Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

🖥Samarqand” telekanalining “OCHIQ MULOQOT” ko‘rsatuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

👉 Unda viloyat davlat soliq, moliya va g‘aznachilik boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

🖥 Samarqandtelekanalining OCHIQ MULOQOT” ko‘rsatuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

👉 Unda viloyat davlat soliq, moliya va g‘aznachilik boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etishdi.
#ochiq_muloqot_Samarqand

❇️Prezident bilan ochiq muloqot:
tadbirkorlarni qanday yangiliklar kutmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoit yaratib berishda muhim qadam bo‘ldi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining ilgari surgan tashabbuslari ishbilarmon doira vakillarini rag‘batlantirishni sifat nuqtai nazaridan yangi bosqichga ko‘tarishga zamin yaratmoqda.

Xo‘sh, tadbirkorlik subyektlarini istiqbolda qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Jumladan, korxonalar alohida toifaga bo‘linadi va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuv belgilanadi. Shu o‘rinda korxonalarni toifalarga ajratishda yillik aylanma asosiy mezon vazifasini bajaradi. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani mikro, 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani kichik, 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.

2023-yilning 1-yanvaridan mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy qilinadi. Bu ham tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik va faoliyatini kengaytirish borasidagi imkoniyatdir.

Shu o‘rinda olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 hamda 2 foizli soliq stavkasi saqlab qolinishini taʼkidlash joiz.

Mikro biznes vakillari ixtiyoriy ravishda 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan va umumbelgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil mobaynida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi.

2023-yilning 1-yanvaridan kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil mobaynida foyda solig‘ining 50 foizini to‘laydi, soddalashtirilgan soliq hisobotlari joriy etiladi.

Bugungi kunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizni tashkil etadi. 2023-yilning 1-yanvaridan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirilishi belgilandi.

Endilikda savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi. Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.

Muloqotda jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi kerakligini davlatimiz rahbari alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlansa, taraqqiyot bardavom bo‘ladi. Barqaror taraqqiyot esa aholi farovonligini yana-da yuksaltirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar sifatini oshirishning muhim kafolatidir.

Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube