Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.09K subscribers
15.2K photos
1.49K videos
101 files
6.3K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🟢 Jomboy tumani 4-sektori rahbari Baxtiyor Baratov sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi nuroniy onaxonlar, faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklab, ularga bayram sovg‘alarini ulashdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand shahri 4-sektori rahbariyati tomonidan "Temir daftar" va "Ayollar daftari"iga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud xotin-qizlarga nogironlik aravalari yetkazildi.

🔹Shuningdek, hozirgi kunda nafaqadagi munis va dilbar onaxonlarimiz holidan xabar olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#uchrashuv

DSQ raisi: Ayollar ham soliq inspeksiyalarini boshqara oladi

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun
ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.

Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas.

Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#8_mart

Bayramingiz muborak bo‘lsin, go‘zal bayramning dilbar sababchilari!

Aziz ayollar, munis onaxonlar, hurmatli opa-singillar Sizlarni, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoni quyoshsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotni ham moʻtabar onalarimiz, mehribon ayollarimiz, go‘zal opa-singillarimiz va shirin qizaloqlarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz.

Insoniyat taraqqiyotiga unutilmas va beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni dunyoga keltirib, ularni ulug‘vor ishlarga ruhlantirib, kamarbasta bo‘lgan siz kabi oqila ayollarimiz bilan hamisha faxrlanamiz. Sizlarning oldingizda doimo ta’zimdamiz.

Qadrli nafosat olami vakilalari, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, go‘zal bayramning dilbar sababchilari!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qaror_loyihasi

💬 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Suv resurslarini aniq hisobga olish tizimini yo‘lga qo‘yish va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha ma’murchilikni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada barcha foydalanilgan suv resurslari hisobini yuritish bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasi bo‘yicha taklif berish 2022-yil 18-martgacha.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🟢 Payariq tumani 4-sektori rahbariyati tashabbusi bilan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘cha tosh-shag‘al bilan tekislandi.

Тelegram | Facebook | Youtube