Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#sayyor_qabul

🔷 Jomboy tumani “Shirinkent” mahalla fuqarolar yig‘inida 4-sektor mas’ul xodimlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

Murojaatlar tinglandi, muammolar o‘rganildi

🔹 Mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlarining xalq orasida bo‘lishi, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishi joylardagi kamchilik va muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish, yurtdoshlarimiz xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga zamin yaratadi. Zero, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar zamirida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mujassam. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda
sayyor qabul va bevosita muloqotlar samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

🔹
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Samarqand tumanidagi 12-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Bevosita muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.

🔹 Sayyor qabulda elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari taʼminoti, yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga, salomatlikni tiklashga amaliy ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Murojaatlarda tilga olingan masalalarni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🔹 Tadbirda aholining muqim daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalasi ham eʼtibordan chetda qolmadi. Chunonchi, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga tikuv mashinalari, motoarralar, yuqori bosimli avtomobil yuvish uskunalari, motokultivatorlar taqdim etildi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

🔰 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Sohibkor” va “O‘zbekqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uchun navbatdagi
sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Sayyor qabulda elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga, moddiy yordam va imtiyozli kredit olishga ko‘maklashih kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

❗️ Murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

Sektor rahbari Chag‘izmonga bordi

🟢 Joylardagi muammolar, aholining dardi-istagi, takliflari mutasaddi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqoti asnosida yuzaga chiqadi. Shu bois,
sayyor qabullar muammolarni hal etish, jamoatchilik fikrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔹 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov navbatdagi sayyor qabulini Urgut tumani, “Chag‘izmon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazdi. Yuzma-yuz muloqotda fuqarolardan subsidiya asosida uy-joy olishga ko‘maklashish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘mir, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlar taʼminotini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar ijobiy yechim topishi maqsadida sohalar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullariga yo‘naltirildi.

🔹 Sayyor qabulda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yurtdoshlarimizga pishiriq pechlari, payvandlash uskunasi va motoarra berildi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
#Nurobod
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Nurobod tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tuman hokimi va mutasaddilar ishtirok etgan qabulda nurobodliklar o‘zlarini qiynab kelayotgan qator muammolar bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilishdi.

Jumladan, tadbirkorlar soliq sohasidagi savollariga atroflicha javob olishdi.

Shuningdek, fuqarolarning ishga joylashish, salomatligini tiklash, qishloq ko‘chalariga shag‘al yotqizish bo‘yicha murojaatlari ijobiy yechim topdi.

Vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat olinib, ba’zi murojaatchilarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Qo‘shrabot tumani, Zarkent mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtikoda o‘tgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolarning subsidiya ajratish, ish bilan ta'minlash, tabiiy gaz bosimini ko'tarish, kredit olishda amaliy yordam ko ‘rsatish kabi masalalardagi 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
#4_sektor 
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamov Paxtachi tumanida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqotlarda tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Sayyor qabulda tibbiy ko‘rikdan o‘tishida va tibbiy yordam ko‘rsatilishida amaliy yordam berish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, davolanishi uchun dori-darmon bilan ta’minlash, uy-joy olishda ko‘maklashish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

Qator muammolarga sayyor qabulning o‘zida yechim topildi.
#Ishtixon
#sayyor_qabul

❇️Aholi muammolarini o'rganish va ularni tizimli hal etish maqsadida Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamovning navbatdagi sayyor qabuli Ishtixon tumanida bo'lib o'tdi.

🟢Qabul davomida fuqarolar subsidiya ajratish, tibbiy va moddiy yordam koʻrsatish, ichki yo‘llarni asfaltlash, bankdan kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasida mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Mazkur muammolarning ba'zilari joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va mablag' talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#sayyor_qabul

2023-yilda 3 mingdan ziyod sayyor qabullarda 31 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-aprel oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 3 539 ta sayyor qabullarda 41 628 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 31,5 mingta (75,7%);
▫️tushuntirish berilgan – 7,3 mingta (17,4%);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,8 mingta (6,8%);
▫️rad etilgan – 20 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍
Toshkent viloyati – 365 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 316 ta;
📍Qoraqalpog‘iston Resp. – 280 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyat  4-sektor rahbari Alovitdin Inag‘amov fuqarolarning muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida Samarqand shahar "Bog‘bonlar" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazdi.

Qabul davomida  fuqarolar subsidiya asosida uy-joy olish, alimentini undirish, imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so'rab murojaat qilishdi.

Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.