Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi
Savol: Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud imtiyozlar haqida qaerdan ma’lumot olish mumkin?

Anora Riskulova

❇️Javob:Soliq kodeksining 483-moddasida QQS bo‘yicha vaqtinchalik imtiyozlar keltirilgan.

❇️Shuningdek, Soliq kodeksining 243-moddasida QQS solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar, Soliq kodeksining 244-moddasida soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar keltirilgan.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

👆Ushbu videoqo‘llanma orqali 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.
#Bilasizmi

❇️ Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to'lamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.

📁 Shuningdek, enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.
#YeTTB

O‘zbekistondagi islohotlarga xorijda ham ishonch ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Prezidentimiz nutqida taʼkidlaganidek,
so‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishildi.

Soliq yuki qariyb 2 barobar kamaygani, soliq maʼmurchiligi soddalashgani, O‘zbekistonda mintaqamizdagi eng jozibador fiskal tizim shakllangani xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Islohotlarimizga ishonch ortgani tufayli yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Umuman, mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani natijasida tadbirkorlar soni 4 barobar oshdi.

Eng muhimi – siyosiy va iqtisodiy islohotlarimizni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yaqinda umumxalq referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizda islohotlarning ortga qaytmasligi va bardavom bo‘lishi qatʼiy kafolatlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘zimiz tanlagan, uzoq muddatga mo‘ljallangan ochiqlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmasdan, yana-da dadil oldinga boramiz.
#imtiyoz

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

♻️ Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘lovi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirgan mablag‘laridan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

Yil boshidan ayni kunga qadar 188,1 ming nafar fuqaroga jami 262,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Jumladan:
🔸"Kontrakt" to‘lovidan – 156,8 ming nafar fuqaroga 196,2 mlrd so‘m;
🔸Ipoteka kreditiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan – 20,9 ming nafar fuqaroga 49,9 mlrd so‘m;
🔸Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlardan – 10,3 ming nafar fuqaroga 16,7 mlrd so‘m.

👉"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi.
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar
eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi:

🔸har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining
57-moddasi talablariga javob berganda.

🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6,
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5
pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:

🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;

🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlar professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqiga ega.

➡️ “Usta-shogird” maktabi o‘quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

🎞 Batafsil videolavhada

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bilasizmi

Soliq to‘lovchining soliq davri davomida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga (kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda) to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha (2 mln 640 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
🗣 Diqqat, ovozli chat!

📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

👉 Savollaringizni qoldiring

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 20-may
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 20 мая - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 22 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM