Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
426 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
🗣 Namangan xalqaro tibbiyot texnikumiga qabul davom etmoqda!

✔️ Yashash hududingizga yaqin
✔️ Shartnoma narxi arzon
✔️ Zamonaviy va sifatli ta’lim kafolati

Ushbu uchala xususiyat mavjud bo‘lgan xalqaro texnikumda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Yo‘nalishlar:

50910401 — Farmatsiya;
50910203 — Hamshiralik ishi;
50910101 — Stomatologiya ishi.

Hoziroq biz bilan bogʻlaning va oʻz oʻrningizni band qiling!

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Shartnoma (контракт) narxi — bor yo‘g‘i 6 mln 460 ming so‘m.

Litsenziya (№192177)

▪️ Batafsil ma’lumot olish uchun: @nxtt_admin

☎️ Biz bilan bog‘lanish:
+998970513434
+998886213434

📍 Manzil: Namangan shahri, Obihayot MFY, Nodim Namangoniy, 5-uy (mo‘ljal: NTD binosi yonida)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namangantexnikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi. Unga koʻra maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi.

Bu esa endi ishga kirgan pedagoglarga ham oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiya ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Nizoming 4-bandiga koʻra pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VM qarori 17-son 10.01.2024.pdf
1.2 MB
Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi

🔰 Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.

📚 Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

💻 Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

📋 Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Menejerlik kursida taʼlim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Hukumat qarori bilan maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilangan edi.

Bugun, 16-yanvardan boshlab menejerlik kursida taʼlim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi. Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishlari talab etiladi. Menejerlik kurslari 2024-yil 1-fevraldan boshlanadi.

O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soat bo‘lib, bir oy davom etadi.

🏛 O‘quv mashg‘ulotlari nazariy, amaliy va maktab amaliyotidan iborat bo‘ladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar institutda, amaliyot esa maktab hamda taʼlim boshqaruvi idoralarida o‘tkaziladi.

📃O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar ishtirokida yakuniy sinovlar o‘tkaziladi hamda undan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga sertifikat beriladi. Sertifikat 5-yil davomida amal qiladi.

📌 Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Endilikda nomzodlar faqat sertifikat mavjud bo‘lgan va mazkur nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

💰2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga (ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshining 50 foizi, maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

👉 Kimlar maktab direktorligiga menejerlik sertifikatini olish uchun nomzod boʻla oladi?

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 24-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #Live

Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

👉 https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/3490125737965080

Kanalimiz (@uztdi) orqali matbuot anjumani tafsilotlari haqida batafsil ma`lumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi baholash mezonlariga koʻra milliy sertifikat imtihonlarida maksimal natija 75 ball qilib belgilanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'lishi haqida xabar berilgan edi.

Yangi tartib joriy etilganidan keyin test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, yangi modelga ko‘ra maksimal ball 100 ball emas, balki 75 ball etib belgilanadi.

Yangi tartib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan agentlik tizimlari integratsiya qilinib, ushbu portal orqali hujjatlari qabul qilish boshlangach, joriy etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi tartib joriy etilishidan avval olingan sertifikatlarga berilgan baho o'zgarmaydi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'lishi haqida xabar berilgan edi.

Shundan so'ng ko'pchilik ushbu qoida avval olingan sertifikatga ham amal qiladimi degan savol bilan telegram bot(@uztdibot)imizga murojaat yuborgan.

Ushbu savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi javob berdi. Unga ko'ra mezon o'zgarganga qadar olingan sertifikatlar(100 ballik tizimda)ga berilgan baho o'zgarmaydi. Ushbu sertifikatlar amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Yangi tartib faqat test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblab olingan sertifikatlarga tegishlidir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari Rash modeli asosida qanday hisoblanishi tushuntirib berildi

Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov matbuot anjumanida quyidagi savollarga javob berdi:

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida baholash mezonlari nima uchun o‘zgartirildi?

Avvalgi hisoblash usul bilan yangi usulning farqi nimada?

Rash modeli qanday ustunlikka ega?


Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

Kvotalar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yo‘nalishlari bo‘yicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan tanlab olinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Reglament 1-bosqich.pdf
114.3 KB
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik
ustama olish uchun nomzodlarni 1-bosqich test sinovlari orqali saralash
boʻyicha REGLAMENT

👉
2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta ariza yuborilganda qayta toʻlov undirilmaydi!

Attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagoglar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish toʻxtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim takroran undirilmaydi.

 Asos: Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son, Nizom 30-band


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Quyidagi hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish toʻgʻrisidagi murojaatlari rad etilishi mumkin!

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom 30-bandida ko‘ra quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin:

pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;

soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

⛔️Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️Bugun, 20-yanvar uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni

Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etilgan (rasm).

Ishchi guruhlar bugun shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

👉Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_24

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

00:26 Maktab direktorlarining menejerlik o‘quv kursida o‘qishi davomida ularga ish haqi to‘lanadimi?

01:28 Maktab direktolarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish qay tartibda olib boriladi, kimlar dars berishi mumkin?

02:45 Oliy toifaga ega o‘qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinganmi?

03:48 Joriy yildan boshlab psixologlar ham attestatsiyadan o‘tkazilar ekan, shu to‘g‘rimi?

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlandi

2024-yil 1-yanvardan boshlab: oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha https://pedagog.edu.uz/ platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari attestatsiyaning:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

100 metrga yugurish;

joyidan turib uzunlikka sakrash;

turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);

yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar pul to‘lamaydi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi

Hukumat qarori bilan (20.01.2024 №38) “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

🔎 Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.

Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va oʻqish joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari, DXX hududiy boshqarmalarining boʻlinmalari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.

📝 9-sinf oʻquvchilaridan 5-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻlinmalariga taqdim etiladi.

🪖Harbiy-kasbiy tanlov 5-oktyabrdan 1-fevralga qadar oʻtkaziladi. Bunda nomzodning:

🗂 tegishli hujjatlari va tavsiflovchi maʼlumotlari oʻrganiladi;
🩺tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
🧑🏻‍⚕️psixofiziologik xususiyatlarini aniqlanadi;
💪 jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlanadi;
✏️ savodxonlik darajasini baholanadi (ijodiy bayon olinadi);

DXX harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlanadi;

Yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkaziladi va uni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Test sinovlari:

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi;
umumtaʼlim fanlari bloki davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
nomzodlar oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.

Quyidagi nomzodlar litseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:

🏆 xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
🎖oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;
📌yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda maktabning 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda DXX rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi ishga kirgan oʻqituvchilar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Men mutaxassisman. 2-toifaga oʻtmoqchiman. pedkadr.uzedu.uz sayti orqali attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborishda qaysi birini tanlayman?" degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Bu amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi Sertifikat seriyalari. Siz bulardan hech qaysini tanlamaysiz! Shu qator Sizda boʻsh qoladi!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM