Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.3K photos
1.32K videos
91 files
5.87K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#Nurobod
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Nurobod tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tuman hokimi va mutasaddilar ishtirok etgan qabulda nurobodliklar o‘zlarini qiynab kelayotgan qator muammolar bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilishdi.

Jumladan, tadbirkorlar soliq sohasidagi savollariga atroflicha javob olishdi.

Shuningdek, fuqarolarning ishga joylashish, salomatligini tiklash, qishloq ko‘chalariga shag‘al yotqizish bo‘yicha murojaatlari ijobiy yechim topdi.

Vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat olinib, ba’zi murojaatchilarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

🗓 Joriy yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

🔸
har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining
57-moddasi talablariga javob berganda.

🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6,
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5
pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:

🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;

🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқандда бозор ва савдо комплексларидаги бир марталик йиғим қиймати қанча?

Бу борада вилоят ҳокимининг тегишли қарори қабул қилинди.

—————-
Samarqandda bozor va savdo komplekslaridagi bir martalik yigʻim qiymati qancha?

Bu borada viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://zarnews.uz/745f

Kanalga qoʻshiling: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#bilasizmi?

Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

- mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

- ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

♻️Farzandim uchun kontrakt to‘laganman. Lekin hech qayerda ishlamayman. Men ham to‘langan kontraktdan 12% daromad solig‘ini qaytarib olsam bo‘ladimi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

👩‍🎓2018-yilda to‘langan kontraktdan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinmi?
❇️Kattaqo‘rg‘on tumanida fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Sh.P 14 milliondan ortiq soliqdan qarzini to‘lamagan.

Soliq xodimlarining bir necha bor ogohlantirishiga, fermer xo‘jaligiga borib to‘lovni amalga oshirishni so‘raganiga qaramasdan fermer davlat oldidagi qarzini uzishni paysalga solib kelgan.

Tuman soliq inspeksiyasining qarori bilan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, fermer xo‘jaligining avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yildi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang❗️
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbeklar 97 mlrd so‘m bo‘ldi

Yanvar oyida qariyb 2 mln nafar iste'molchiga 97 mlrd soʻm keshbek hisoblangan boʻlib, ayni paytda 1,7 mln nafarga yaqin iste'molchiga 65,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. (2022-yil yanvar oyi uchun 114 ming nafardan ortiq iste'molchiga 15,8 mlrd to‘langan)

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 890 mlrd so‘mdan oshdi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
 
🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

🙎🏻‍♂️Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

💳Keshbekni bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha videoqo‘llanma
#markirovka

Orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash

2023-yil 1-martdan boshlab kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2023-yil 1-martga qadar aylanmaga kiritilgan orfan dori vositalari ulgurji (diller) va chakana savdo (dorixona) korxonalari tomonidan 3 yil davomida raqamli markirovkasiz sotilishi mumkin.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va respublikaga olib kiruvchi korxonalar tomonidan har bir dona orfan dori vositalari
DataMatrix-kodi yordamida raqamli markirovkalanadi hamda aylanmaga (sotuvga) kiritiladi.

Mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish uchun korxonalar “Asl belgisi” axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi.

👉 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilindi

👉 Hammasi raqamli markirovka haqida
❇️Samarqand tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Nizomov Shirinobod mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulda fuqarolarning har bir murojaatini alohida o‘rgandi.

Murojaatlar ichki yo‘llarni ta’mirlash, suyultirilgan gaz balonlarini o‘z vaqtida kelinmayotganligi kabi masalalar yuzasidan bo‘ldi.

Qabulda bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida yechimini topish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.