Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
❇️Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Madaniyat markazi binosida Oqdaryo tumani aholisi uchun viloyat hamda Oqdaryo tuman sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar murojaatlari mutasaddi rahbarlar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida eshitilib, ijrosi tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

Qabulda viloyat 4-sektor mutasaddilari ham qatnashib, aholi muammolarini tinglashdi.
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

2022-yildagi cheklarning MXIK va komitent STIR ma'lumotlarini o‘zgartirish imkoni berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_keshbek

Kam ta'minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

🛒 Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum hamda oʻsimlik yogʻi) sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

Xususan:
🔸 May oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m;
🔸 Iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
🔸 Iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga 1,2 mlrd so‘m.

📲Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.

🧾 Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.

👉Ijtimoiy keshbekni bank kartasiga o‘tkazish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Samarqand shahrida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi, viloyat soliq hamda yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda stol tennisi bo‘yicha 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda g‘olib bo‘lgan sportchilar shu yil 27 sentabr - 2 oktabr kunlari Namanganda bo‘lib o‘tadigan U-13 o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alar, medallar va diplomlar topshirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

“E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha my3.soliq.uz portalidagi soliq to'lovchi shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborish mumkin.
#Bilasizmi

❇️Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi.

❗️Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
#imtiyoz

👉 "20 ming tadbirkor va 500 ming mutaxassis" dasturi bo‘yicha imtiyozlar

👉 Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun soliq imtiyozi

👉 Nodavlat sport-taʼlim muassasalari uchun soliq imtiyozi

👉 Nodavlat o‘quv markazlari uchun soliq imtiyozi

👉 Stomatologiya xizmatlari uchun soliq imtiyozi

👉 AOS stavkasi kimlar uchun 1 % etib belgilangan

👉 AOSning pasaytirilgan summasi qanday qo‘llaniladi

👉 Elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilar uchun foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi

👉 Davlat-xususiy sherilchiligi asosida tashkil etilgan nodavlat MTTlar barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi

👉 Moliyaviy va xalqaro tashish xizmatlari uchun soliq imtiyozidan qanday foydalaniladi?

👉 Eksportchi korxonalar uchun AOS va foyda solig‘idan imtiyozlar

Ma'lumot uchun. Joriy yilning 7 oyida korxonalar 13 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#льготы

👉Льготы по программе «20 тысяч предпринимателей – 500 тысяч квалифицированных специалистов»

👉Льготы для предпринимателей Каракалпакстана

👉Льготы для негосударственных спортивных школ

👉Льготы для негосударственных учебных центров

👉Льготы для стоматологических клиник

👉Для кого установлена ставка налога с оборота в размере 1%

👉Как применить сниженную ставку по налогу с оборота

👉Пониженная ставка налога на прибыль для осуществляющих электронную торговлю

👉Детсады на основе государственно-частного партнерства освобождаются от уплаты всех налогов

👉Как воспользоваться льготой по финансовым услугам и услугам международных перевозок?

👉Льготы по налогу на прибыль и налогу с оборота организациям-экспортерам

Для справки. За 7 месяцев этого года организации воспользовались льготами на сумму более 13 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
❇️Samarqand viloyati soliq xizmati organlariga 2023-yil yanvar-sentabr oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 9345 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
📌6530 tasi xarid cheki bermaslik;
📌2455 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
📌295 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
📌65 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

♻️Murojaatlar asosida 4281 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99% holatda (4263 ta) huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Murojaatlarning 4683 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

❗️Shu o‘rinda savdo qoidalariga rioya etmayotgan tadbirkorlar unutmasliklari kerak. Ya’ni xarid uchun chek berishni rad etish yoki chekni bermaslik O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq 5 million so‘m miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
#Ayni_damda

❇️ "Samarqand"  telekanalida jonli efirda "Ochiq muloqot" dasturi namoyish etilmoqda. Dasturda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i. S.Eshmatov ishtirok etmoqda.
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
Savol:Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig‘idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

🖊 Akmal Fayziev


♻️Javob: Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
-mol-mulkni ijaraga berishdan;
-egaligida bo‘lgan noturar ob’ektlarni sotishdan;
-36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
-yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

❗️Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i S.Eshmatov, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, viloyat g’aznachilik boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari hamda budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi viloyat boshqarmasi boshlig’i ishtirokida jonli efirda namoyish etilgan "Ochiq muloqot" dasturi.

Batafsil:https://www.facebook.com/samtvr.uz/videos/2090325981325466