Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu ro'yxatda ko‘rsatilgan 38 turdagi mahsulotlar sotuviga yo‘l qo'yish qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo'ladi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖ Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
➖ Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
➖ Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
➖ Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
Oilaviy sharoitga ko‘ra, kollejda o‘qishni davom ettira olmadim. Yaqinda ishga kirmoqchi bo‘lganimda kollej diplomini yoki 11-sinf attestatini so‘rashdi. Kollej yopilgan, attestatni qaerdan olsam bo‘ladi?
Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga attestat berish tartibi joriy etilgan.
Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun onlayn ariza berishi kerak.
Imtihonlar eksternat maktablarida may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvafaqiyatli o‘tgan fuqarolarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

#foydali_eslatma #abituriyent2025
⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma! Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi
🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

“Mening maktabim” loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
“Ochiq budjet” portalida 14 ta tumanda sinov tarzida o‘tkazilgan “Mening maktabim” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi.
💰 Bunga ko‘ra, umumiy qiymati 25,7 mlrd so‘mni tashkil etgan 1 387 ta loyiha g‘olib deb topildi.
✅ Ushbu loyihalar uchun jami 38 371 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.
📝 G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://openbudget.uz/school/project-introduction
#mening_maktabim #open_budget
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Ochiq budjet” portalida 14 ta tumanda sinov tarzida o‘tkazilgan “Mening maktabim” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi.
💰 Bunga ko‘ra, umumiy qiymati 25,7 mlrd so‘mni tashkil etgan 1 387 ta loyiha g‘olib deb topildi.
#mening_maktabim #open_budget
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabgorlar diqqatiga!
❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.
❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:
👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;
👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.

PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi
✅ PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.
📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
➖ Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.
👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

#Ovozli_chat
2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
❓ Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?
❗️ Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.
👉 Ushbu toʻlov miqdorlari bilan yuqoridagi jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.
📍Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.
✅ Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan boʻlsak, maʼlum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming soʻm, oʻsha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming soʻm toʻlanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?
❗️ Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.
👉 Ushbu toʻlov miqdorlari bilan yuqoridagi jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.
📍Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida
Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular:
➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;
➖ Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanal

⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.
Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
✅ Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

⚡️Attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yana bir qator fanlardan diagnostik testlar joylashtirildi
Kecha pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari mumkinligi va testlar bosqichma-bosqich joylab borilayotgani haqida xabar bergan edik.
✅ Ustozlarning (@uztdibot) yuborgan talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegram botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha ham testlar joylashtirildi:
🔹Qozoq tili
🔹Tojik tili
🔹Koreys tili
🔹Nemis tili
❗️Bundan tashqari qoraqalpoq tilidagi testlar qatorga ushbu fanlar ham joylab bo'lindi:
🔹Oligofrenopedagogika
🔹Surdopedagogika
👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:
O'zbek va rus tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kecha pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari mumkinligi va testlar bosqichma-bosqich joylab borilayotgani haqida xabar bergan edik.
✅ Ustozlarning (@uztdibot) yuborgan talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegram botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha ham testlar joylashtirildi:
🔹Qozoq tili
🔹Tojik tili
🔹Koreys tili
🔹Nemis tili
❗️Bundan tashqari qoraqalpoq tilidagi testlar qatorga ushbu fanlar ham joylab bo'lindi:
🔹Oligofrenopedagogika
🔹Surdopedagogika
👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:
O'zbek va rus tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rankings TOP-1000_2025.pdf
1.3 MB
#TOP1000 #Reyting
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

“Cyber university” (ПҚ-14-сон, 20.01.2025 й.).pdf
2.8 MB
⚡️Nurafshonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi
“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025-y.) qabul qilindi.
📃Qarorga koʻra, universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatidan mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Talabalarni oʻqitish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi.
📕Universitetga qabul parametirlari davlat universiteti Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Kiberxavfsizlik sohasi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Kuzatuv kengashiga yangi istiqbolli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi beriladi.
⚡️Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi.
✅Universitet faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY Yangiobod koʻchasi 42-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida universitetga oʻtkazib beriladi.
❗️Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini 2024/2025 oʻquv yili yakunlanganidan soʻng tugatadi va bu yerdagi talabalar oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga belgilangan tartibda koʻchiriladi.
📚Universitetda oʻquv jarayoni 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.
2025/2026 oʻquv yili uchun universitetga bakalavr tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 100 ta davlat grandi ajratiladi.

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅ 2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Diniy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi
2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darslik va adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.