Ta'lim nazorati
112K subscribers
4.08K photos
953 videos
455 files
6.08K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.

📌 Ma'lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈

Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo'ladi.

Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti joriy yildan boshlab faqat kunduzgi ta’limda o'qiydiganlarga beriladi.

Super-kontraktni 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertaga, 4-sentyabr kuni maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda darslar boshlanadi

2024/2025-o‘quv yili:

Maktablarda – 4-sentyabr;
Oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
Akademik litseylarda – 4-sentyabr;
Kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanadi.

🔹Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Nodavlat universitetlarda darslar qachon boshlanishi sharoitga qarab har bir OTM tomonidan e'lon qilinadi.

Maktablarda “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarin soat 8:00 da “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etiladi.

“Salom bog‘cha”, “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars” larini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar: 👉 https://t.iss.one/uztdi/8893

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik

⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉https://ijara.soliq.uz

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXSH tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta bog'cha qurish rejalashtirilmoqda

“O'zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 400 mingdan ortiq o'quvchilar sig'imiga ega zamonaviy ta'lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig'imiga ega maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish choralari ko'riladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.

❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;

— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;

— qo‘shma taʼlim uchun.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar diqqatiga!

Chet tillaridan imtihon o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani sababli 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar uchun ham imtihonlar 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

📌 Talabgorlar aynan qaysi sana va smenada test sinovida ishtirok etishlarini shaxsiy kabinetlari orqali imtihon o‘tkazilish sanalaridan kamida uch kun oldin test sinovi ruxsatnomasi orqali bilib olishlari mumkin.

❇️ 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlardan shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳудудий_бошқармаларга_ва_“Kundalik”_МЧЖга.pdf
238.3 KB
Umumtaʼlim maktablarining 7-sinfdagi “Algebra” va “Geometriya” fanlari “Matematika” faniga uygʻunlashtirilmoqda.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab har bir maktabning e-maktab.uz platformasi administratori tomonidan 7-sinf “Algebra” va “Geometriya” fanlari o‘rniga 1-6-sinflardagi kabi “Matematika” fani kiritilishi lozim.

Quyidagi havola orqali kiritiladi:

o‘zbek tilida: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/15734431152028
rus tilida: https://help.emaktab.uz/hc/ru/articles/15734431152028

7-sinfdagi “Algebra” va “Geometriya” fanlari boʻyicha oʻquvchilar bilimiga qoʻyiladigan baholar fan oʻqituvchilari tomonidan “Matematika” faniga qoʻyib borilishi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: e-maktab.uz call center telefon raqami (78) 888-82-82.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma:Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namunaviy_shtatlarga_o‘zgartirish_va_qo'shimchalar_kiritish_to‘g‘risida.pdf
1.7 MB
❗️Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (30.08.2024 №288) bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 40b-son buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, sinflar soniga qarab “kutubxonachi” shtatini ajratish amaliyoti bekor qilinadi hamda barcha maktablarda “Kutubxona mudiri” (1 shtat birligi) lavozimi ajratiladi.

Psixolog lavozimi esa oʻquvchilar soni 1500 nafargacha boʻlganda 1 birlik, 1500 nafardan ortiq boʻlganda 2 birlikdan shtat ajratiladi.

Laborant lavozimi tugatildi. Laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda fizika yoki kimyo fani oʻqituvchisidan biriga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta’lim shaklidagilar o‘qishga qachon boradi?

Sirtqi ta’lim shakliga qabul qilinganlar ham sentyabrdan o‘qishga borishlari kerak.

Chunki, ularning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘rida buyruq chiqishi uchun ularning ayrim hujjatlari talab etiladi.

Jumladan quyidagilar:

– Umumiy o‘rta ta’limni tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (kollej, litsey diplomi yoki maktab attestati)

– O‘qishga qabul qilinganliklari to‘g‘risidagi qayd varaqa.

– 3×4 sakkiz dona shaxsiy fotosurat.

– Harbiy guvohnoma yoki ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

– Imtiyozlar mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli. (Agar imtiyoz mavjud bo‘lsa)

– Milliy yoki xalqaro sertifikatlardan foydalangan bo‘lsa, asl nusxasi.

– Papka (“Дело”).


Universitet bilan bog‘lanish va bu haqda ma’lumot olishni kechiktirmasligingiz muhim.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim kreditini my.gov.uz orqali olish mumkin

2024-2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

– Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

– Ta’lim krediti oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi;

– Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi;

– OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda beriladi.

Ta'lim kredit uchun onlayn ariza yuborish: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/677

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shaklida o‘qiydiganlar uchun ta'lim krediti berilmaydi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Ayrim oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi

🔰Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

🔘 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli
qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-iyuldagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 229-son buyrugʻida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Quyida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichda pedagoglarning mutaxassislik fani va kasbiy standartlari hamda pedagogik mahoratini baholash boʻyicha malaka (test) sinovlariga tayyorlanish boʻyicha tavsiyalar (nazorat materiallari spetsifikatsiyasi) va adabiyotlar roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Barcha ma'lumotlarni quyidagi havola orqali fanlar kesimida yuklab olishingiz mumkin: 👉 https://talimxabarlari.uz/8895/

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM