#qonunchilikdagi_yangiliklar
Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi
2030-yil 1-yanvargacha:
🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);
🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.
❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi 2- va 75-moddalari
Ma'lumot uchun: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2025
#akademik_litsey
⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

Maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi.
Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.
Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.
Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIMSS_2023
TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?
Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.
2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.
➖ 8-sinf oʻquvchilari natijalari:
Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.
➖4-sinf oʻquvchilari natijalari:
Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.
❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).
Tabiiy fanlar yoʻnalishida 8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov
Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.
👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.
🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

“Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.”
Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertaga ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olishning oxirgi kuni
✅ Joriy yilning 2-dekabr kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 8-dekabr kun yakunlanadi.
💴 To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

"Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi ko‘plab dasturlar bor. Jumladan, O‘zbekistonlik yoshlar ta’til vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti. Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilishi aytildi."
Prezident raisligida 7-dekabr kuni o‘tkazilgan aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishdan.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Prezident raisligida 7-dekabr kuni o‘tkazilgan aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishdan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— 70%li ustama qay tartibda olinadi?
— qanday ishlarni amalga oshirganingizdan so'ng sizga aniq shuncha %da haq to'lanadi?
— Bahorgi attestatsiyada 86 ball olsangiz, umumiy oladigan haqingizga aslida 70% qo'shiladimi yoki yo'qmi?
📖
9⃣ ➖ 🔠 🔠 🔠 🅰 🅱 🔠
@habelonatili
@habelonatili
@habelonatili kanalida
soat1⃣ 4⃣ : 0⃣ 0⃣ da
🪩 Jonli efirda ishtirok eting.
✅ 25 yillik tajribaga ega, 3000dan ortiq abituriyentlar, 2500dan ortiq ustozlarning, ko'plab xalq ta'limi a'lochisi ustozlarining ustozi, sobiq BMBA
TESTOLOG-EKSPERTI
Dilafro'z Fayzullayevna barcha savollaringizga birma-bir javob beradilar
🧑🏫 Attestatsiya va unga tushadigan savollar haqida bilishni istasangiz, sizni chatda kutamiz!!!
Kanalga obuna bo'lish
⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️ ⬇️
https://t.iss.one/habelonatili
https://t.iss.one/habelonatili
https://t.iss.one/habelonatili
— qanday ishlarni amalga oshirganingizdan so'ng sizga aniq shuncha %da haq to'lanadi?
— Bahorgi attestatsiyada 86 ball olsangiz, umumiy oladigan haqingizga aslida 70% qo'shiladimi yoki yo'qmi?
Ona tili va adabiyot
O‘zbek tili ustozlari
yuqoridagi savollarning barchasiga bittada javob olishni istasangiz @habelonatili
@habelonatili
@habelonatili kanalida
soat
TESTOLOG-EKSPERTI
Dilafro'z Fayzullayevna barcha savollaringizga birma-bir javob beradilar
Kanalga obuna bo'lish
https://t.iss.one/habelonatili
https://t.iss.one/habelonatili
https://t.iss.one/habelonatili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim yangiliklar va maqolalar dayjesti:
🔹O'qituvchilarga sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha maosh toʻlanadi?
🔹Polshada o‘qimoqchi bo‘lganlarga imkoniyatlar yaratilmoqda
🔹O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 1,5 milliard dollarga yetkaziladi
🔹Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?
🔹Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishadi?
🔹Buxgalter oyliklarni qasddan kam chiqarsa, unga nisbatan qanday chora ko'riladi?
🔹Maktab psixologlarining attestatsiyasi qanday tashkil qilinadi?
🔹Qishki “perevod” uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?
🔹Milliy sertifikatni erp.maktab.uz platformasiga qanday kiritiladi?
🔹Bolalarni yuzlarini ochiq ko‘rsatgan holda muayyan toifaga ajratish bola huquqlari kafolatlariga ziddir — Bolalar ombusdmani Andijondagi holatga munosabat bildirdi
🔹Samarqandlik yigit ustoziga “BYD” avtomashinasini sovg‘a qildi (video)
🔹Maktablar oldida 30 km/s tezlikdan oshirganlar jarimaga tortiladi
🔹2025-2026-oʻquv yilidan barcha OTMlarda jamoaviy sport turlari boʻyicha klublar tashkil etiladi
🔹2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash uchun 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi — Prezident
🔹Irlandiyada oʻqituvchilar tanqisligi yuzasidan tadqiqot o'tkazildi
🔹Kasbni mustaqil yoki shogirdlikda o‘rganganlarga xalqaro sertifikatlar beriladi — Prezident

⚡️ Aziz do‘stlar, guruhlarga qabul ochilganini tantanali ravishda e’lon qilamiz! Ingliz tili o`qituvchilari uchun C1 daraja beradigan xalqaro TEFL kurslariga qabul boshlandi!
⠀
Bundan tashqari, dunyoning istalgan joyida dars berish imkoniyati ham mavjud. 🌍
✅ Level 5 Diploma in TEFL kursi Ofqual, CCEA Regulation va Qualification Wales tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va tasdiqlangan. Bu esa Britaniya hukumati tomonidan Level 5 TEFL Diplomi tan olinganligini anglatadi. Ushbu kurs xalqaro darajada yuqori standartlarga ega va butun dunyo bo‘ylab ish beruvchilar tomonidan e’tirof etilgan.
⠀
Talablar:
- Oliy ta’lim diplomi
- B2 sertifikat
- Pasport
📅 Kurs boshlanish sanasi: 16-dekabr
Kurs haqida ma’lumot:
-Umumiy kurs soat: 382
-O’qituvchi trayner bilan kontakt soat: 180
-Imtihon shakli: Portfolio
Murojaat uchun:
+998771750073
+998771750074
+998901315007
@TEFL_Admin_1
@TEFL_Admin_2
Havola ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/fKuREiWxhDRnRLwHA
Telegram kanamiz:
@tesoltefl_academy

PQ-421 (Jamoaviy sport turlari).pdf
8.3 MB
“Maktab ligasi”, “Talabalar ligasi”, “Oliy ta'lim kubogi” va “Rektor kubogi” musobaqalari o'tkaziladi
“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo'yicha, boshqa davlat oliy ta'lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo'yicha sport klublari tashkil etiladi.
🗓 2025/2026 o'quv yilidan jamoaviy sport turlari bo'yicha quyidagi sport musobaqalarini o'tkazib borish yo'lga qo'yiladi:
🔹“Maktab ligasi”;
🔹“Talabalar ligasi” va “Oliy ta'lim kubogi”;
🔹“Rektor kubogi”.
2025/2026 o'quv yilidan boshlab maktab sport klublarida kamida 2 ta jamoaviy sport turlarini rivojlantirish hamda 2 mln nafar o'quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.
🏢 Vazirlik va idoralar, xo'jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo'yicha sport klublari tashkil qilinadi.
❕Bunda jamoaviy sport turlari bo'yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o'tkazib boriladi.

⚡️Pedagoglarga attestatsiya yakunlari boʻyicha qaror loyihasi yuborildi
Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari boʻyicha tayyorlangan qaror loyihasi yuborildi.
Pedagoglar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, qaror loyihasi boʻyicha savollar paydo boʻlganda, hududlardagi (viloyatlardagi) ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.
2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha malaka toiflari berilgan pedagoglarning Sertifikatlari 31-dekabrga qadar pedagoglarning Shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari boʻyicha tayyorlangan qaror loyihasi yuborildi.
Pedagoglar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, qaror loyihasi boʻyicha savollar paydo boʻlganda, hududlardagi (viloyatlardagi) ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.
2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha malaka toiflari berilgan pedagoglarning Sertifikatlari 31-dekabrga qadar pedagoglarning Shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Eshitishimizga qaraganda yangi yildan e’tiboran boshlang‘ich sinflarda ham CHSB va BSB imtihonlari o‘tkazilarkan. Shu rostmi?
✅ Yo‘q, bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimining boshlang‘ich sinflarga joriy etilishi ko‘zda tutilmagan.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM