Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Viloyat soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyasi mas‘ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo Savdo kompleksi” MChJ va “Oqdaryo dehqon bozori” MCHJ hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda.

🔹 Tadbir davomida mavjud soliq qarzining undirilishi, savdo nuqtalarini onlayn NKM, 2 D skanerlari o‘rnatilishi hamda to‘lov terminallari bilan jihozlanishi va qo‘llanilishi, norasmiy savdo faoliyatini amalga oshirib kelayotgan fuqarolarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, xaridorlarga chek berilishi yuzasidan vakolat doirasida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🎤-Jumladan, 135 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati o‘rganilganda 21 holatda kamchiliklar aniqlandi,-deydi boshqarma mas’ul xodimi Dilovar Sultonov.- Onlayn nazorat kassa mashina uchun shartnoma qilib, to‘lovni amalga oshirgan ammo olib kelib o‘rnatmagan. To‘lov terminallaridan to‘laqonli foydalanmasdan yoki 2 D skanerlari o‘rnatmasdan faoliyat yuritayotgan subyektlar bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazdik. Aslida Oqdaryo tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan har bir tadbirkorlik subyektiga rasmiy ogohlantirish xati berilib, ogohlantirilgan. “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga qonuniy ishlashlari lozimligi yana bir bor tushuntirildi.

Ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda.
❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi tomonidan MIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Bulung'ur tumanida faoliyat yurituvchi “Ismatilla Savdo Servis” MChJ ning 274.5 million so‘m,“Ikromjon Ummatovich” MChJning 54.1 million so‘m, “Xamidobod Imkon” MChJ ning 514.1 million so‘m soliq qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamaganliklari uchun soliq xodimlari tomonidan noturar obyektlari xatlandi.
❇️Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Payariq tumanida olib borilgan xatlov tadbirlarida qator tadbirkorlik subyektlarining mulklari xatlandi.

Jumladan, “Qodirqulov Toshmamat barakasi” MChJning 202,0 million so'm soliq qarzi uchun 1 millard so'mlik, “Dilnoza Zaynitdinova” MCHJning 128 million so'm soliq qarzi uchun 400 million so'mlik, “Visola savdo fayz” MCHJning 160,0 million so'm soliq qarzi uchun 1 milliard so'mlik noturar binolari, “Qumchuq sahovat zamini” fermer xo‘jaligining 50,1 million so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha avtotransport vositasi xatlandi va jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
Audio
Savol:O‘qituvchiman. Farzandimni shartnoma asosida o‘qitganman. O‘qishni tamomlaganiga 2 yil bo‘ldi. Yaqinda eshitib qoldim, daromad solig‘idan imtiyoz borligini. Men ham shu imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi?

Savolga viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Akobir Shamsievning audio javobi.
#korrupsiya

Soliq qo‘mitasi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida 1-o‘rinda

Ma'lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reytingi baholashdan o‘tkaziladi.

2022-yil iyul oyida e'lon qilingan reytingda
24 ta davlat tashkiloti ichidan Soliq qo‘mitasi faoliyati “yaxshi” deb topilib 81 ball bilan 2-o‘rinni egallagan edi.

62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi baholangan bu galgi reytingida Soliq qo‘mitasi 93 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👉Korrupsiyaga qarshi kurashish

👉
Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand shahrida joylashgan “Temur Avto Plus”MCHJning 60.5 million so'mlik soliq qarzdorligi uchun 100 million so‘mlik avtotransport vositasi, “Samarqando‘lko‘klam” MCHJning 120.5 million so'mlik qarzdorligi uchun 600 million so‘mlik avto transport vositalari, “Graver Menejment ”MCHJning 58.4 million so'mlik qarzdorligi uchun 1 milliard so‘mlik, “Shashlik gurman MCHJ 18.8 mln so'mlik qarzdorligi uchun 250 million so‘mlik, “Sam Mex Treding”MCHJ ning 711million so'mlik qarzdorligi uchun 1 milliard so‘mlik so‘mlik noturar obyektlari xatlandi.
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉Soliq kodeksi 423-modda

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

▫️10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalardan biri;
▫️pensionerlar;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

❗️Mazkur imtiyoz mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter