Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatovning navbatdagi sayyor qabuli Bulung‘ur tumani, “Ulug‘bek” mahallasi fuqarolari uchun bo'lib o'tdi.

Qabulda mutasaddilar tomonidan mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik uchun kredit ajratish, salomatlikni tiklash, ishga joylashish, elektr energiyasi, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish kabi muammoli masalalari tinglanib, ularning bir qanchasi joyida hal etildi.

Muammoni bartaraf etish uchun vaqt talab etuvchi murojaatlar yuzasidan bajariladigan ishlar belgilab olindi.
#nazorat_tadbirlari #markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.

2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.

Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:

Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.

Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.

Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.

Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?
Samarqand viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) tarkibi qanday?

🔸 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 39,7 foiz, sanoat – 14,7 foiz, qurilish – 6,0 foiz va xizmatlar sohasi – 39,6 foizni tashkil etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️Viloyat soliq boshqarmasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat davlat xavfsizlik xizmati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbati ochilishida so‘z olgan viloyati hokimligi Diniy ishlar qo‘mitasi rahbari Sohibnazar Boymurodov bugungi globallashuv jarayonida soliq xizmati xodimlari, ularning oila a’zolari, xususan farzandlarini turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siriga tushib qolishidan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish masalalari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

Turli diniy oqimlarga qo‘shilib qolgan yoshlarning taqdiri, ularning ota-onalari va yaqinlarining farzandlari ortidan chekayotgan iztiroblari bo‘yicha hayotiy voqealar so‘zlab berildi.

Samarqand shahar, IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi Sardor Shamsiev yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi shaxslarning qarmog‘iga tushib qolayotganini ta’kidlab o‘tdi.Ma’ruzachi buguni kunda yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi oqim vakillari ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatidan samarali foydalanishga o‘tgani, bu esa ba’zi fuqarolarimizning bilib bilmay ularning g‘oyalarini tarqatishga xissa qo‘shayotgani afsuslanarli holat ekani haqida to‘xtaldi. Bu esa ma’muriy, jinoiy javobgarliklarga sabab bo‘ladi.

Yakunda ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” videofilmi namoyish etildi.
Savol: Korxonamizning soliqdan qarzi bor va penya hisoblanayabdi. Ammo qarzdorlikni to‘lashga moliyaviy imkoniyatimiz yoʻq. Soliq toʻlashni kechiktirib turishini iloji bormi?

🖊Farmonov Zoxid

❇️ Javob: Ushbu holatda siz soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ariza berishingiz mumkin. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi va shartlari Soliq kodeksining 100 - 101- moddalarida keltirilgan.

Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to‘lash imkonini bermasa, biroq ko‘rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.|

Buning uchun ro‘yxatda turgan soliq organiga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib to‘lash bo‘yicha ariza berishingiz lozim. Arizaga asoslantiruvchi hujjatlarni biriktirishingiz kerak.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.