Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.06K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.98K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

❗️Izoh
. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.
#foyda_soligi

🔴 Tashkilotimiz AOSni qatʻiy belgilangan summada toʻlaydi. 10-sentabrdan boshlab QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtdi. Sentabr uchun qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanadimi?

🔵 Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi AOS summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

Yaʻni, sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlashdan QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtilganda sentabr oyida qatʻiy belgilangan summada AOS va umumbelgilangan soliqlar toʻlanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi.
👉Soliq kodeksi 470-1-modda

15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, sentabr oyi uchun 16-oktabrgacha qatʻiy belgilangan summada AOS toʻlanishi kerak.

Oktabr oyidan boshlab qatʻiy belgilangan summada AOS hisoblanmaydi. Faqat QQS va foyda soligʻi toʻlanadi.
#foyda_soligi

❗️Ma’lumot uchun. Prezident Qaroriga ko‘ra foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgan.
👉PQ-292 04.09.2023
__________
#налог_на_прибыль

❗️К сведению. В соответствии с Постановлением Президента предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов
👉№ ПП-292 от 04.09.2023 г.
#foyda_soligi

❗️Ma’lumot uchun. Prezident Qaroriga ko‘ra foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgan.
👉PQ-292 04.09.2023
__
#налог_на_прибыль

❗️К сведению. В соответствии с Постановлением Президента предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов
👉№ ПП-292 от 04.09.2023 г.
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
#foyda_soligi

"Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi onlayn seminar videoyozuvini bu yerda ko‘ring - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA
_______
#налог_на_прибыль

Запись онлайн-семинара на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#foyda_soligi

Foyda soligʻi hisobotini taqdim etganlar kiritilgan oʻzgartirishlar bo‘yicha qayta hisobot topshirmaydi

Foyda soligʻi hisobotiga oʻzgartirishlar kiritildi – paket kodi – 10205_43

Tovarlar (xizmatlar) tannarxi aniqlash boʻyicha 2.1(a) va 2.1(b)-ilovalarga quyidagi satrlar qoʻshildi.

021-satr – jami xarajatlarning xizmat koʻrsatish faoliyati uchun amalga oshirilgan qismi ushbu satrda aks etadi.

031-satr – ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilgan jami xarajatlar boʻyicha tuzatishlar aks ettiriladi.

Ushbu satrga tuzatishlar quyidagi holatlarda kiritiladi:

– ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilar tovar moddiy zaxiralar tarkibiga qaytarilganda;
– hayvonlarni oʻstirish va boʻrdoqiga boqish boʻyicha joriy xarajatlar hayvonlar tannarxiga (oʻsish va ortgan vazn) kiritilganda;
– oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar operatsiyalararo omborlarga kirim qilinganda;
– asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan toʻgʻirlanmaydigan yaroqsiz mahsulot (yoʻqotish)lar hisobdan chiqarilganda;
– asosiy ishlab chiqarishda moddiy qiymatliklarning kamomadi aniqlanganda;
– tabiiy ofatlar, yongʻin va shu kabilar natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar hisobdan chiqarilganda;

Yuqoridagi tuzatishlar hisobiga yil davomida amalga oshirilgan jami xarajatlar (030-satrdan) avtomatik kamayadi.

07011 - 07021-satrlar – joriy davrda sotish uchun kirim qilingan tayyor mahsulot va tovarlar qiymatiga kiritiladigan tuzatishlar aks ettiriladi.
Mazkur satrlar quyidagi holatlarda toʻldiriladi:
- inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulot va tovarlar kirim qilinganda;
- tayyor mahsulot va tovarlar ajratilgan boʻlinmalardan kelib tushganda;
- ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushgan tovarlar kirim qilinganda;
- oʻtgan yil realizatsiya qilingan tayyor mahsulot va tovarlar xaridor va buyurtmachi tomonidan qaytarilganda
.

07012 - 07022-satrlar – joriy davrda sotish uchun chiqim qilingan tayyor mahsulot va tovarlar qiymatiga kiritiladigan tuzatishlar aks ettiriladi.
Mazkur satrlar quyidagi holatlarda toʻldiriladi:
- tayyor mahsulot va tovarlar yoʻqolishi va buzilishidan kamomadlar aniqlanganda;
- ichki ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlar ishlatilganda, tayyor mahsulotlar sexlarga qayta ishlovga berish va boshqalar uchun qaytarilganda;
- tayyor mahsulot va tovarlar tekinga berilganda
;
- tayyor mahsulot va tovarlar boshqa holatlar boʻyicha chiqib ketganda.

0903-satr – oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, xom ashyo va materiallar sotilganganda ularinng tannarxi aks ettiriladi.
Mazkur satr faqatgina oʻz mahsulotini yarim tayyor holatda yoki xom ashyo va material holatida realizatsiya qilinganda toʻldiriladi.

📖 Soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti "Foyda solig‘i hisob-kitobi" bo‘limida ushbu soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha yangilangan qo‘llanma joylashtirilgan.

Muhim❗️Bungacha amal qilgan paket kodlari (10205_41 / 10205_42) bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarni qayta topshirish talab etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

2023-yil yakunlari bo‘yicha
foyda solig‘i hisoboti 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 339-modda

👉Youtube orqali ko‘rish
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 25 mart

mart oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 марта 2024 года последний день

за март:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #foyda_soligi

Elektron tijorat sohasi uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo'llaniladi

Elektron tijorat maxsus platformalar — marketpleyslar orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ular soliq organlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilgan boʻlishi kerak. O‘zbekistonda 174 ta marketpleys roʻyxatga olingan.

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi:
▫️AOS bo'yicha - 2%;
▫️foyda solig'i bo'yicha - 7,5%.

Onlayn xaridlar uchun fiskal chek elektron shaklda beriladi.