Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.4K photos
1.32K videos
91 files
5.87K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

🖊Prezident qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 19 taga ko‘paydi

1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas-adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlari uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketga biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar tayyorlash
18. Kandakorlik, misgarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash

Shuningdek, Prezident qarori bilan 01.03.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻpni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔸foyda va AOSning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
🔸ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
🔸davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

👉Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati
🏆Samarqand shahrida prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha prokuror kubogi musobaqasi tashkil etildi.

🏓Viloyat stol tennisi federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada viloyat prokuraturasi xodimlari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasi: FACE ID – xavfsizlik kafolati

Soliq organlari chekni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan shaxsni aniqlash maqsadida, u tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish uchun maxsus mobil ilova orqali onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsatishni talab qilishi mumkin.
2023-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to'lovining eng kam stavkalari.
#keshbek

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:

▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;

🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya

🖊Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarda adolatli soliq siyosatiga alohida e'tibor qaratilgan

📖Yangilanayotgan Qomusimizning 51-moddasida soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi, fuqarolarning konstitutsion huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi kerakligi belgilanmoqda.

👉Tuman va shaharlar toifalarga ajratilib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va subsidiyalar berildi

👉AOS boʻyicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

👉Tadbirkorlik subyektlari mezonlar asosida toifalarga ajratiladi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzi

🔹Tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

👩🏻‍💻 Bu imkoniyatdan foydalanish uchin shaxsiy kabinetdan murojaat yuboriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyevning “Facebook”dagi shaxsiy sahifasidan:

“Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo mamlakatlarning Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi bo‘yicha Global forumining Yillik hisobot to‘plamida O‘zbekistonning Global forumga a'zo bo‘lganligi alohida qayd etilibdi.

O‘tgan 2022-yil davomida Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq ma'muriyatchiligi tizimini halqaro andozalar asosida reenjiniring qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Global forum Raisi Mariya-Xose Garde tomonidan 2022-yil
may oyida yuborilgan xatga asosan, mamlakatimiz Global forumning 164-a'zo davlati sifatida e'tirof etilgan edi.

2023-yil davomida ham Global forum bilan hamkorlik ishlari davom ettiriladi hamda O‘zbekistonning soliq maqsadlarida xalqaro ma'lumot almashish bo‘yicha imkoniyatlari yangi bosqichga olib chiqiladi.”
Kalendar_mart_2023_yil.pdf
259.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil mart oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на март 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 1-mart

2022-yil uchun:

- foyda solig‘i bo‘yicha soliq davri yakunlari yuzasidan soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi beshinchi qismi va 440-moddasi beshinchi qismi);

- mol-mulk solig‘i hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi ikkinchi va sakkizinchi qismi);

- suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi uchinchi qismi va 448-moddasi beshinchi qismi);

- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-(prim 7)moddasi ikkinchi va uchunchi qismi);

- xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 480-moddasi birinchi qismi).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️1 марта 2023 года последний день

за 2022 год:

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу на прибыль по итогам налогового периода
(часть пятая статьи 339 Налогового кодекса);

- представления в налоговый орган по месту налогового учета налоговой отчетности и уплаты по налогу на имущество по итогам налогового периода
(части вторая и восьмая статьи 417 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу за пользование водными ресурсами по месту водопользования или водопотребления юридическими лицами Республики Узбекистан (за исключением сельскохозяйственных предприятий)
(часть третья статьи 447 и часть пятая статьи 448 Налогового кодекса);


- уплаты и представления налоговой отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в налоговый орган по месту налогового учета
(части вторая и третья статьи 454 (прим 7) Налогового кодекса);

- исчисления, представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль нотариусами, занимающимися частной практикой
(часть первая статьи 480 Налогового кодекса).
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-martdan:

👉EHF yoki onlayn-NKT cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlari (MXIK)ni aks ettirganlik uchun chora ko‘riladi (Soliq kodeksi 223-modda 5-qism);

👉2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan soliq qarzini 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

👉soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;

👉QQS toʻlovchilar va ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 % va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar ”E-aktiv” AATdan foydalanadi;

👉2026-yil 1-yanvarga qadar 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi.
60 yosh muborak!

🎂 Soliq tizimida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan viloyat soliq boshqarmasi Yuridik bo'lim bosh yuriskonsulti Zokir Sultonov 60 yoshni qarshilamoqda.

Murabbiy va ajoyib ustoz sifatidagi faoliyatingizni boshqarma jamoasi hurmat bilan tilga oladi, bosib o‘tgan hayot yo‘lingizni o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rnak sifatida qadrlaydi.

Mana shunday qutlug‘ kuningizda Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, doimo farzandlaringiz, nabiralaringiz, shogirdlaringiz ardog‘ida quvonchlarga to‘lib yurishingizni tilaymiz.

Fursatdan foydalanib, Sizni viloyat soliq xizmati organlari xodimlari nomidan tavallud kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga tinchlik, farovonlik va fayz-baraka tilab qolamiz.

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi jamoasi.
🏆Soliqchilar "Viloyat hokimi kubogi" sohibi

Viloyatdagi boshqarma va tashkilot xodimlari o‘rtasida mini futbol turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada munosib tarzda ishtirok etgan viloyat soliq boshqarmasi jamoasi yakunda viloyat Markaziy bank boshqarmasi jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.