Ta'lim nazorati
104K subscribers
4K photos
965 videos
420 files
5.91K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xabar berilishicha, maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Yaʼni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida oʻqituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak boʻladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xabar berilishicha, oʻqituvchilarga malaka toifasini berish boʻyicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani boʻyicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanishi mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarining maktablar faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi.

Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasalliklar ro‘yxati.pdf
627.1 KB
Quyidagi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

Oʻquvchilarga
sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.

Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi.

Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.

***

Министерство дошкольного и школьного образования сообщает, что распространяемые в социальных сетях запреты, связанные с последним звонком в школах Узбекистана, не имеют никаких оснований.

Ранее министерство разработало необходимые рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в школах.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbiri boʻyicha namunaviy ssenariy

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning bitiruvchi yoshlarga tabrigi.pdf
3.4 MB
“Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarida Prezident tabrigi oʻqib eshittiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (24.05.2023-y 06-06/3-1083-sonli xat) tomonidan joriy yilning 25-may kuni maktablarda oʻtkaziladigan “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, barcha darajadagi hokimlar, sektorlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillarining mazkur tadbirlarda bevosita ishtirokini taʼminlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigini tantanali oʻqib eshittirish hamda yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli chuqur islohotlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish soʻralgan.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar kontrakti uchun qilingan to’lovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

➡️ kontrakt;
➡️ nodavlat bog’cha va maktablar;
➡️ ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💵 Kechki yoki sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda beriladi

Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:

👉 OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

👉 OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-YIL BITIRUVCHILARIGA MUROJAAT

Vazirlar, muftiy, Eldor Shomurodov, Konsta, Doniyor G‘aniyev, hokim, diplomatlar, ekspertlar, sanʼatkorlar, sportchilar hamda jamoatchilikning boshqa faollari 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.

Gazeta.uz” davlat arboblari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikning faol vakillaridan 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilari va yoshlarga o‘z maslahatlari va tilaklari bilan murojaat qilishlarini so‘radi.

Ularga an’anaviy ravishda uchta savol berildi:

1. O‘zingizni bitiruvchi deb tasavvur qilsangiz, o‘zingizga nimalarni maslahat berardingiz?
2. Yangi avlod vakillari qanday uchta muhim xislatlarga ega bo‘lishlari kerak?
3. 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilariga maslahat va tilaklaringiz?

👉 Lotin alifbosida o‘qish

👉Кириллда ўқиш

👉Рус тилида ўқиш

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏘 Toshkent shahri va viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta maktab tashkil etiladi

Prezidentining yangi qarori (25.05.2023-yildagi PQ-163-son) ga asosan 2023-2024-yillarda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etiladi.

Xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻtkaziladigan xalqaro tender natijalari boʻyicha aniqlanadi hamda u bilan maktablarni keyinchalik tasarruf etish huquqisiz qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuziladi.

➡️ Xususiy sherik:

oʻz mablagʻlari va kreditlarni jalb qilish hisobiga maktablarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;

qurilgan maktablarni davlat sherigiga foydalanishga topshiradi;

bitim amal qilish muddati davomida maktablarni saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha zarur choralarni koʻradi;

bitim muddati tugagandan soʻng maktablarni davlat sherigiga mulk qilib topshiradi.

➡️ Davlat sherigi:

Maktablarda taʼlim jarayonni tashkil etadi;

Maktablardan erkin foydalanish uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Ushbu toʻlovlar Davlat byudjetidan qoplanadi.

➡️ Ushbu maktablar quriladigan yer uchastkalari qarorga 1-ilova sifatida tasdiqlangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

📌 2022-yil 21-dekabrda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlanib, e’lon qilingan. Unda “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi uchun huquqshunoslik fanlari 1-mutaxassislik fani sifatida belgilangan.

📔 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022-yil 28-oktabrda abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan. Bunda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mavjud bo‘lib, unda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda qonunchilikning asl manbaiga murojaat qilinishi belgilangan.

👉 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.

➡️ Shu sababli 2023-yil 22-23-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ta’lim beruvchi mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

✔️ Unda huquqshunoslik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish masalasi muhokama qilinib, test topshiriqlari o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular doirasida qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

❗️ Shu sababli “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan muhim yangiliklar

📣 Bu yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi. Bu haqida qabulga oid ovozli chatda ma'lum qilindi.

🧑‍🎓
Abituriyentlar soni 1 mln 200 ming bo‘lishi prognoz qilinyapti.

🏢 Test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan va 92 ta bino ro‘yxati shakllantirilgan.

⚖️ Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Konstitutsiyaga oid savollar yangi qabul qilingan Konstitutsiyadan tuziladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab baholarini OTMga kirish imtihonlarida hisobga olish tartibi ko‘rib chiqilmoqda

Maktab baholarini kirish imtihonlarida to‘plangan ballga qo‘shib hisoblash haqida qaror chiqqan bo‘lsa-a, biroq hozir bu tartib qaytadan ko‘rib chiqilmoqda.

📍
Bu haqida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilindi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlarida savollar qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

◼️ Yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15 %dan 25 %gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50 %dan 70 %gachani tashkil qiladi.

📍 Bu haqida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilindi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
➡️ Maktab baholarini OTMga kirish imtihonlarida hisobga olish tartibi haqidagi savolga Bilimni baholash agentligi xodimi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda to‘liq javob berilgan.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi xodimi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda javob berildi.

🟧 Nodavlat OTMlar haqidagi ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇
@nodavlat_otm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️16 yoshga to'lgan bitiruvchi ID karta (pasport olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Bu hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib boʻlmaydi.

OTMga hujjat topshirishda faqat ID karta (pasport) va attestat kerak bo'ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma'lumotlarni bazaga kiritish yetarli.

👉 Avvalroq Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari (6%) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmaganini, tezroq ID karta olish zarurligini eslatgandi.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Laborantlik uchun pedagogik staj hisoblanmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘rta-maxsus ma’lumot asosida maktabda ishlayotgan laboratoriya xodimlarining mazkur lavozimdagi staji pedagogik staj hisoblanmaydi.

Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlarning besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

📌 Avvalroq Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktab direktorlaridan OTMlarga hujjat qabuli boshlangunga qadar oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi- erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’ragan edi.

@oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan 2 ta tavsiyanoma

📋 1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

📋 2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

🙎‍♀️ 5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ariza uchun oxirgi muddat — 1-iyun.

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

🤵‍♀️2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan grantga tanlov uchun tavsiyanoma haqida

Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

✔️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori(980 ming so‘m)ning 0,527 baravaridan (516 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;

✔️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✔️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

✔️ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✔️ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✔️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.

💻 Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi.

📤 Arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM