Ta'lim nazorati
104K subscribers
4K photos
966 videos
420 files
5.91K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
‼️ Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi?

☁️ Vazirlar Mahkamasining Qarori (2019. 30. 09.823-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning

20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

👉 Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departmenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob bergan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi ta’tilda o‘qituvchilar necha kun dam olishi kerak?

➡️ Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bergan axborotga ko‘ra, o‘qituvchilarning yozgi ta’tili 56 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bayram sanalari va dam olish kunlari ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarida hisoblab beriladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari ta’til uchun hisobga olinmaydi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bir ish yili uchun mehnat ta’tillari miqdori ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

📎 Ma’lumot uchun: Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari kunning qaysi qismida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

◼️1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. Imtihon yopiq binoda o‘tayotgani sababli imtihonlarni o‘tgan yilgidek kunning kechki qismida 19:00 da boshlashga ehtiyoj yo‘q.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilyapti.

Imtihon uchun 92 ta katta sig‘imli yopiq bino tanlab olingan. Bir smenada 44 ming abituriyent testda qatnashadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

▶️ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

🖥 Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashlari mumkin

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

👉 Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

👉 Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.

👉 Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma haqida: arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi

📆 2023-yil 30-may kuni ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥
Arizalar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda va arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi.

🔰 Bunda tavsiyanomalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarorida belgilangan mezonlar asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1 yilga beriladi.

📌 Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarga kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi (2022-yilda 2 000 ta ajratilgan).

Ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan sohalar bo‘yicha hududlar kesimida taqsimlanadi va qabul parametrlari doirasida eng yuqori ball to‘plagan xotin-qizlar talabalikka tavsiya etiladi.

❗️ Eslatma: Har yili tavsiyanomaga ega xotin-qizlar soni ular uchun ajratiladigan qo‘shimcha kvotalar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli tavsiyanoma oldi degani, o‘qishga kirdi degan emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘chadagi hamma tayyorlov guruhi tarbiyachilarining oylik maoshi oshadimi?

◼️“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Tarbiyachilar qaysi tayyorlov guruhining rahbari ekanidan qat’i nazar, ularning maoshi maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtiriladi.

Bu yerda ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihat, hamma tarbiyachilarning emas, aynan oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oylik maoshi oshishidir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni tashkil etish vazifasi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori (2023.01.06.PQ-176) bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga vazirlik va idoralardan oʻtkaziladigan vazifalar va shtat birliklari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:

➡️ 2023-yil 15-iyundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash hamda mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi va 707 ta shtat birligi;

➡️ 2024-yil 1-avgustdan Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish vazifasi va 222 ta shtat birligi yangi agentlikka oʻtkaziladi.

P.S: Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar nazarda tutilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari qanday sharoitda o‘tishi kerak?

▪️ Garchi o‘tgan bir necha yil imtihonlar stadionlar va ochiq binolarda o‘tgan bo‘lsa-da, lekin qonunchilik bo‘yicha test sinovlari yopiq binoda o‘tishi kerak.

Bu yilgi kirish imtihonlari uchun yopiq binolar tanlab olingan.

Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim;

Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Bugun – ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

◼️ Hali ariza topshirmagan, biroq tavsiyanoma olishni rejalashtirganlar uchun bugun, 8-iyun ariza topshirishning oxirgi kuni. Arizani xotin-qizlar.uz platformasi orqali topshirish kerak.

Tavsiyanoma olish uchun qator talablarga mos kelish bilan birga o‘rta ta’limni tugatganlik haqida hujjat bo‘lishi shart! Ya’ni maktabni yoki kollej, liseyni tugatmaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.

❗️Eslatma: ehtiyojmand oilalar xotin-qizlariga beriladigan tavsiyanoma muddati – 1 yil. Ariza topshirish bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lsa, talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki qo‘mitaning (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: https://t.iss.one/uztdi/6770

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПК-176.pdf
2.2 MB
⚡️ Maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatiladi

Prezidenting 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-sonli qarori bilan maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi shtatlari tugatiladi.

📄
"Quyidagilar:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish uyida xizmat koʻrsatuvchi barcha ijtimoiy xodimlari;

davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi Ijodiy-madaniy muassasalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilib, 2 528 shtat birligi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 2 896 ta shtat birligi Agentlik tizimiga oʻtkaziladi."

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi

Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra:

🗓 2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

👉
Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:

1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball;
2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball.

👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.

Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 yillik stajga ega bo‘lganlarga OTMga kirish uchun o‘tgan yili berilgan tavsiyanoma joriy yilda ham amal qiladimi? Bu tavsiyanomani qaysi tashkilotlar beradi?

Savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-iyun kuni e’lon qilinadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 14-may kuni ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Hozirga qadar talabgorlarning yopiq va ochiq turdagi (1 dan 44 gacha) test topshiriqlari bo‘yicha natijalari to‘liq hisoblab bo‘lingan.

📝 Yozma ishlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, har bir talabgorning yozma ishi kamida 2 nafar, ayrim holatlarda esa 3 nafar ekspert tomonidan tekshiriladi.

Yozma ishlar soni ko‘p ekanligi va yozma ishlari tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lgani sababli yozma ishlarini tekshirish jarayoni to‘liq yakunlanmagan.

📌 Yozma ishlarni tekshirish 12-iyun kuniga qadar to‘liq yakunlanadi va shu kunning o‘zida talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — vazir

◼️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:

1️⃣ texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
2️⃣ bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
3️⃣ birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

Texnikum bitiruvchilari uchun o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari RO‘YXATI

Avvaloq vazirlik xodimi texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM