Forwarded from On24.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓ Imtihondan o'tish uchun nima qilish kerak?
🔰 Imtihonda nimalarga tayyor turishi kerakligi haqida test topshirib chiqqan abituriyentlardan eshitamiz.
🎓 Ayni kunlarda, kirish imtihonlari davom etmoqda.
📹 On24 jamoasining jarayondan maxsus reportaji
Bizni instagramda ham kuzatishingiz mumkin: https://www.instagram.com/reel/CvcYgP0Ir_F/?igshid=MTc4MmM1YmI2Ng==
On24.uz – tezkor va ishonchli yangiliklar

#RASMIY_BAYONOT
Ustama to‘lanadigan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan olib tashlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT
2023-2024-o‘quv yili davomida umumta‘lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik.
Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz:
Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan:
➖Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;
➖Baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
➖Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
➖Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.
✅Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi.
Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini quyidagi botga yuborgan holda o’z natijasini bilishi mumkin:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📆 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini quyidagi botga yuborgan holda o’z natijasini bilishi mumkin:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTM reytingi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi
Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga asosan,
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
so‘nggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga asosan,
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
so‘nggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Qaysi ta’lim shaklida faqat kontrakt bilan o‘qiladi?
Ma’lumki, qabul kvotalari 4 ta ta’lim shakli uchun alohida-alohida tasdiqlandi.
Bunda:
➖Kunduzgi ta’lim shakli uchun ham grant, ham to‘lov-kontrakt o‘qish imkoni bor.
➖Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalar faqat to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan. Ya’ni sirtqiga kiradigan abituriyentlarda grant o‘qish imkoni yo‘q.
➖Kechki ta’lim shakli ham xuddi shunday: faqat kontrakt asosida o‘qish mumkin.
➖Masofaviy ta’lim shakli uchun ham grant o‘rinlar ajratilmagan.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ma’lumki, qabul kvotalari 4 ta ta’lim shakli uchun alohida-alohida tasdiqlandi.
Bunda:
➖Kunduzgi ta’lim shakli uchun ham grant, ham to‘lov-kontrakt o‘qish imkoni bor.
➖Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalar faqat to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan. Ya’ni sirtqiga kiradigan abituriyentlarda grant o‘qish imkoni yo‘q.
➖Kechki ta’lim shakli ham xuddi shunday: faqat kontrakt asosida o‘qish mumkin.
➖Masofaviy ta’lim shakli uchun ham grant o‘rinlar ajratilmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi
➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish uchun – transfer.edu.uz;
➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish uchun – my.uzbmb.uz
❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
👉 "Perevod"ning qanday turlari bor?
👉 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
⚡️Hurmatli abituriyentlar, imtihonga pasport bilan kelishingiz zarurligini unutmang!
1-avgustdan e’tiboran OTMlarga kirish test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki kechikib kelishlari ularni imtihonga kiritilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda, shaxsi tasdiqlanmagan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini eslatib o‘tamiz.
📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Hurmatli abituriyentlar, imtihonga pasport bilan kelishingiz zarurligini unutmang!
1-avgustdan e’tiboran OTMlarga kirish test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki kechikib kelishlari ularni imtihonga kiritilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda, shaxsi tasdiqlanmagan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini eslatib o‘tamiz.
📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Surxondaryodagi maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi
💬 "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.
Shu o‘rinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman."
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
💬 "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.
Shu o‘rinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman."
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 2-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📆 2023-yil 2-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazir Surxondaryodagi maktab direktori bilan telefonda gaplashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori yana qamoqqa olingan haqidagi xabar tarqalganidan soʻng Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova u bilan telefon orqali bogʻlandi. Maktab direktori 7 kunlik qamoqdan keyin hozir oʻz uyida ekanligini maʼlum qilgan. Vazir Surxondaryoga borganiga ushbu maktab bilan bogʻliq holatni batafsil oʻrganilishini aytib o'tdi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori yana qamoqqa olingan haqidagi xabar tarqalganidan soʻng Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova u bilan telefon orqali bogʻlandi. Maktab direktori 7 kunlik qamoqdan keyin hozir oʻz uyida ekanligini maʼlum qilgan. Vazir Surxondaryoga borganiga ushbu maktab bilan bogʻliq holatni batafsil oʻrganilishini aytib o'tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda eng ko‘p daromad ko‘rgan OTMlar ma’lum qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublikadagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yarmi bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra eng ko‘p daromad ko‘rayotgan OTMlar quyidagilar:
1. O‘zbekiston milliy universiteti – 245 mlrd so‘m;
2. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 165 mlrd so‘m;
3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151 mlrd so‘m;
4. Toshkent davlat texnika universiteti – 145 mlrd so‘m;
5. Toshkent moliya instituti – 102 mlrd so‘m.

Xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar ma’lum qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublikadagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yarmi bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:
1. Namangan davlat universiteti -230 mlrd so‘m;
2. Chirchiq davlat pedagogika universiteti -128 mlrd so‘m;
3. Urganch davlat universiteti -85 mlrd so‘m.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublikadagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yarmi bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:
1. Namangan davlat universiteti -230 mlrd so‘m;
2. Chirchiq davlat pedagogika universiteti -128 mlrd so‘m;
3. Urganch davlat universiteti -85 mlrd so‘m.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat
Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️#Диққат
Барча педагоглар диққатига! Бу сиз учун муҳим❗️
Ўқитувчилар учун мактабларда иш куни ҳам бошланиб кетди. Албатта иш бошланиши билан муаммолар тўпланиб қолган, яна ўша чигал масалалар ва бош оғриғи. Бу муаммоли вазиятларга пастда келтирилган муаммоларга ечим топилгани каби ҳал қилишни истайсизми?👇
👉 Ходимни меҳнат таътилидан чақириб олиш мумкинми?
👉 Таътил муддатини ҳисоблашда якшанба кунлари қўшиладими?
👉 Бошланғич синф ўқитувчиларига янги устама жорий этилиши мумкин
👉 Педагог ходимлар учун бериладиган барча устама ва қўшимча тўловлар ҳақида тўлиқ маълумот
👉 Устамалар таътил пулига қўшилмайдими?
👉 Мактаб директорларига бир қанча ваколатлар берилмоқда
👉 Таътил пулини қисмларга бўлиб тўлаш тўғрими?
👉 Дарс тўғри тақсимланганми?
👉 12 фоиз даромад солиғи имтиёзи учун хушхабар
Ўқитувчилик фаолиятингизда учраб турган муаммоларга тезкор, аниқ ва қонуний ечим керакми? Унда педагоглар ҳуқуқини ҳимоя қилувчи Малакали юристлар жамоасига қўшилинг👇
👉 https://t.iss.one/Yurist_Xizmati

Telegram
Юрист Хизмати | Расмий канал
Ходимни меҳнат таътилидан чақириб олиш мумкинми?
@Yurist_Xizmati 4089-савол:
Maktabda o'qituvchi bo'lib ishlayman 01.06.2023 tildan boshlab yozgi mehnat tatilidaman ma'lum bir o'qituvchilarni mehnat ish tajribasiga tayangan holda shu yilning 15- 20- iyunidan…

⚡️Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📆 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @mandatbmb_rasmiy_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat
Turli telegram kanallarda Sardor ismli abituriyentga tegishli javoblar varaqasi tarqatilib, unda 90 ta test topshirig‘ini ishlagan abituriyent 0 ball olgani muhokama qilinmoqda.
1. E’lon qilinayotgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu javoblar varaqasi joriy yilga emas, balki 2022-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga tegishli.
2. Internetda tarqalayotgan ushbu rasm soxta bo‘lib, aslida abituriyent test sinovi natijasiga ko‘ra 45 ball to‘plagan.
Izoh: chap tomondagi (telegram kanallarda tarqatilayotgan) rasm - soxta, o‘ng tomondagi rasm - haqiqiy.

Мактаб ўқитувчиларига дарс соатларини тақсимлаш: 5 муҳим саволга жавоб
Дарс соатларини ким тақсимлайди? Йиллик дарс соати чегараси қанча? Кимлар устунликка эга? “Декрет”дан қайтганларга неча соат дарс берилади? Қуйидаги мақолада шу ва бошқа муҳим саволларга жавоб берилган.
Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=17471
✅ Таълим назорати расмий канали
Дарс соатларини ким тақсимлайди? Йиллик дарс соати чегараси қанча? Кимлар устунликка эга? “Декрет”дан қайтганларга неча соат дарс берилади? Қуйидаги мақолада шу ва бошқа муҳим саволларга жавоб берилган.
Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=17471
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish uchun qabul tugaydi
◼️ Bugun kechki soat 00:00gacha 2 xil turda o‘qishni ko‘chirish uchun ariza berish mumkin:
➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish uchun – transfer.edu.uz;
➖nodavlat va xorijiy OTMlardan o‘qishini ko‘chirish uchun – my.uzbmb.uz.
❓Ariza bergan hamma ham o‘qishini ko‘chira oladimi?
Yo‘q, quyidagi holatlarda talabgorning o‘qishni ko‘chirish haqidagi talabi rad etiladi:
👉 xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan OTMlarda yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
👉 respublika OTMlaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
👉 OTMlarning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
👉 1-kursning 1-semestriga 1-semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
👉 OTMda mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
👉 namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
👉 talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda berilmaganda;
👉 davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
👉 OTM moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
👉 maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga;
❗️Eslatma:
👉 "Perevod" uchun o‘tish ballari;
👉 "Perevod" uchun mos va turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Andijon, Qashqadaryo, Chirchiq va Qibrayda oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi
Andijonda 4ming AQSh dollari evaziga o'qishga kiritish kiritib qoʻyaman degan firibgar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qarshi shahrida yashovchi shaxs mansabdor tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Sport” fakultetiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 3 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetining bo'lim boshlig'i 2 nafar fuqaroning Rossiyada oʻqiydigan talabaning o'qishini o'zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko'chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo'yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10.100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi er-xotin o'zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Holatlar yuzasidan jinoiy ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.