Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-
moddasi 1-qismi);


noyabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
#aksiz_soligi

10-noyabr aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉 Soliq kodeksi 292-293-moddalari

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan ushbu soliq hisobotini toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma soliq.uz saytining "Soliq hisobotlari" sahifasiga joylangan.

💻 Unda aksiz soligʻi hisob-kitobinining:
🔹Advalor stavkalar;
🔹Qatʼiy stavkalar;
🔹Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar boʻyicha
toʻldirish tartibi batafsil koʻrsatib berilgan.

Soliq stavkalari hamda tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi soliq toʻlovchi tomonidan tanlanadi.

🗓 Hisob-kitoblar ushbu soliqni toʻlovchilari tomonidan har oyda oʻsib boruvchi yakunsiz, alohida tartibda va soʻmda toʻldiriladi.

📜 Aksiz soligʻi hisobotini toʻldirish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA

👉 Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar

👉
2023-yil uchun aksiz solig‘i stavkalari
Savol:Bayram munosabati bilan xodimlarimizga mukofot pullari to‘lab berdik. Aytingchi beriladigan mukofot pulidan ham soliq to‘lashimiz kerakmi?

🖊Muxsinjon Zoxidov

Javob: Ha, soliq to‘lanadi. Bayramlarda xodimlarga beriladigan mukofot pullari Soliq kodeksining 372-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar tarkibida (Soliq kodeksi 371-modda) bo‘lganligi sababli, bu turdagi to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga (12 foiz) hamda ijtimoiy soliqqa (12 foiz) tortiladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.

Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Tashkilot xalq ichiga kirib borib odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishdek ezgulikka yo‘g‘rilgan ustuvor vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.

Yangi O‘zbekistonda inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bu bayram xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Sizlarni bayramlaringiz munosabati bilan viloyat soliq xizmati organlari xodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar eng mashaqqatli, shu bilan birga eng sharafli kasb egalarisiz. O'z mahoratingiz, bilim va malakangizni aholi salomatligini taʼminlash, sog‘lig‘ini mustahkamlashga sarflaysiz.

💐Soha fidoyilarini bayram bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-baraka tilab qolamiz

Hurmat bilan,

S.Eshmatov
Samarqand viloyati
soliq boshqarmasi boshlig‘i
Samarqandda 560 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari Samarqand viloyatida ham o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro U.Z. xonadonida umumiy qiymati 560,2 mln so'mlik 5 turdagi 43 228 shisha qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotganligi aniqlandi va vaqtincha olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
#ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 330 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 165 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 330 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 330 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 165 000 so‘m;

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 330 000 so'm;

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ma'lumot uchun. 2023-yil 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 330 000 so‘mni tashkil etadi.

🔹Yuridik shaxslar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni har oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘laydi.
👉 Yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkalari
Savol: Meni korxonamning tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshmaydi, aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lashim mumkinmi? Bu men uchun qanday yengilliklarni yaratadi?

🖊Abdurashidov Elyor


Javob: Ha, albatta bunga huquqingiz bor! 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etilgan (Soliq kodeksi 467-modda).

❇️Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln so‘mlik, jami daromad 500 mln so‘mdan oshganda esa yiliga 30 mln so‘mlik qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi beriladi.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tartib bo‘yicha soliq to‘lash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi (Soliq kodeksi 470-1-modda):

buxgalter yollash shart bo‘lmaydi (bunda buxgalterga to‘lanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;

soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

bank hisobvarag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga o‘tishga haqli.

Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi.


📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi?

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
👉 PF-61-son 26.04.2023 yil
👉 VMQ-460-son 24.07.2021 yil

Bunda:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. “Xizmatlar” ➡️ “Soliq majburiyatlari” ➡️ “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo‘limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️. Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

3️. Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so‘ralayotgan davr ko‘rsatiladi.

❗️2024-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2025-yil 1-aprel.

4️. Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ro‘yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️. Maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag‘lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️. “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So‘ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️. Kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo‘limida ariza holati, ijrochisi va ko‘rib chiqish muddatlari haqida to‘liq maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
❇️Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun keshbek berilmaydi.
#aksiz_marka

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2023-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan. (VMQ-313 26.07.2023 yil)

▪️Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab:
▫️ ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishda (import kilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
▫️yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda “Davlat belgisi” DUKga murojaat qilishlari mumkin.
▫️ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda savdodan olinadi.

🗓 Aroq mahsulotlarining saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha, Sog‘likni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda 24 oydan ortiq etib belgilanadi.
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 14-noyabr kuni

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 14 ноября

на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads