Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.07K photos
952 videos
455 files
6.06K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
❗️Pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan kunlar hali e'lon qilinmagan

Ayrim telegram kanallari yoki gruppalarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar oʻtgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari oʻtkazilgan sanalar ekanligini maʼlum qilamiz.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz.

Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 1-aprelga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi?-demak 11-aprelga qadar sinovlar boshlanmaydi).

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
МТТВ+Спорт_вазирлиги_жисмоний_тарбия_ўқитувчилари_учун_баҳолаш_мезонлари.pdf
498.2 KB
⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.

💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

🗓 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):

birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);

ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).

❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha na'munaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin:

👉
https://t.iss.one/uztditestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);

Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);

Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);

Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);

Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);

Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim nazorati pinned «❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti…»
Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog'ishamol ko'chasi 5-uy. Mo'ljal: oldingi Pedagogika kolleji)

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)

Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Yashil dunyo" bozori)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog'" mahallasi, Maxtumquli ko'chasi, 229 "A"-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)

Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot
fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tadi.

Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.

Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

📍 Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda. Yuqori ball to‘plaganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar va maxsus sertifikat beriladi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Mart oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjesti

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan o‘qituvchilarni metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TRM Metodik yordam” telegram kanali orqali videodarslar va metodik qo‘llanmalar joylashtirib borilmoqda.

Quyida e’tiboringizga mart oyida e’lon qilingan metodik tavsiyalar dayjestini havola etamiz:

🗂 Darsni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Mukammal dars qanday bo‘lishi kerak?
Hissiy tafakkur: Empatiya
Miya tanaffuslarining foydalari
“Sirli sumka” o’yini
O‘qitish richagi
Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasi
O‘quvchilarni darsga faol jalb etish uslublari: Qo‘g‘irchoqlar
Bola darsdan zavqlansa, oson oʼzlashtiradi

🖐 Neyrogimnastika mashqlari
Xotira faoliyatini yaxshilash, kognitiv tezlik qobiliyatlarni oshirish va asab tizimini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar
Kognitiv tezlik va diqqatni jamlashni yaxshilovchi neyrogimnastika mashqlari
Diqqatni jamlash uchun mashqlar
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun mashqlar
Vizual xotirani kuchaytiruvchi mashqlar

🔹 "Metodik marafon" doirasidagi seminarlar
Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" ma’ruzachilar taqdimotlari
Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" ma’ruzachilar taqdimotlari

Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" seminarlarining videolari
Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan "Metodik marafon" seminarlarining videolari

📹 Videoyo‘riqnomalar
Grok sun’iy intellekt platformasi

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab bitiruvchilari o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihondan o‘tadi va ularga elektron sertifikat beriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihondan o‘tkazish va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi to‘g‘risida"gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Unga ko’ra, kasbiy ta’lim yo‘nalishiga mos kasb-hunar o‘rgangan 11-sinf bitiruvchilariga maktab direktorining buyrug‘iga asosan yakuniy imtihonni topshirishga ruxsat beriladi.

Yakuniy imtihon oʻtkaziladigan kuni va vaqti yakuniy attestatsiya komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin hududiy kasbiy koʻnikmalar markaziga rasmiy xabar beriladi hamda maktabning kirish qismiga osib qoʻyiladi.

Yakuniy imtihonni baholash mezonlari va yakuniy imtihon savollari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, umumiy oʻrta taʼlim maktabiga yetkaziladi.

Yakuniy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.

Imtihonga uzrli sabablarga koʻra kelmagan oʻquvchilar Komissiya qaroriga asosan imtihonni shu yili 1-iyulga qadar qayta topshirishi mumkin. Qayta topshirishdan oʻta olmagan bitiruvchilarga sertifikat berilmaydi.

Bitiruvchilarga sertifikat maktab pedagogik kengashining qarori asosida elektron platforma orqali beriladi.

Bitiruvchilarga sertifikat har yili 25-iyunga qadar beriladi. Yakuniy imtihonni qayta topshirgan yoki maʼlum sabablarga koʻra kech topshirgan bitiruvchilarga sertifikat 1-iyulga qadar berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talaba va oʻquvchilarining amaliyot oʻtash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtiriladi

Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan “Oliy va kasbiy taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilarining amaliyot oʻtash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra:

2026/2027 o‘quv yilidan Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarini amaliyot o‘tash, malaka oshirish hamda ishga qabul qilish jarayonlari maxsus platformasi ishga tushiriladi;

Nizomga muvofiq:

har yili davlat attestatsiya komissiyasining yakuniy xulosalari asosida oliy va kasbiy ta’lim tashkiloti tomonidan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformaga kiritiladi;

davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlarga platformaga o‘zlari uchun kerak bo‘layotgan kadrlar, shu jumladan vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi joriy etiladi;

oliy va kasbiy ta’lim tashkilotining o‘z o‘zini band qilgan bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari orqali platformaga uzatiladi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM