Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#umumiy_ovqatlanish
Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?
Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda
Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi
❗️2024-yil aprel oyi uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-may.
Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.
❗️Aprel oyi uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-may.
Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:
🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?
🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda