Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.4K photos
1.32K videos
91 files
5.87K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
TAYINLOV

Rasulov Lochinbek Asatovich Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Lochinbek Rasulov 1983-yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2006-yilda Samarqand davlat universitetini yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Lochinbek Rasulov davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2006-yilda Samarqand viloyati soliq boshqarmasi EHM operatori lvozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

L.Rasulov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
TAYINLOV

Giyasov Akmaljon Sobirovich Samarqand viloyati, Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Akmaljon Giyasov 1983-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2010-yilda Soliq akademiyasini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Akmaljon Giyasov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2003-yilda Samarqand viloyati Narpay tumani soliq inspeksiyasi Nazorat inspektorlik sho'basi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Narpay tumani soliq inspeksiyasi Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

A. Giyasov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
TAYINLOV

Kulmirzayev Akbarali Abduganiyevich Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbarali Kulmirzayev 1981-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumani tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini iqtisodchi, 2005-yilda aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Akbarali Kulmirzayev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2006-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumani soliq inspeksiyasi Soliq to'lovchilar hisobotlarini qabul qilish va tahlil etish sho'basi davlat soliq bosh inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

A.Kulmirzaev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
TAYINLOV

Turgunov Akbarali Abdisalomovich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbarali Turgunov 1967-yilda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1991-yilda Samarqand davlat universitetini fizika o'qituvchisi, 1998-yilda Samarqand koperativ institutini iqtisodchi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Akbarali Turgunov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 1994-yilda Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Kompyuter markazi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

A.Turgunov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha videoqo‘llanma

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda oyiga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

👉 Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi?

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

QQS, soliq tekshiruvlari va da'vo muddatining o‘zgarishi haqida batafsil sharh

🔹QQSni qoplash(qaytarish)da soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash (tax gap) amaliyoti taqiqlandi.
👉 Tax Gap nima uchun joriy etilgan?
👉 QQSni qaytarish uchun salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya
❗️Joriy yil boshida QQS summasini qaytarishning asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 30 kungacha qisqartirildi.

🔹 QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilindi. Avval tasdiqlangan 13 ta mezondan kamida bittasi aniqlanganda QQS guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan.
Endilikda faqat bitta holatda amalga oshirilayotgan bitimlar(opersiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlarda QQS guvohnomasining amal qilish muddati toʻxtatib turilishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda QQS guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilindi.

Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak
toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirildi.

🔹Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binoalrini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
🔸Kameral soliq tekshiruvi qanday o‘tkaziladi?
🔸Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?

2024-yil 1-yanvardan:

🔸iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkaziladi;
🔸soliq majburiyatlari boʻyicha daʻvo muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartiriladi.

📜PQ-292-son 04.09.2023

👉Batafsil
_______
#новое_в_законодательстве

Подробный комментарий об НДС, налоговых проверках и изменении срока исковой давности

🔹При возмещении НДС запрещается практика применения коэффициента налогового разрыва.
👉Для чего был внедрен Tax Gap?
👉За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности
❗️С начала этого года срок проведения камеральной проверки обоснованности суммы НДС к возмещению сокращен до 30 дней.

🔹Отменяется порядок приостановления действия Свидетельства о прохождении специальной регистрации по НДС. Ранее действие свидетельства НДС приостанавливалось при выявлении хотя бы одного из 13 утвержденных критериев. Теперь действие свидетельства может быть приостановлено только в случаях несоответствия осуществляемых сделок (операций) номенклатуре закупаемых и реализуемых товаров (услуг). Во всех остальных случаях процедура приостановления действия свидетельства НДС отменяется.

🔹Предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов.

🔹Запрещается при проведении камеральной налоговой проверки:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.
❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.
👉Как проводится камеральная проверка?
👉Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?

С 1 января 2024 года:

🔸дела с участием налоговых органов, рассматриваемые экономическими судами, переводятся в юрисдикцию административных судов;

🔸срок исковой давности по налоговому обязательству сокращается с 5 до 3 лет.

📜
ПП №292 от 04.09.2023

👉Подробнее
❇️Payariqda sayyor qabul o‘tkazildi

Payariq tumanidagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat 4-sektori rahbari Sirojiddin Eshmatovning tuman aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarning akasariyati kommunal (gaz, elektr, suv), yo‘l qurilishi, salomatligini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, qurilish, bandlik masalasiga oid bo‘ldi. Shuningdek, kredit olish, faoliyati, moddiy yordam ajratish, uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan ham murojaat qilindi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida hal qilindi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilandi.
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

❇️Samarqandda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 155 652
nafarga yetdi

Joriy yilning 1-sentabr holatida o‘z uyida daromad topishni boshlagan fuqarolarimizning soni 155 652 nafarga yetdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu raqamlar 2023-yilning 8 oyi davomida ro‘yxatdan o‘tganlarni tashkil etadi.

♻️Hududlar kesimida eng yuqori natijalarni

📍Samarqand shahrida– 20 534 nafar
📍Oqdaryo tumani – 13 367 nafar
📍Toyloq tumani – 13 354 nafar

hududlari qayd etgan.

🟢Yo‘nalishlar kesimida:

📍Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar - 31 289

📍Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 15 841

📍Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 24 472

📍Axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 3 217

📍Maishiy xizmatlar - 63 235

📍Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 17 598

📌Eslatib o‘tamiz, o'zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

Ushbu imtiyozda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga mehnat staji ham hisoblanadi.

👉Soliq kodeksi 408-modda
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2023-yil 1-sentabr holatiga Samarqanda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 54914 tani tashkil etdi.
Shundan 5916 tasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida ro‘yxatdan o‘tgan

👉 Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #raqam_almashtirish

Soliq mobil ilovasida ma’lumotlarni saqlagan holda telefon raqamini almashtirish mumkin