Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
426 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida "Gʻamxo‘rlik" guruhlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (25.01.2024-y. 46-son) qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra,

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoʻllash boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari tashkil etiladi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlari:

2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi

Hukumat qarori (17.09. 2021-yil 572-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yillardagi qaror tarqatilib, oʻqituvchilarda koʻplab savollar tugʻilmoqda. Mazkur sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruvda maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida «yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga» olib kelgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy o‘rta ta`lim tashkilotlari.pdf
541.8 KB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug'i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarining yangi tahririni tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2024

⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javoblar varaqasi 2024.pdf
369.7 KB
#abituriyent_2024 #javoblar_varaqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi

🔰 2024-2025-o‘quv yili
uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

🔹
har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.

1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.

2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlash rejalashtirilmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga koʻra ushbu fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 20 foiz ustama toʻlab kelinayotgan edi.

Quyida 2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan milliy sertifikatlar imtihonlari muddatlari koʻrsatgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot yordamida milliy sertifikat olsangiz, oylik maoshingiz qancha bo‘lishini hoziroq hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi eʼlon qilindi.


Unga koʻra,

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi qoʻshimcha 1 000 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizgacha oshiriladi.


Shuningdek, milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Muhokama ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 20-yanvardan 20-fevralga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar

“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-49-son, 31.01.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;

nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida umumiy oʻrta taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga 5-yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2-yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
⚡️Pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi — Qonun imzolandi

“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir oʻquv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga koʻra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Kongratbay Avezimbetovich 2009-2010 va 2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017-yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor bo‘lgan, 2019-yilning mayidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2019-yil noyabrida esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guruh nazoratchilari uchun tanlov bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javob

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2024-yilgi test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Ushbu tanlov yuzasidan Telegram botimiz (@uztdibot) ga ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

❇️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 20-fevralga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan maktab o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun qancha miqdorda va muddatda ish haqi to‘lanadi?

Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun to‘lov miqdori davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Guruh nazoratchilariga ish haqi har bir test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.

Guruh nazoratchisining test sinovlarida ishtirok etgan davrida doimiy ish joyidagi maoshi saqlanib qolinadimi?

Talabgorlar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida guruh nazoratchiligiga jalb etiladi.

Guruh nazoratchilari bilan qancha muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi?

Guruh nazoratchilari bilan xizmat ko‘rsatish shartomasi imzolangan kundan boshlab kalendar yili oxirigacha tuziladi.

Guruh nazoratchisida yashash joyiga yaqinroq bo‘lgan test sinovi o‘tkaziladigan hudud (bino)larni tanlash imkoniyati bormi?

Vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi. (Tanlash imkoniyati berilmaydi)

Yil davomida o‘tkaziladigan barcha test sinovlarida ishtirok etish majburiymi?

Majburiy emas

Oliy ma’lumotga ega, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar guruh nazoratchisi sifatida tanlovda qatnashishi mumkinmi?

Mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Avvalroq Dilshod Kenjayev va Uzoq Begimqulovlar ishdan olingandi.

Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esanovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sardor Rajabov tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq DTM direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan, 2020-yilning 17-yanvarida Senat aʼzoligiga saylangan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

Javob: Murojaat yuborishda foydalangan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi yoki boʻlmasa, oʻzingiz SHAXSIY KABINETINGIZGA kirib “MUROJAAT HOLATI” bilan tanishishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetingizda murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi

Yangi (shu holatda boʻlsa, oʻzingiz aniqlagan xatolarni tahrirlashingiz mumkin)

Koʻrib chiqilmoqda

Qabul qilindi

⛔️ Rad etildi (bunday holatda kamchiliklarni toʻgʻrilab murojaatni qaytadan yuborish mumkin)

❗️Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.

👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PQ-53.pdf
4.6 MB
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (02.02.2024 №53) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM