Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Toyloq tumani 4-sektor rahbari Shuhrat Sharipov, mahalladagi yoshlar agentligi vakillarining faoliyati hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Sektor rahbari mahallalarda aniqlangan muammolarni ijobiy hal etilishi bo'yicha hamisha qo‘llab-quvatlashga, yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini aytib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart_bayram_tabrigi
🌹Ayol borki olam munavvar

🌷Aziz ayollar Siz tufayli oilamiz barakali, hayotimiz mazmunli! Davlat va jamiyatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin egallashingizni ta’kidlayman. Siz, azizlarning shijoati va tashabbuskorligi taraqqiyotimizda muhim o‘rin tutadi.

💐Sizga mustahkam sihat-salomatlik tilaymiz, baxtu saodat doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

🌺BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Тelegram | Facebook | Youtube
Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Javlon Yadgarov tuman davlat soliq xizmati organida samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbot etib, bayram sovg‘asini ulashdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Amaliy yordam – asosiy vazifa

Tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Jumladan, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini yetkazish va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘maklashilmoqda.

Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash shoʻbasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida korxonalarga E-ijara, E-aktiv avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish, dastlabki buxgalteriya hisobini yuritish, soliq rejimini tanlash, shaxsiy hisob varaqasidan nusxa berish kabi yo‘nalishlarda 78 marta ko‘mak berildi. Shuningdek, boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha 7 ta holatda 51 million 900 ming so‘mni qaytarishga yordam berildi.

Shoʻba xodimlari bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganmoqda. Jumladan, tuman soliqchilarining bu galgi manzili “Madina savdo belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi. Korxona mutasaddilariga joriy yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, E-ijara, E-aktiv avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartibi, hisobotlarni elektron shakllantirish va yuborish yuzasidan tushunchalar berildi.

– Korxonamiz 2009-yilda tashkil topgan, – deydi “Madina savdo belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi Anvar Sultonov. – Dastlab korxonamiz chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullangan. Bugungi kunda turar joy qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqdamiz. Ayni paytda korxonamizda 170 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari korxonamizga kelib, sohaga doir qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklar, E-ijara, E-aktiv avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish xususida batafsil maʼlumot bermoqda. Soliqchilarning ko‘magi faoliyatimizda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka zamin yaratadi.

✍️ Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
🌹🌹🌹 Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyat davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimalar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati sohada fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlari yanada samarali bo‘lishiga tilak bildirdi.

Bayram munosabati bilan viloyat davlat soliq xizmati organlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh xotin-qizlar boshqarmaning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

– Bugun Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati biz, xotin-qizlar uchun ajoyib bayram tadbirini tashkil etganidan bag‘oyat xursand bo‘ldik, – deydi Malika Chorshanbayeva. – Bayram kayfiyati kelgusida faoliyatimizni yana-da samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘zim va hamkasblarim nomidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman. Har bir kunimiz shunday serfayz va shukuhli o‘tishiga tilakdoshman.

O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Mardon Mavlonov, “Nihol” mukofoti sohibi Yodgor Mirzajonov, Valijon Ermatov va bir qator sanʼatkorlarning diltortar ashulalari bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
Siz soliq organlarida korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqida xabar bering!

📲 Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni
💬@dsq\_anticorrupciya\_bot maxsus telegram boti orqali yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining (66)-234-06-16 Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin!

❗️Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyat davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimalar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Тelegram | Facebook | Youtube