Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda dastlab boshqarma boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi. Bosh Qomusimiz erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov so‘zga chiqib Vatanni madh etuvchi ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Tadbir so‘ngida soliq sohasidagi samarali mehnatlari uchun bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Hurmatli soliq to'lovchilar!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan viloyat soliq xizmati organlari xodimlari nomidan samimiy tabriklayman!

Bosh Qomusimiz erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori hisoblanadi.

Barchangizni Konstitutsiya kuni bilan chin dildan tabriklab,  sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
                                                                  
Hurmat bilan,


Sirojiddin Eshmatov,
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr #konstitutsiya

Soliqlar mamlakatni har tomonlama ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi uchun sarflanadi. Yaʼni xalq farovonligi, fuqarolar turmush darajasining oshishi uchun ishlatiladi.

Shu sababli  har bir fuqaro oʻzi yashab turgan davlatda qonun bilan belgilab qoʻyilgan soliqlarni toʻlashi shart. Bu uning davlat oldidagi fuqarolik burchi, mamlakat rivoji uchun qoʻshgan hissasidir.

Konstitutsiyamizning 63-moddasida ham “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak”
,
- deya belgilab qoʻyilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 11-dekabr 

- suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 444-modda 9-qism);

noyabr oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

dekabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 декабря 2023 года последний день

- представления уполномоченным органом в области водопользования и водопотребления налоговым органам, а также юридическим лицам, использующим водные ресурсы в сельском хозяйстве, включая рыбоводческое хозяйство, ожидаемого объема используемых ими водных ресурсов для определения налоговой базы
(ч.9 ст.444 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.

Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.

Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.

Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.
#EHF

Eslatma❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Shu sababli noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni 11-dekabr. 
👉 VMQ-489-son 2-ilova
___
#ЭСФ

Напоминаем❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

В связи с этим последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за ноябрь - 11 декабря.
👉Прил.№2 ПКМ №489
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i S.Eshmatov Toyloq tumani “Istiqlol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida suyultirilgan gaz baloni, ish bilan ta’minlash, simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, salomatligini tiklash kabi masalalarda murojaat qilishdi.

Joyida yechilishi mumkin bo‘lgan muammmolar bartaraf etildi.

Vaqt talab qiladigan boshqa murojaatlarni o'rganib chiqish uchun mas'ullarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosini ta'minlash nazoratga olindi.
Soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yilishi mumkin

📃Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, soliq qarzi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yishi mumkin.

❇️Soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha uning mol-mulkini xatlash soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida u tomonidan to‘liq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni xatlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin.

❗️Mol-mulkni xatlash soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) to‘lash majburiyati uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini ta’minlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

315 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega boʻldi


Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda (340 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Joriy yilning 1-dekabr holatiga 315 829 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so‘m miqdorida ijtimoiy soliq toʻlab mehnat stajiga ega boʻldi.

Unutmang! Siz toʻlagan ijtimoiy soliqlar kelajakda oʻzingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos boʻladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamli_markirovka

Tadbirkorlar va xaridorlar diqqatiga!

Markirovkalanmagan tamaki, alkogol, maishiy texnika hamda dori vositalarini sotish taqiqlanadi.

Hurmatli iste'molchilar, ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

👉 2021-yil 1-yanvardan tamaki va alkogol mahsulotlari;

👉 2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari;

👉 2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalari: changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor;
2022-yil 1-avgustdan gaz plitasi, oshxona dudbo‘roni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar;

👉 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan.

Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.