Ta'lim nazorati
99.7K subscribers
4.01K photos
969 videos
431 files
5.95K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️ Maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.

Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

👉 Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish kuni va vaqtini o‘zingiz belgilab, shu vaqtda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda farzandingiz bilan birgalikda maktab borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Oʻqituvchilarga taʼtil pulidagi farq toʻlab beriladi” — masʼullar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Qarshiyevning Kun.uz soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, taʼtil davomiyligini 48 kalendar kuni (41 ish kuni) deb hisoblash noqonuniy hisoblanadi.

Kim shunaqa qilayotgan boʻlsa, qonunbuzilish hisoblanadi. Agar shunday holatlar kuzatilsa, tumanlardagi vazirlikning bandlik boʻlimlariga murojaat qilishsa, kam taʼtil puli toʻlanayotganlarga 7 kun farqi, albatta, toʻlab beriladi”, – dedi u.

Qarshiyev oʻqituvchilarning taʼtil davomiyligi borasida normativ hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganini aytdi.

Ammo bu hujjat hali qabul qilinmadi degani oʻqituvchilarga 41 ish kuniga taʼtil belgilanishi kerak deganimas. Chunki mehnat shartnomalari oʻz kuchida, shartnoma 48 ish kuni deb berilgan, demak yakshanbalarni ham qoʻshib 56 kalendar kuni deb belgilab berishi kerak”, – dedi u.

Vazirlik masʼuliga koʻra, bunday holat hamma hududda ham kuzatilmayapti. “Qonunlarni tushunmagan adliya boʻlimlari tomonidan bunday xatoga yoʻl qoʻyilayotgan boʻlishi mumkin”, – dedi Qarshiyev.

Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullarining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, Adliya vazirligi hududiy yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga Vazirlar Mahkamasi qarori chiqquncha, eski Mehnat kodeksi boʻyicha taʼtil davomiyligi belgilanishi borasida xulosa berishni tavsiya qilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori chiqqanidan keyin, taʼtil 56 kalendar kuni deb hisoblanadimi yoki 48 kalendar kunimi – oʻrtadagi farq toʻlab berilishi aytilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil 50,6 ming xotin-qiz o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma oldi

◼️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2 000 ta grant o‘rni va 500 ta kontrakt kvota uchun tavsiyanomaga ariza topshirgan xotin-qizlarning telefoniga tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar yuborilganini bildirdi.

Bu yil 38,7 ming ehtiyojmand xotin-qiz tavsiyanoma oldi. Ular 2 mingta grant kvota uchun harakat qiladi. Bu grant uchun kerakli ball yig‘olmaganlar hamma qatori umumiy tanlovda qatnashadi.

5 yillik stajlilar uchun ajratilgan qo‘shimcha 500 ta kontrakt kvota uchun esa 11,9 ming odam tavsiyanoma olgan.

Hozir tavsiyanoma ma’lumotlari elektron bazaga kiritilyapti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistraturaga imtihon qanday bo‘ladi?

◼️ Magistraturada o‘qish uchun chet tili sertifikati majburiy. Bunda barcha yo‘nalishlar uchun B2, filologiyaga oid yo‘nalishlar uchun esa C1 sertifikati talab etiladi.

❗️Shu sertifikati tasdiqlangan abituriyent magistratura uchun tanlovda ishtirok etadi. Lekin talabgorlar o‘rtasida alohida imtihon o‘tkazilmaydi.

Davlat OTMlari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil magistraturaga faqat bir marta yoz oyida qabul bo‘ladi. Qishki qabul bo‘lmaydi. Yozgi qabul — avgust oyida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

Olis hududdagi maktabga borib ishlash niyatida boʻlgan pedagog xodim oliy yoki birinchi toifali oʻqituvchi boʻlishi kerak, toʻgʻrimi?

Albatta. Endigina oliy ta’limni tamomlagan oʻqituvchilarga bunday imkoniyat mavjud emas.

Qolaversa, pedagog xodim beriladigan imtiyozlardan foydalanishi uchun, albatta, boshqa hududdan kelgan boʻlishi kerak.

Yanada tushunarliroq qilib aytadigan boʻlsak, oʻqituvchining oʻzi shundoq ham olis hududdagi manzilda yashaydigan boʻlsa, ularga bu imtiyozlar berilmaydi.

Oʻqituvchi boshqa tuman yoki viloyatdan kelib ishlagan taqdirdagina, ustama toʻlanishi mumkin.

Oyina.uz saytida ushbu mavzu bo'yicha foydali maqola e’lon qilindi:
👉 https://oyina.uz/uz/article/1723

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
yangi yo`nalishlar.pdf
266.9 KB
⚡️2023/2024-o‘quv yilida YANGI TASHKIL ETILGAN BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy/ijodiy imtihon) topshiriladigan FANLAR MAJMUASI

Ushbu ta'lim yo'nalishi qaysi OTMlarda mavjudligi bilish uchun 2023/2024-o‘quv yili uchun tasqiqlangan davlat OTMlariga davlat granti kvotalaridan qidirib ko'rish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar ROʻYXATI.pdf
750.8 KB
⚡️Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar toʻlanadi. Bunda:

bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan
kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Bu haqdagi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

27 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

👉 tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;

👉 texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi;

👉 tibbiyot yo‘nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Bu yil 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon olinadi. Ularga hujjat topshirgan abituriyentlar faqat shu OTMlar ichidan 5 ta yo‘nalish tanlashi kerak. Chet tilidan test olinadigan OTMdagi yo‘nalishni tanlash imkoni yo‘q. Sababi test va ijodiy imtihon formati va beriladigan ballar bir-biridan farq qiladi.

👉 Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar ro‘yxati

Ijodiy imtihon qanday olinadi?
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📚
Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. So‘ng abituriyent qolgan bloklar uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovida qatnashadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

📌 Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:

🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq:

🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati

❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
qabul qilinadi.

Hujjatlar joriy yilning 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Agentligi tizimidagi quyidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

Ushbu maktablarga hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litseylarga hujjat topshirish davom etmoqda

20-iyun kuni boshlangan onlayn hujjat topshirish 30-iyunga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

👉Akademik litseylarga qabul kvotalari

Yuqorida akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan tashishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabeli (maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi shart emas);
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga

Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi.

Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi.

Arizalarni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali 30-iyunga qadar topshirishingiz mumkin.

👉 Qanday hujjatlar talab etiladi?
👉 O‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentda telefon raqam bilan muammo bo‘lsa, qanday yechimlari bor?

OTMga hujjat topshirishda abituriyentda 2 xil vaziyatda telefon raqam bilan muammo bo‘lishi mumkin.

1️⃣-vaziyatda:

Qabul boshlanguncha my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.


2️⃣-vaziyatda:

Qabul boshlangandan, ya’ni 20-iyundan keyin ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotib qo‘ygan abituriyent uni o‘zi o‘zgartira olmaydi. Bunday holatda u Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi kerak. Agentlik xodimi abituriyentga telefon raqamini o‘zgartirib beradi.

📍Agentlikning hududiy bo‘limlari manzillari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirsa bo‘ladimi?

📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlarida 10-iyulga qadar, qolgan ta’lim yo‘nalishlarida esa 20-iyulga qadar davom etadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ro‘yxatga olish yakunlangunga qadar ta’lim yo‘nalishlarini istalgancha o‘zgartirishlari mumkin (test sinovi uchun to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy ijod maktabi pedagogik jamoasini kengaytirish maqsadida ingliz tili o’qituvchilariga vakant e’lon qiladi.

🔹Talablar
:
yuqori toifaga ega o’qituvchi;
IELTS 7.0+ yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar;
pedagogik yo’nalishdagi diplom;
pedagogika sohasidagi ish tajribasi.

🔹Imkoniyatlar:
ahil va professional jamoa;
doimiy malakaviy o’sish;
qulay joylashuv;
iqtidorli o’quvchilar;
zamonaviy bino va texnologiyalar;
xorijiy universitetlarda malaka oshirish;
xizmat safarlari;
xalqaro konferensiya va treninglar hamda boshqa ko’plab imkoniyatlar.

📌 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 2/6

❗️Talabgorlar quyidagi havola orqali joriy yilning 10-iyul sanasiga qadar ro'yxatdan o'tishlari kerak.

📋 Ro'yxatdan o'tish uchun havola.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning “Top-100” oliygohiga kirgan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi

“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi. Bu haqda jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan o‘g‘il-qizlarimiz soni tobora ko‘paymoqda. Mamlakatimizning “Oltin fondi” bo‘lgan ushbu iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Endi, ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi. “Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi”, dedi nomzod.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻqituvchilarning yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (263-son, 26.06.2023) qabul qilindi.Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilandi.

Ushbu qarorga oid boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali tez fursatda xabar beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM