Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.07K photos
954 videos
455 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
CHQBT rahbarini saralash nizom.pdf
1.2 MB
⚡️CHQBT rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash haqidagi Nizom tasdiqlandi

Mudofaa vazirining 2025-yil 1-fevraldagi 108-son buyrug‘i bilan Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari lavozimiga nomzodlarni saralab olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olishning oxirgi kuni

Joriy yilning 24-mart kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 30-mart kun yakunlanadi.

💴 To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20-aprel kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.

✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

👉
Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.


Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta’lim ustalari attestatsiyasi: yangi nizom loyihasi e’lon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra:


Taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish («Recognition of Prior Learning») diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Attestatsiyadan oʻtish uchun taʼlim ustalari qoidaga koʻra 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita Vazirlikning rasmiy veb-saytida pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, malaka toifasiz taʼlim ustasi lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Malaka toifasiz taʼlim ustasi navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan malaka toifasiz taʼlim ustasini navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ikki marta jalb etadi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Muhokamada ishtirok etish: 👉 https://regulation.adliya.uz/project/4570/10631

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻpgina pedagoglarning takliflariga asosan 2025-yil 5-aprel sanasida milliy va xalqaro sertifikatlar telegram kanalida online uchrashuvni tashkil qilamiz.

iTEP, TOEFL iBT va TOEFL iTP sertifikatlari va ularga tayyorlanish boʻyicha NEN The New Education Exam Centre masʼullari ishtirok etishadi.

Online muloqot vaqti: 17:00

Oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan ushbu guruhga (Savol yo`llash) savollaringizni yuborishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va hoziroq kanalimizga a'zo bo'ling!


📱 Murojaatlar uchun: @xalqaro_sertifikat_ustamabot
📢 Kanalga ulanish uchun: @xalqaro va milliy sertifikat
❗️Pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan kunlar hali e'lon qilinmagan

Ayrim telegram kanallari yoki gruppalarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar oʻtgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari oʻtkazilgan sanalar ekanligini maʼlum qilamiz.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz.

Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 1-aprelga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi?-demak 11-aprelga qadar sinovlar boshlanmaydi).

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
МТТВ+Спорт_вазирлиги_жисмоний_тарбия_ўқитувчилари_учун_баҳолаш_мезонлари.pdf
498.2 KB
⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.

💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

🗓 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):

birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);

ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).

❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha na'munaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin:

👉
https://t.iss.one/uztditestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);

Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);

Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);

Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);

Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);

Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim nazorati pinned «❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti…»
Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog'ishamol ko'chasi 5-uy. Mo'ljal: oldingi Pedagogika kolleji)

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)

Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Yashil dunyo" bozori)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog'" mahallasi, Maxtumquli ko'chasi, 229 "A"-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)

Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.iss.one/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot
fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tadi.

Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.

Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

📍 Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda. Yuqori ball to‘plaganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar va maxsus sertifikat beriladi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM