Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#sayyor_qabul

Murojaatlar tinglandi, muammolar o‘rganildi

🔹 Mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlarining xalq orasida bo‘lishi, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishi joylardagi kamchilik va muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish, yurtdoshlarimiz xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratadi. Zero, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar zamirida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mujassam. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda
sayyor qabul va bevosita muloqotlar samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

🔹
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Samarqand tumanidagi 12-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Bevosita muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.

🔹 Sayyor qabulda elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari taʼminoti, yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga, salomatlikni tiklashga amaliy ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Murojaatlarda tilga olingan masalalarni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🔹 Tadbirda aholining muqim daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalasi ham eʼtibordan chetda qolmadi. Chunonchi, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga tikuv mashinalari, motoarralar, yuqori bosimli avtomobil yuvish uskunalari, motokultivatorlar taqdim etildi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

🔰 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Sohibkor” va “O‘zbekqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uchun navbatdagi
sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Sayyor qabulda elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga, moddiy yordam va imtiyozli kredit olishga ko‘maklashih kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

❗️ Murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

Sektor rahbari Chag‘izmonga bordi

🟢 Joylardagi muammolar, aholining dardi-istagi, takliflari mutasaddi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqoti asnosida yuzaga chiqadi. Shu bois,
sayyor qabullar muammolarni hal etish, jamoatchilik fikrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔹 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov navbatdagi sayyor qabulini Urgut tumani, “Chag‘izmon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazdi. Yuzma-yuz muloqotda fuqarolardan subsidiya asosida uy-joy olishga ko‘maklashish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘mir, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlar taʼminotini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar ijobiy yechim topishi maqsadida sohalar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullariga yo‘naltirildi.

🔹 Sayyor qabulda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yurtdoshlarimizga pishiriq pechlari, payvandlash uskunasi va motoarra berildi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
#Nurobod
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Nurobod tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tuman hokimi va mutasaddilar ishtirok etgan qabulda nurobodliklar o‘zlarini qiynab kelayotgan qator muammolar bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilishdi.

Jumladan, tadbirkorlar soliq sohasidagi savollariga atroflicha javob olishdi.

Shuningdek, fuqarolarning ishga joylashish, salomatligini tiklash, qishloq ko‘chalariga shag‘al yotqizish bo‘yicha murojaatlari ijobiy yechim topdi.

Vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat olinib, ba’zi murojaatchilarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Qo‘shrabot tumani, Zarkent mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtikoda o‘tgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolarning subsidiya ajratish, ish bilan ta'minlash, tabiiy gaz bosimini ko'tarish, kredit olishda amaliy yordam ko ‘rsatish kabi masalalardagi 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
#4_sektor 
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamov Paxtachi tumanida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqotlarda tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Sayyor qabulda tibbiy ko‘rikdan o‘tishida va tibbiy yordam ko‘rsatilishida amaliy yordam berish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, davolanishi uchun dori-darmon bilan ta’minlash, uy-joy olishda ko‘maklashish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

Qator muammolarga sayyor qabulning o‘zida yechim topildi.
#Ishtixon
#sayyor_qabul

❇️Aholi muammolarini o'rganish va ularni tizimli hal etish maqsadida Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamovning navbatdagi sayyor qabuli Ishtixon tumanida bo'lib o'tdi.

🟢Qabul davomida fuqarolar subsidiya ajratish, tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish, ichki yo‘llarni asfaltlash, bankdan kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasida mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Mazkur muammolarning ba'zilari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#sayyor_qabul

2023-yilda 3 mingdan ziyod sayyor qabullarda 31 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-aprel oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 3 539 ta sayyor qabullarda 41 628 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 31,5 mingta (75,7%);
▫️tushuntirish berilgan – 7,3 mingta (17,4%);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,8 mingta (6,8%);
▫️rad etilgan – 20 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍
Toshkent viloyati – 365 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 316 ta;
📍Qoraqalpog‘iston Resp. – 280 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyat  4-sektor rahbari Alovitdin Inag‘amov fuqarolarning muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida Samarqand shahar "Bog‘bonlar" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazdi.

Qabul davomida  fuqarolar subsidiya asosida uy-joy olish, alimentini undirish, imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so'rab murojaat qilishdi.

Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
#Jomboy
#Sayyor_qabul

❇️Aholi muammolari ijobiy yechim topishda sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi Alovitdin Inagamovning Jomboy tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulida ham aholini qiynab kelayotgan 34 ta masala koʻrib chiqildi.

Murojaatlar asosan sog‘likni tiklashda, bankdan imtiyozli kredit ajaratishda, svetafor o‘rnatishda, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalalarida bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida 8 nafar fuqaroning muammosi bartaraf etilgan boʻlsa, 2 nafariga tushuntirish berildi, qolgan murojaatlar vaqt talab etgani bois masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabulda tuman hokimi va mas’ul rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Bu kabi tadbirlar xalq bilan faol va ochiq muloqotlar qilish orqali avvalo inson huquqi hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyat 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Bulung‘ur tumanida bo'lib o'tdi.

Qabulda mutasaddilar tomonidan "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftari" da ro'yxatda turuvchi fuqarolarning  tadbirkorlik, uy-joy, salomatlikni tiklash, ishga joylashish, elektr energiyasi, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish kabi muammoli masalalari tinglanib, ularning bir qanchasi joyida hal etildi.

Vaqt talab etuvchi murojaatlar yuzasidan bajariladigan ishlar belgilab olindi.
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov Kattaqo‘rg‘on tumanida tuman sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri va mas’ul rahbarlar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.

❇️Qabulda mutasaddilar tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik, uy-joy, salomatlikni tiklash, ishga joylashish, moddiy yordam olish, kasbga yo'naltirish, yo'llarni asfaltlash kabi muammoli masalalari tinglanib, ularning bir qanchasi joyida hal etildi. Vaqt talab etuvchi murojaatlar yuzasidan bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qilgan onaxonning uyiga aravacha mutasaddilar tomonidan yetkazib berildi.
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig'ining Toyloq tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabulida 30 nafardan ortiq fuqarolarning suyultirilgan gaz baloni bilan, ish bilan ta’minlash, subsidiya ajratish, salomatligini tiklash kabi masalalardagi murojaatlari tinglanib, 10 dan ortiq murojaatlarga joyida ijobiy yechim topildi.

Bundan tashqari ushbu uchrashuvda Toyloq tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi va murojaatlarga ijobiy yechim topishda o'z hissalarini qo'shishdi.

Shuningdek, vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat ostiga olindi.
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Valiyev Qo‘shrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda qo'shrabotliklar ish bilan ta'minlash, ichki ko'chalarni ta'mirlash, tabiiy gaz bosimini ko'tarish, kredit olishda amaliy yordam ko ‘rsatish kabi masalalarda murojaat qilishdi.

Har bir murojaat yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
#4_sektor
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatov Paxtachi tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Qabulda ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash, ichimlik suvi, eski siyog‘ochlarni almashtirish, bankdan kredit olishda ko‘maklashish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

Aholi vakillarining har bir murojaati mutasaddilar tomonidan tegishli tartibda o'rganilib, ko'plab masalalar viloyat 4-sektor rahbari tomonidan joyida ijobiy yechim topdi.

Ba'zi vaqt talab etuvchi murojaatlarning ijrosi mas'ullar tomonidan nazoratga olindi.
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i S.Eshmatov Toyloq tumani “Istiqlol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida suyultirilgan gaz baloni, ish bilan ta’minlash, simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, salomatligini tiklash kabi masalalarda murojaat qilishdi.

Joyida yechilishi mumkin bo‘lgan muammmolar bartaraf etildi.

Vaqt talab qiladigan boshqa murojaatlarni o'rganib chiqish uchun mas'ullarga kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosini ta'minlash nazoratga olindi.
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatovning navbatdagi sayyor qabuli Bulung‘ur tumani, “Ulug‘bek” mahallasi fuqarolari uchun bo'lib o'tdi.

Qabulda mutasaddilar tomonidan mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik uchun kredit ajratish, salomatlikni tiklash, ishga joylashish, elektr energiyasi, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish kabi muammoli masalalari tinglanib, ularning bir qanchasi joyida hal etildi.

Muammoni bartaraf etish uchun vaqt talab etuvchi murojaatlar yuzasidan bajariladigan ishlar belgilab olindi.
#4_sektor
#sayyor_qabul

❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatov Paxtachi tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.