Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#Jomboy
#Sayyor_qabul

❇️Aholi muammolari ijobiy yechim topishda sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi Alovitdin Inagamovning Jomboy tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulida ham aholini qiynab kelayotgan 34 ta masala koʻrib chiqildi.

Murojaatlar asosan sog‘likni tiklashda, bankdan imtiyozli kredit ajaratishda, svetafor o‘rnatishda, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalalarida bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida 8 nafar fuqaroning muammosi bartaraf etilgan boʻlsa, 2 nafariga tushuntirish berildi, qolgan murojaatlar vaqt talab etgani bois masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabulda tuman hokimi va mas’ul rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Bu kabi tadbirlar xalq bilan faol va ochiq muloqotlar qilish orqali avvalo inson huquqi hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi

Toshkent shahrida 2023-yil 20-may kuni O‘zbekiston Marketing Uyushmasi ekspertlari va hamkorlari hamda iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra “2022-Yil brendi” VI mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Soliq mobil ilovasi "Yil brendi – 2022" tanlovining IT yo‘nalishida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zining 20 dan ortiq xizmatlarini qulay, tez va oson taqdim etib kelayotgan ilovaga foydalanuvchilar tomonidan 16 530 ovoz berildi.

Shuningdek, ilova ekspertlar ovoziga ko‘ra ham tanlov g‘olibi deb topildi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyevning shaxsan ishtiroki va alohida tabrigi esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari, bunday natijalar va yutuqlarga Sizning e’tiboringiz va e’tirofingiz bilan erishildi.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha-barchaga minnatdorlik bildiramiz.
G‘alaba hammamizga muborak bo‘lsin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 22-may

aprel oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 мая 2023 года последний день

за апрель:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в апреле были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter