Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
427 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
❗️ Ushbu 5 ta test topshiriqlari kitobining hech biri bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlariga tegishli emas!

Bugun barcha hududlarda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat talim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari boshlanishi bilan ayrim telegram kanallar tomonidan test topshiriqlari kitobining rasmlari e’lon qilinib, bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlariga tegishli ekanligi iddao qilindi.

Internetdagi rasmlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 https://telegra.ph/Ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalayotgan-test-materiallari-yuzasidan-08-01

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich va yuqori sinf oʻqituvchilarining oʻquv yuklamalari qisqartiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining 2024-yil 1-yanvardan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf oʻqituvchilariga esa 20 soatdan 18 soatga qisqartirish belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Hukumatning tegishli qaroriga (№328, 02.08.2023 y.) binoan:

Xasanov Azizbek Baxtiyarovich (O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori) Termiz davlat pedagogika institutining rektori etib;

Madraximova Feruza Ruzimbayevna (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti birinchi prorektori) Urganch davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2025-yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanadi

Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga binoan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;

oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from On24.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihondan o'tish uchun nima qilish kerak?

🔰 Imtihonda nimalarga tayyor turishi kerakligi haqida test topshirib chiqqan abituriyentlardan eshitamiz.

🎓 Ayni kunlarda, kirish imtihonlari davom etmoqda.

📹 On24 jamoasining jarayondan maxsus reportaji

Bizni instagramda ham kuzatishingiz mumkin: https://www.instagram.com/reel/CvcYgP0Ir_F/?igshid=MTc4MmM1YmI2Ng==

On24.uz – tezkor va ishonchli yangiliklar
#RASMIY_BAYONOT

Ustama to‘lanadigan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan olib tashlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT

2023-2024-o‘quv yili davomida umumta‘lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik.

Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz:

Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: 

Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;

Baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.

Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi.

Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq  APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini quyidagi botga yuborgan holda o’z natijasini bilishi mumkin:

👉 @mandatbmb_rasmiy_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTM reytingi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi

Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga asosan,

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;

so‘nggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi ta’lim shaklida faqat kontrakt bilan o‘qiladi?

Ma’lumki, qabul kvotalari 4 ta ta’lim shakli uchun alohida-alohida tasdiqlandi.

Bunda:
Kunduzgi ta’lim shakli uchun ham grant, ham to‘lov-kontrakt o‘qish imkoni bor.
Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalar faqat to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan. Ya’ni sirtqiga kiradigan abituriyentlarda grant o‘qish imkoni yo‘q.
Kechki ta’lim shakli ham xuddi shunday: faqat kontrakt asosida o‘qish mumkin.
Masofaviy ta’lim shakli uchun ham grant o‘rinlar ajratilmagan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish uchun – transfer.edu.uz;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish uchun – my.uzbmb.uz

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

👉 "Perevod"ning qanday turlari bor?
👉 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

⚡️Hurmatli abituriyentlar, imtihonga pasport bilan kelishingiz zarurligini unutmang!

1-avgustdan e’tiboran OTMlarga kirish test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki kechikib kelishlari ularni imtihonga kiritilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda, shaxsi tasdiqlanmagan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini eslatib o‘tamiz.

📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Surxondaryodagi maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi

💬 "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

Shu o‘rinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman.
"

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 2-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandatbmb_rasmiy_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazir Surxondaryodagi maktab direktori bilan telefonda gaplashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori yana qamoqqa olingan haqidagi xabar tarqalganidan soʻng Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova u bilan telefon orqali bogʻlandi. Maktab direktori 7 kunlik qamoqdan keyin hozir oʻz uyida ekanligini maʼlum qilgan. Vazir Surxondaryoga borganiga ushbu maktab bilan bogʻliq holatni batafsil oʻrganilishini aytib o'tdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda eng ko‘p daromad ko‘rgan OTMlar ma’lum qilindi

Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligi respublikadagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yarmi bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra eng ko‘p daromad ko‘rayotgan OTMlar quyidagilar:

1. O‘zbekiston milliy universiteti – 245 mlrd so‘m;
2. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 165 mlrd so‘m;
3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151 mlrd so‘m;
4. Toshkent davlat texnika universiteti – 145 mlrd so‘m;
5. Toshkent moliya instituti – 102 mlrd so‘m.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublikadagi 70 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yarmi bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:

1. Namangan davlat universiteti -230 mlrd so‘m;
2. Chirchiq davlat pedagogika universiteti -128 mlrd so‘m;
3. Urganch davlat universiteti -85 mlrd so‘m.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️#Диққат

Барча педагоглар диққатига! Бу сиз учун муҳим❗️

Ўқитувчилар учун мактабларда иш куни ҳам бошланиб кетди. Албатта иш бошланиши билан муаммолар тўпланиб қолган, яна ўша чигал масалалар ва бош оғриғи. Бу муаммоли вазиятларга пастда келтирилган муаммоларга ечим топилгани каби ҳал қилишни истайсизми?👇

👉 Ходимни меҳнат таътилидан чақириб олиш мумкинми?

👉 Таътил муддатини ҳисоблашда якшанба кунлари қўшиладими?

👉 Бошланғич синф ўқитувчиларига янги устама жорий этилиши мумкин

👉 Педагог ходимлар учун бериладиган барча устама ва қўшимча тўловлар ҳақида тўлиқ маълумот

👉 Устамалар таътил пулига қўшилмайдими?

👉 Мактаб директорларига бир қанча ваколатлар берилмоқда

👉 Таътил пулини қисмларга бўлиб тўлаш тўғрими?

👉 Дарс тўғри тақсимланганми?

👉 12 фоиз даромад солиғи имтиёзи учун хушхабар

Ўқитувчилик фаолиятингизда учраб турган муаммоларга тезкор, аниқ ва қонуний ечим керакми? Унда педагоглар ҳуқуқини ҳимоя қилувчи Малакали юристлар жамоасига қўшилинг👇

👉 https://t.iss.one/Yurist_Xizmati
⚡️Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandatbmb_rasmiy_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM