Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.02K photos
973 videos
438 files
5.99K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Agar avvalgi sertifikatingizni topa olmayotgan bo'lsangiz @uztdibot ga ️JSHSHIR (PINFL)ni yozib sertifikatingizni yuklab sanalarni aniqlashtirib olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024 y.) bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

🔰Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

🏢 Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.

📝 Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.

🚫 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.

🗓 Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.

📤 Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlang'ich_ta'lim vazir jamg`armasi.pdf
4.8 MB
Boshlang‘ich ta’lim fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy sertifikat.pdf
890 KB
📣 Ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar;

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;

🖥 Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

✔️ Yuqorida keltirib o‘tilgan Reglamentga ko‘ra:


pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;

kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim;

kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test shaklida o‘tkaziladi;

nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika vazir jamg‘armasi.pdf
7.3 MB
Matematika fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili vazir jamg‘armasi.pdf
5.6 MB
Ona tili fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biologiya vazir jamg`armasi.pdf
4.2 MB
Biologiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chaqiriqqacha_harbiy_ta'lim vazir jamg‘armasi.pdf
3.1 MB
Chaqiriqqacha harbiy ta'Iim fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat va huquq vazir jamg`armasi.pdf
2.7 MB
Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fizika vazir jamg‘armasi.pdf
4.4 MB
Fizika fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fransuz tili vazir jamg`armasi.pdf
1.8 MB
Fransuz tili fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geografiya vazir jamg‘armasi.pdf
3.8 MB
Geografiya tili fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Informatika va AKT vazir jamg‘armasi.pdf
3.7 MB
Informatika va AKT fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy tarbiya vazir jamg‘armasi.pdf
2.8 MB
Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musiqa vazir jamg`armasi.pdf
3.2 MB
Musiqa fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpoq tili vazir jamg’armasi.pdf
7.5 MB
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markazga biriktirilgan maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha rejalar belgilab olindi

Joriy yilning 10-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish markazi mutasaddilari maktab rahbariyati, mahalliy hokimlik, mahalla raisi bilan birgalikda hamkorlik ishlarining ramziy boshlanishi sifatida maktab hududiga “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazishdi.

Markaz xodimlari, shuningdek, maktabda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilishdi, taʼlim va tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga oid rejalar yuzasidan pedagoglar bilan fikr almashishdi.

Batafsil: https://bit.ly/3UzULKe

— — — — — —

В прикрепленной к Центру школе определены планы по повышению качества образования


10 февраля текущего года сотрудники Центра развития образования совместно с руководством школы, местным хокимиятом, председателем махалли в рамках проекта «Яшил макон» как символическое начало совместной работы высадили на территории школы саженцы плодовых и декоративных деревьев.

Сотрудники центра провели презентацию о планируемой работе в школе, обменялись мнениями с педагогами о планах по совершенствованию процессов обучения и воспитания, обсуждались проблемы, отрицательно влияющие на показатели качества, и были выражены предложения по их устранению.

Подробно: https://bit.ly/3uwaZtp

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter