Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishida g‘oliblar qatorida

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan o'tkazilgan tanlov "Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud" (tuman va shahar hokimlari) hamda "Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim" (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishlarida tashkil etildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads