Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.01K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️Viloyat soliq boshqarmasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti R.Shakurov va markaz bosh mutaxassisi I.Eshonqulov, viloyat prokurori o‘rinbosari D.Sayidqulov hamda prokuratura mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i S.Eshmatov viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan korrupsiya, poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansabni suiiste’mol qilish hamda boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Viloyat prokurori o‘rinbosari Dilmurod Sayidqulov viloyatda korrupsiyaga oid sodir etilgan jinoyatlar holati bo‘yicha ma’ruza qildi. Xususan, viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan ta’magirlik holatlari va ularga qo‘llanilgan jazo choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.

🎤-Ma’ruzalarimni imkon qadar qiziqarli tayyorlashga harakat qilaman,-deydi Rafiq Shakurov.- Jumladan, korrupsiyaga oid jinoyatga qo‘l urganlarga qonunchilikda belgilangan choralar, statiska bilan birga hayotiy misollar orqali ma’ruza qilaman. Maqsad tinglovchilar poraxo‘rlikning oqibatlari, o‘zining va farzandlarining kelajagiga qanchalik salbiy ta’sir qilishini his qilishsin.

Shuningdek, tadbirda ma’ruzachilar oson yoʻl bilan daromad orttirish yoki oʻzlariga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilgan holda korrupsiyaga qoʻl urishning zararli oqibatlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari toʻgʻrisida to'xtalib o'tishdi.

Telegram I Facebook I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq” mobil ilovasida 4 mlndan ortiq foydalanuvchilar 24 turdagi xizmatdan foydalanmoqda

Sentabr oyi boshiga kelib ilovada ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 4,5 mlnga yetdi, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 161,4 ming nafar ko‘p.

📲 Faol foydalanuvchilar – 4,1 mln nafar.

🏆Mobil ilova:
-Eng ko‘p yuklangan ilovalarda – TOP-10;
-“Moliyaviy xizmatlar” toifasi eng ommabop ilovalarida – TOP-5.

👉Youtube orqali ko‘rish
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – Soliq huquqbuzarliklari uchun moliyaviy sanksiyalar, soliq imtiyozlari va QQS qaytarish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi.
👉PQ-300 11.09.2023

Hujjatga koʻra:

2023-yil 1-oktabrdan

🔹
tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 mln soʻmdan yuqori boʻlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qoʻllaniladi.

2024-yil 1-yanvardan

🔹“Izlanish va rivojlanish” (R&D)
markazlari tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatda mol-mulk, yer soliqlari va xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorida toʻlaydi.

🔹jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni toʻliq qaytarib berish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:
▪️xorijiy turistlarga – Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida Oʻzbekiston hududida sotib olingan va “Tax free” tizimi boʻyicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
▪️tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida koʻrsatilgan eksport xizmatlari uchun.

🔹“Mahalla budjeti” tizimi shahar va tumanlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda tuman va shahar byudjetiga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, daromadi 1 mln soʻmdan oshmaydigan fuqarolarni daromad soligʻidan ozod qilish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi.
Mazkur meyoriy hujjat amaliyotga joriy qilingach 1,3 mlnga yaqin fuqaro ixtiyorida oʻrtacha bir oyda 84 mlrd soʻm, 1 yilda qariyb 1 trln soʻmga yaqin mablagʻ qoladi.
__________
#новое_в_законодательстве

Стратегия "Узбекистан – 2030":
о финансовых санкциях за правонарушения, налоговых льготах и возврате НДС

Принято Постановление Президента Республики Узбекистан “О мерах по качественной и своевременной реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в 2023 году”.
👉№ПП-300 от 11.09.2023 г.

Согласно документу:

С 1 октября 2023 года

🔹финансовые санкции
за налоговые правонарушения в размере свыше 10 млн сумов будут применяться к субъектам предпринимательства исключительно в судебном порядке в случаях, когда субъект предпринимательства оспаривает факт правонарушения.

С 1 января 2024 года

🔹Центры изысканий и развития (R&D)
на срок 3 года начиная со дня создания будут уплачивать 1% суммы, начисленной по налогу на имущество и земельному налогу, а также социальный налог за своих работников в размере 1%;

🔹расширяется система возврата физическим и юридическим лицам НДС в полном размере за счет:
▪️зарубежных туристов – за продукцию, приобретенную на территории РУз и оформленную по системе «Tax free», в международных аэропортах РУз;
▪️туроператоров – за экспортные услуги в рамках договоров с зарубежными контрагентами;

🔹во всех районах и городах республики поэтапно внедряется система «Махаллинский бюджет». При этом в фонды по решению социально-экономических проблем махалли будет направляться часть налоговых поступлений, поступающих в бюджеты районов и городов.

Вместе с тем, поручено разработать законопроект об освобождении от налога на доходы граждан, доходы которых не превышают 1 млн сумов. После внедрения в практику данного нормативного документа в распоряжении около 1,3 млн граждан в среднем будет 84 млрд сумов в месяц и почти 1 трлн сумов в год.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Soliqlarni to'lashni unutmang!

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan

🖊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan:

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni  taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20 sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar aks etishi uchun 2-ilovaga 0216-0230 satrlar qoʻshildi.

Ushbu qo‘shimcha bir necha faoliyat turlari bo‘yicha QQS imtiyoziga ega subyektlarga tegishli.

Hisobotda boshqa o'zgarishlar yoq.

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

На основании обращений налогоплательщиков в Приложение №2 к Расчету добавлены дополнительные строки 0216-0230 для отображения в них оборотов по реализации товаров (услуг), не подлежащих налогообложению в соответствии с Налоговым кодексом.

Это дополнение относится к тем субъектом, у которых имеются льготы по НДС на несколько видов деятельности.

Других изменений в отчетности нет.

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aksiz solig`i solinadigan obyektlar nimalardan iborat?
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1–2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3–4-qismlari);

sentabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за III квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads