Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.3K photos
1.32K videos
91 files
5.86K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatovning bayram tabrigi.
SOLIQ TAQVIMI_SENTABR_2023.pdf
177.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil sentabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на сентябрь 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🎓 Ta’lim kontrakti to‘lovi uchun daromad solig'i imtiyozini olish tartibi
❇️Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Narpay tuman 4-sektor rahbari hududdagi 61-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga;
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

🔹Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistoning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga.
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?
Savol: Ayrim hollarda sayyor soliq tekshiruvi xodimlari tekshirishga kelganda xizmat guvohnomasini ko‘rsatishdan bosh tortishadi. Shunday paytda tadbirkorlarda qanday huquqlar bor?

🖊Komil Axmedjanov

♻️Javob:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7 yanvardagi 1-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 17-bandi o‘n birinchi xatboshisiga asosan Sayyor soliq tekshiruvlari yoki soliq auditini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar quyidagi hollarda soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga qo‘ymaslikka haqli.
Agar:

- sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga berilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi uni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno;

- tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa;

- soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa.

Soliq to‘lovchilar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.

📌Yuqoridagilarga asosan, tekshiruvchi mansabdor shaxs o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga qo‘ymaslikka haqli.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-sentabr

avgust oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
#JShShIR

Chet el fuqarolarini soliq organlarida masofadan turib hisobga qo‘yish mumkin

Chet el fuqarolarini soliq organlarida masofadan turib hisobga qo‘yish
uchun my3.soliq.uz sayti interaktiv xizmatidan foydalanish mumkin.

Chet el fuqarolarini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun soliq inspeksiyalariga borish yoki murojaat yo‘llash talab etilmaydi.

Buning uchun "Xizmatlar" toifasidan "Jismoniy shaxslar uchun" sahifasi tanlanadi. Ushbu sahifaning "Shaxsiy ma'lumotlar" bo‘limida “STIRingizni aniqlang tugmasi bosiladi.

“STIR yoki JShShIRingizni tekshiring” bo‘limida "Jismoniy shaxs" satrida "Chet el fuqarosi" tanlanadi, so‘ngra JShShIR hamda himoya kodi kiritilib “Izlash” tugmasi bosiladi.

Tizim qisqa soniyalar ichida Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasiga so‘rov yuboradi.

Agar ekranda chet el fuqarosining F.I.Sh paydo bo‘lsa, demak JShShIR Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasida mavjud ekanligi tasdiqlanadi va ushbu jismoniy shaxs haqidagi ma'lumotlar shu zahoti Soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasida shakllanadi, ya'ni chet el fuqarosi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Agar JShShIR kiritilgandan so‘ng “Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida ushbu JSHSHIR bo‘yicha ma’lumot mavjud emas” yozuvi ko‘rinsa, ushbu JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini anglatadi. Ushbu holatda, chet el fuqarosi Ichki ishlar vazirligining hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashining oxirgi muddati qachon ?
Anonymous Poll
4%
15-sentabrgacha
85%
15-oktabrgacha
7%
15-aprelgacha
12%
15-noyabrgacha
#raqamlashtirish #mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasining faol foydalanuvchilari soni 4 mln nafardan oshdi

Joriy yilning 30-avgust holatiga “Soliq” mobil ilovasida 4,5 mln nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 161,4 ming nafar ko‘p.

🤳🏻Faol
foydalanuvchilar – 4,1 mln nafar

🏆Mobil ilova:
🔹Eng ko‘p yuklangan ilovalarda – TOP-10;
🔹“Moliyaviy xizmatlar” toifasi eng ommabop ilovalarida – TOP-5.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
TAYINLOV

Tolliyev Elyor Musurmanovich Samarqand viloyati, Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Elyor Tolliyev 1983-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2004-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini iqtisodiyot (bakalavriat), 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini davlat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Elyor Tolliyev davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2005-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va deklaratsiyalashtirish sho'basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

E.Tolliev soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
TAYINLOV

Eshmurotov Sherzod Sindarovich Samarqand viloyati Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sherzod Eshmurotov 1986-yilda Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2008-yilda Toshkent moliya institutini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Sherzod Eshmurotov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2010-yilda Samarqand viloyat soliq boshqarmasi EHM operatori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

Sh.Eshmurodov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.