Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.09K photos
954 videos
456 files
6.09K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Chet tili sertifikatlar loyiha.pdf
211.8 KB
⚡️ Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra:

👉 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilanadi.

👉 Xalqaro sertifikatlar taqdim etishda hujjatdagi talabgorning ism-sharifi lotin harflarida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirayotgan talabgorlar aynan o‘zlari tanlagan til yo‘nalishi bo‘yicha til bilish darajasini baholovchi sertifikatni taqdim etishlari, til bilish darajasini baholovchi sertifikatlar til bilish ko‘nikmalarining barcha turlarini (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) o‘z ichiga olishi lozim.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/79549

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi- erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’raydi.

@oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_9

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Yurtimizda o‘tkaziladigan olimpiadalarning tuman bosqichida o‘rin olgan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga mukofot yoki moddiy rag‘batlantirish beriladimi?

➡️ 01:38 Joriy yil yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlarida sinf rahbarlari ham ishtirok etadimi? Ularning vazifalari nimalardan iborat?

➡️ 02:55 Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar uchun qanday ustamalar mavjud?
 
➡️ 04:23 Respublika olimpiadalarida g‘oliblik haqidagi diplomlarni yo‘qotganda, mazkur hujjatlarni qayta tiklash uchun qanday yo‘l tutish lozim?

@oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🎓 Abituriyentlar nimani bilishi kerak?

👉 Bu yil ham imtihonda to'plash mumkin bo'lgan maksimall ball – 189 ball bo'ladi. Jami 5 ta fandan imtihon topshiriladi: 2 ta asosiymutaxassislik fani, 3 ta majburiy fan.

👉 Javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. Bu yerda ko'rishingiz mumkin.

👉 Bu yilgi qabulda 1 mln 260 ming abituriyent OTMlarga hujjat topshirishi kutilyapti.

👉 Magistratura uchun chet tili sertifikatlari ro'yxati tasdiqlandi. Sertifikat filologiya yo'nalishlari uchun C1 daraja, boshqa barcha yo'nalishlar uchun esa B2 darajada bo'lishi kerak.

#Qabul2023
Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ta'lim nazorati pinned Deleted message
“Kundalik” elektron sinf jurnaliga oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) fan oʻqituvchisi nima sababdan va qaysi sana ustuniga baho qoʻymaganligini batafsil ifodalab maktab direktori nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;

b) maktab direktori va direktorning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan oʻqituvchilaridan tushgan yozma murojaatlar asosida oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hamda Xalq taʼlimi vazirining (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) 2022-yil 24- iyundagi 205-son buyrugʻining 7-bandida koʻrsatilgan funksional vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani, oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaganligini ifodalab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;

d) maktab direktorlaridan tushgan yozma murojaatlar asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri kamchilikka yoʻl qoʻygan rahbar xodimlar va pedagog kadrlar ishtirokida tanqidiy koʻrinishda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muhokama yigʻilishini oʻtkazadi.

Muhokama yigʻilishi bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.

Bayonnoma qarorida: ‒ oʻz vaqtida baho qoʻyishga ulgurilmagan, tizimda muzlatilgan ustun sanasi, oʻquvchining sinfi, F.I.Sh va bahosi koʻrsatilib, ushbu sanaga baho qoʻyish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiq deb topilishi;

‒ muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomidan rasmiy xat bilan hududiy boshqarmaga taqdim etilishi kerakligi koʻrsatib oʻtilishi kerak.

e) Muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi hududiy boshqarma tomonidan rasmiy tarzda Vazirlikka taqdim etilganidan soʻng muzlatilgan ustundagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarining xati

@oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонига мувофиқ, муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови 2023 йил 9 июль кунига тайинланди.

Указом Президента Республики Узбекистан досрочные выборы Президента Республики Узбекистан назначены на 9 июля 2023 года.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Jizzaxlik yoshlar hunarmandchilikni oʻrganish uchun vodiyga yuboriladi

Prezident qarori (PQ-146 02.05.2023) ga koʻra, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, viloyatdagi 302 ta mahallaning har biridan besh nafargacha hunarmandchilikka qiziquvchi yoshlar 2023-2024-yillar davomida grafik asosida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi hunarmandchilik maktablariga hunar oʻrganish uchun oʻquv kurslariga yuboriladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika-Kimyo - Ona tili va adabiyot-Aprobatsiya.pdf
532.7 KB
⚡️ 2022-2023-oʻquv yili Maktablar reytingi

Joriy yilning 10-20-may kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida 9-sinf oʻquvchilari orasida Ona tili va adabiyot, matematika hamda kimyo fanlaridan nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Reytingda qantashadigan maktablar ro‘yxati.pdf
313.5 KB
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarda qatnashadigan maktablar roʻyxati

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezidentning “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:

2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chilonzordagi maktabda kaltaklangan pedagog ishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

9-may kuni Kun.uzʻda Chilonzor tumanida joylashgan 178-maktabning oʻqituvchisi rahbarligidagi 4-sinf oʻquvchisining onasi tomonidan kaltaklangani haqidagi surishtiruv eʼlon qilingandi.

Shundan soʻng, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot bergan.

“Yetkazilgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, jabrlanuvchiga sogʻliqning qisqa muddat buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Tergov jarayonida barcha vajlar tekshirilib, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”,
– deydi poytaxt IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanova.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Milliy gvardiyada ishlash uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.
MenTalaba platformasining 10- va 11-sinf o’quvchilari uchun matematikadan respublika onlayn olimpiadasiga arizalar qabuli davom etmoqda. Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo’ladi!

Olimpiyada sovrinlari:
1️⃣O’rin: 1 000 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati
2️⃣O’rin: 700 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati
3️⃣O’rin: 400 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati

Olimpiadada qatnashish shartlari:
🔺10- va 11-sinf o’quvchilari bo’lishingiz;
🔺Mentalaba.uz platforamasida o’z profilingizni to’liq to’ldirgan bo’lishingiz shart.
🔺Olimpiadada qatnashishni tasdiqlash uchun hujjat topshirish knopkasini bosishingiz talab etiladi
🔺Instagram va Telegram kanallarimizga obuna bo’lishingiz talab etiladi

Shoshiling Olimpiadaga ro'yhatdan o'tish 12-may kechki soat 12:00gacha davom etadi

Bu e’lonni Matematik do’stlaringizga tarqating!

MenTalaba kanalini kuzatib boring!
Test topshiriqlari soni va baholash mezoni

2023-2024-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida abituriyentlarga beriladigan test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

🔹
har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.

1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.

2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hindistonlik ingliz tili va informatika mutaxassislari O‘zbekiston maktablariga jalb etilishi mumkin!

Londonda bo‘lib o‘tayotgan forumda vazir Hilola Umarova Hindiston Respublikasi Assam shtati federal taʼlim vaziri Doktor Ranoj bilan suhbat davomida Hindiston Respublikasi ingliz tili va informatika yo‘nalishlaridagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga “ustoz-shogird” modeli asosida amaliyotga va taʼlim jarayoniga jalb etish masalasi muhokama qilingan.

Assam shtati federal taʼlim vaziri Doktor Ranoj ushbu masalada Britaniya Kengashining Hindiston vakolatxonasi bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga amaliy yordam berishga roziligini bildirgan.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab direktori o‘rinbosarlari moddiy rag‘batlantirib boriladi

Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Isroil Tillaboyevga ko‘ra, MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qo‘shma qaror imzolangan.

👉 Unga ko‘ra, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari berib boriladi.

➡️ Rag‘batlantirish shartlari haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma’lumot beramiz.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo'shma qaror.PDF
4.8 MB
🖋 Maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
va Yoshlar ittifoqi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga ko‘ra,

Respublika boʻyicha 200 nafargacha direktor oʻrinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;

direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, direktor oʻrinbosari lavozimiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

👉 Taʼlim muassasalari yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, toʻgaraklar faoliyatini muvofiqlashtirish;

👉 4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyati haqida targʻibot ishlarini olib borish;

👉 mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda “Yoshlardaftari”da yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi targʻibot ishlarini tashkil etish.

🗂 Batafsil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun qo‘shma qaror bilan tanishing

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM