2-ilova 0204-satridan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlarning jami daromad ulushidagi 15%lik chegara olib tashlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Savol: Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk oldi-sotti shartnomasi boʻyicha summadan soliq toʻlanadimi?

🖊 Jahongir Abdurashidov

JAVOB: Soliq kodeksining 375-moddasi, 4-bandiga asosan soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kirishi hamda mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanishi belgilangan.

❗️ Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etilishi belgilangan.

➡️ Shuningdek, Soliq kodeksining 378-moddasi, 7-bandiga asosan soliq toʻlovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni oʻttiz olti kalendar oydan koʻp muddatda soliq toʻlovchining mulkida boʻlgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmasligi belgilangan.

📢 Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Channel name was changed to «Samarqand viloyati soliq boshqarmasi»
#QQS

QQS hisobotining 3-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (Bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va Urgut tumani prokuraturasi hamkorligida tuman soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi uchun profilaktik suhbat o‘tkazildi.

❗️ Tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Sobirov va boshqalar korrupsiyaning oldini olish dolzarb vazifa ekani, ushbu jinoyatga boshlovchi omillar, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi, kasb odob-axloq qoidalariga rioya etish shartligi xususida so‘z yuritdi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilishda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish zarurligi, vakolat doirasidan chetga chiqmaslik kerakligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Тelegram | Facebook | Youtube