Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#bilasizmi
#onlayn_NKM

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

To‘lov
terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.

👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
__________
#знаете_ли_вы
#онлайн_ККМ

❗️Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

Фискальный чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

Если контрольно-кассовая техника и расчетные терминалы не применяются и покупателям не выдаются чеки, то за эти нарушения предусмотрен штраф в размере 5 млн сумов.
👉ст.221 НК РУз

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish

♻️Xaridor tomonidan mahsulot qaytarilganda soliq to‘lovchi (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish uchun:

🔹my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo‘limidagi “Chekni qaytarish” menyusida chek chop etilgan sana va savdo shoxobchasi tanlanib “Qidirish” tugmasi bosiladi.

🔹Keyingi bosqichda “qaytarilgan chek” shakllanadi. Ushbu bo‘limda xarid cheki raqami kiritilib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

1. Korxona vositachi bo'lganda

Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bo'yicha aylanma komitentning hisobotlarida aks ettirilishi uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini aks ettirishi kerak. Agar korxona sub-vositachi (oraliq vositachi) bo‘lsa, chekda realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ning asosiy komitenti STIRi ko‘rsatiladi.

Bunda, tizim soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida (my.soliq.uz) ro‘yxatga olingan komitent vositachilari ro‘yxatini tekshiradi.

Agar vositachi komitentning STIRini noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo'lsa yoki tegishli vositachi komitent tomonidan ro'yxatga olinmagan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

2. Agar:

a) komitent norezident bo‘lsa – vositachi shaxsiy kabinetdagi “Komitent shakllantirish” bo‘limi orqali “Norezident-komitent ro‘yxatini shakllantirish” xizmatidan foydalangan holda, norezident bilan tuzilgan komissiya shartnomasini yuklaydi. Shundan so'ng, tizim norezident-komitent uchun ID yaratadi. Ushbu ID cheklarda “komitent STIR” o‘rniga aks ettiriladi.

Shuningdek, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini ham tekshiradi. Agar vositachi IDni noto'g'ri ko'rsatgan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

b) sub-vositachi komitenti norezident bo‘lsa – bunda ham vositachi tomonidan norezident-komitent uchun ID yaratiladi. Ushbu ID cheklarda "komitent STIR" o‘rniga aks ettirishi uchun subvositachiga taqdim etiladi.

Bunda, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini tekshiradi. Agar sub-vositachi IDni noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa yoki vositachi shaxsiy kabinetida sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsa, realizatsiya qilingan aylanma subvositachi hisobotlarida aks etadi.

Eslatma. Sub-vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ga berilgan onlayn-NKM va virtual kassa chek summasini bosh komitent soliq hisobotida aks ettirish uchun vositachi bosh komitent tovarlar (xizmatlar)ni raelizatsiya qiladigan sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazishda bosh komitent STIR (JShShIR) yoki ID raqamini (agar bosh komitent norezident bo‘lsa) ko‘rsatishi kerak.
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Qaytarilgan cheklarni rasmiylashtirish

🔴 Xaridor mahsulot xarid qilgan kundan ma'lum bir muddat o‘tgach, mahsulotni va xarid chekini qaytarib berdi. Bunday vaziyatda sotuvchi nima qilishi kerak

🔵 Xo'jalik yurituvchi subyektga mahsulotlar to‘liq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, soliq hisobotida qaytarish cheki ma'lumotlarini aks ettirish kerak. Buning uchun sotuvchi yoki kassir tomonidan yangi "Qaytarish cheki" chop etilishi lozim.

Shundan so‘ng, my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi. “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limida “Chekni qaytarish” sahifasining qidiruv tizimida fiskal modul va sana ko‘rsatiladi. Qaytarilgan chek tanlanadi va unga xaridor taqdim etgan xarid cheki tartib raqami kiritilgan holda "Yuborish" tugmasi bosiladi.

Xarid chekidan tashqari, quyidagi hujjatlarni zip (rar) formatida biriktirish lozim:

mahsulotni qaytarish uchun xaridorning yozma arizasi (FISh to‘liq ko‘rsatilgan holda);

kassa cheki (yoki tovar uchun toʻlovni tasdiqlovchi unga tenglashtirilgan hujjat)

xaridorga mablag‘ qaytarilganligi to‘g‘risidagi hujjat (xarajat kassa orderi).

👉 VMQ-943 6-bob

Agar barcha taqdim etilgan hujjatlar soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqilib ijobiy deb topilsa, chek ma’lumotlari qaytarish cheki summasiga kamaytirilganligi hisobga olingan holda tadbirkorlik subyektining soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi:
- QQS hisob-kitobida (1-ilova 0102-qator) “Onlayn-NKM orqali realizatsiyasi qilingan tovarlar (xizmatlar)”;
- AOS hisob-kitobida (1-ilova 0102-qator) “Onlayn-NKT orqali shakllangan daromadlar”.

Tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda tovarlarni sotishdan olingan daromadga xaridorlarga qaytarilgan pul summasiga tuzatish kiritiladi. Tovarlarni sotishdan olingan daromadga tuzatish kiritish pul mablag‘lari qaytarilgan soliq davrida amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943 38-band 6-bob
#onlayn_NKM

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.
👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimidan foydalanishga o‘tganida quyidagi qulayliklarga ega bo‘ladi:

kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritishni va har bir NKM bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyati bekor qilinadi;

realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi;

virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi Soliq qo'mitasi tomonidan bepul beriladi;

plastik kartalari yoki chegirma kartalariga o‘tkazilgan bonuslar (cashback) daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi;

🔸kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan kam summalarni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqi beriladi.
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM, virtual kassa yoki marketpleys cheklari ma'lumotlarida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉 VMQ-943 1-ilova 23.11.2019-yil

🌐my3.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “Yuridik va jismoniy shaxslarning onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari” sahifasidan tegishli chek tanlanib "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_NKM

Soliq qo'mitasi: nima? qayerda va qanchadan?

Soliq sohasining raqamlashtirilishi natijasida sotuvchi va xaridorlar oʻrtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilgan ishlar va sotilgan tovarlar haqida ular uchun rasmiylashtirilgan EHF va onlayn chek orqali real vaqt rejimida maʼlumot olinadi.

Hozirda bir kunda 150 mingdan ortiq EHF shakllantirilayotgan boʻlsa, yil boshidan buyon 37 mln dan ortiq EHF rasmiylashtirilgan.
Har kuni onlayn NKT, marketpleyslar va agregatorlar orqali 7 mlndan ortiq xarid cheklari soliq organlariga real vaqt rejimida uzatiladi, yil boshidan esa bu koʻrsatkich 2 mlrd dan oshiqni tashkil etadi.

Katta hajmli maʼlumotlarning bunday tahlili, ichki bozordagi holat va sohalar rivojini tahlil qilish imkonini bermoqda