Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.08K subscribers
15.2K photos
1.48K videos
101 files
6.28K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#hamkorlik #IHTT

Davlat soliq qo‘mitasi IHTT standartlarini qo‘llashni boshlamoqda

Joriy yilning 4-5-may kunlari Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parij shahridagi shtab-kvartirasida bo‘ldi.

Tashrif davomida soliq solish bazani kamaytirish va daromadlarni soliqdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) harakat rejasi standartlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, IHTT rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining Global forumga qo‘shilish maqsadi haqidagi rasmiy arizasi taqdim etildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish imkonini beradi.

Tomonlar O‘zbekistonning IHTT standartlariga qo‘shilish qarori bugungi kunda mamlakatda soliq maʼmuriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidladi.

Muzokaralar natijasida IHTT standartlarini joriy etish masalalarida Davlat soliq qo‘mitasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik #IHTT

O‘zbekiston IHTTning "Yirik transmilliy kompaniyalar tomonidan daromadlarini yashirish va soliqdan qochishga qarshi kurash" bo‘yicha yig‘ilishda qatnashdi

Joriy yilning 7-10-aprel kunlari Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning foydani yashirish orqali soliq bazasini kamaytirish va soliqdan qochish (BEPS - Base Erosion and Profit Shifting) harakatlariga barham berish masalalari bo‘yicha yillik yuqori darajali yig‘ilishida ishtirok etdi.

Jahon iqtisodiyotning dinamik o‘zgarishi sharoitida, IHTT hamda "Katta yigirmatalik" (G20) davlatlari hamkorligida “BEPS inklyuziv dasturi” ishlab chiqildi. Bu dastur katta transmilliy kompaniyalarning iqtisodiy faoliyati olib boriladigan joylarda foydaga soliq solishning samarali vositalarini yaratishga qaratilgan global chora-tadbirlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu o‘z navbatida xalqaro soliq muhitida biznes uchun aniqlik, shaffoflik va barqarorlikni taʼminlaydi.

“BEPS inklyuziv dasturi”da ishtirok etuvchi davlatlar umumiy soni 147 taga yetdi. (jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina kabi MDH davlatlari). O‘zbekiston 2023-yilda qo‘shilgan.

Hozirgi vaqtda IHTT mutaxassislari O‘zbekistonga BEPSning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishda texnik yordam ko‘rsatmoqda.

👉Batafsil
___________
#сотрудничество

Узбекистан принял участие в совещании ОЭСР по глобальной борьбе с сокрытием крупными транснациональными компаниями своей прибыли и ухода от налогообложения

Председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев принял участие в ежегодном совещании высокого уровня Организации экономического сотрудничества и развития (ОЭСР) по глобальной борьбе с размыванием налогооблагаемой базы и выводом прибыли в страны с низкими налоговыми ставками (BEPS - Base Erosion and Profit Shifting), которое проводилось с 7 по 10 апреля в г.Кейптаун (ЮАР).

В условиях динамичной трансформации глобальной экономики ОЭСР совместно со странами «Большой двадцатки» разработали «Инклюзивную программу BEPS», которая, в частности, включает комплекс глобальных мер по созданию эффективных инструментов налогообложения прибылей крупных транснациональных компаний по месту осуществления их экономической деятельности, что в целом будет положительно влиять на предсказуемость, прозрачность и универсальность международной налоговой среды для бизнеса.

Общее число государств-участников Инклюзивной программы BEPS достигло 147 (включая такие страны СНГ, как Азербайджан, Армения, Белоруссия, Грузия, Казахстан, Россия и Украина). Узбекистан присоединился к данному процессу в 2023 году.

В настоящее время эксперты ОЭСР оказывают техническое содействие Узбекистану по внедрению международных стандартов по борьбе с негативными проявлениями BEPS.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1