Ta'lim nazorati
104K subscribers
4K photos
965 videos
420 files
5.91K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

📌 Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

🏢 Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

❇️ Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazorov ma’lum qildi:

"O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan,hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi
."

Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatilmoqda

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara toʻlovi toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash hamda oʻquvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

◼️Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining asosiy faoliyat uchun sarflanadigan vaqt me’yorlari ishlab chiqildi

◼️Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, umumta’lim fan o‘qituvchilari:

✔️ o‘quv ishlari uchun 1 020 soat;
✔️o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar uchun 320 soat;
✔️tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar uchun 120 soat;
✔️maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun 80 soat sarflaydi.

Shuningdek, loyihada umumkasbiy va maxsus fan o‘vituvchilari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari ham belgilangan.

👉 Qaror loyihasi bilan batafsil tanishish va loyiha muhokamasida qatnashish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etiladi;

Bunda:

👉 taʼlim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “ New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi;

👉 taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda – kamida 100 Mbit/s boʻladi;

📌
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari e’lon qilindi

Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Kimyo fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻

❇️ Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:

🔠Ekologiya

➡️ Bakalavr va magistrlar:

✔️ Ekologiya va tabiatdan foydalanish
✔️ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
✔️ Farmatsiya
✔️ Davolash ishi
✔️ Agronomiya
✔️ Metallurgiya
✔️ Agrokimyo va tuproqshunoslik (agrotuproqshunoslik)
✔️ Oziq-ovqat texnologiyasi
✔️ Noorganik moddalar va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

➡️ Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi e’lonlarimizda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi?

☁️ Vazirlar Mahkamasining Qarori (2019. 30. 09.823-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning

20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

👉 Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departmenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob bergan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi ta’tilda o‘qituvchilar necha kun dam olishi kerak?

➡️ Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bergan axborotga ko‘ra, o‘qituvchilarning yozgi ta’tili 56 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bayram sanalari va dam olish kunlari ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarida hisoblab beriladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari ta’til uchun hisobga olinmaydi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bir ish yili uchun mehnat ta’tillari miqdori ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

📎 Ma’lumot uchun: Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari kunning qaysi qismida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

◼️1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. Imtihon yopiq binoda o‘tayotgani sababli imtihonlarni o‘tgan yilgidek kunning kechki qismida 19:00 da boshlashga ehtiyoj yo‘q.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilyapti.

Imtihon uchun 92 ta katta sig‘imli yopiq bino tanlab olingan. Bir smenada 44 ming abituriyent testda qatnashadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

▶️ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

🖥 Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashlari mumkin

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

👉 Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

👉 Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.

👉 Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma haqida: arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi

📆 2023-yil 30-may kuni ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥
Arizalar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda va arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi.

🔰 Bunda tavsiyanomalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarorida belgilangan mezonlar asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1 yilga beriladi.

📌 Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarga kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi (2022-yilda 2 000 ta ajratilgan).

Ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan sohalar bo‘yicha hududlar kesimida taqsimlanadi va qabul parametrlari doirasida eng yuqori ball to‘plagan xotin-qizlar talabalikka tavsiya etiladi.

❗️ Eslatma: Har yili tavsiyanomaga ega xotin-qizlar soni ular uchun ajratiladigan qo‘shimcha kvotalar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli tavsiyanoma oldi degani, o‘qishga kirdi degan emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘chadagi hamma tayyorlov guruhi tarbiyachilarining oylik maoshi oshadimi?

◼️“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Tarbiyachilar qaysi tayyorlov guruhining rahbari ekanidan qat’i nazar, ularning maoshi maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtiriladi.

Bu yerda ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihat, hamma tarbiyachilarning emas, aynan oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oylik maoshi oshishidir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni tashkil etish vazifasi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori (2023.01.06.PQ-176) bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga vazirlik va idoralardan oʻtkaziladigan vazifalar va shtat birliklari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:

➡️ 2023-yil 15-iyundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash hamda mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi va 707 ta shtat birligi;

➡️ 2024-yil 1-avgustdan Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish vazifasi va 222 ta shtat birligi yangi agentlikka oʻtkaziladi.

P.S: Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar nazarda tutilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari qanday sharoitda o‘tishi kerak?

▪️ Garchi o‘tgan bir necha yil imtihonlar stadionlar va ochiq binolarda o‘tgan bo‘lsa-da, lekin qonunchilik bo‘yicha test sinovlari yopiq binoda o‘tishi kerak.

Bu yilgi kirish imtihonlari uchun yopiq binolar tanlab olingan.

Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim;

Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali