Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.08K photos
954 videos
455 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#qabul2024 #grant #2_foizli

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli kvota


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

▪️ Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

👉 kunduzgi2 560 ta;
👉 sirtqi1 043 ta;
👉 kechki183 ta;
👉 masofaviy112 ta.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
#qabul2024 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

▪️ Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 kunduzgi1 280 ta;
🔸 sirtqi521 ta;
🔹 kechki92 ta;
🔸 masofaviy56 ta.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔸 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔸 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi davlat OTMlari kontraktni mustaqil oshirishi mumkin?

Prezident qarori (24.12.2021-yil, PQ-61-son) bilan 40 ta davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilgan bo'lib, ular to'lov-kontrakt miqdorini mustaqil oshirishlari mumkin.

Misol uchun moliyaviy mustaqil OTMlardan biri bo'lgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti veb-saytida 2024-2025-oʻquv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida oʻqitish toʻlov-shartnoma yangilangan miqdori e'lon qilindi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar ro'yxati: 👉 https://talimxabarlari.uz/6319/

Moliyaviy mustaqil bo'lmagan OTMlar uchun toʻlov-kontrakt yangilangan miqdorlari: 👉 https://t.iss.one/uztdi/8744

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #qabul2024 #ikkinchi_bosqich

❗️2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgustga qadar davom etadi.

Bunda abituriyentlar “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shuningdek, beshtagacha OTM ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydilar.

Batafsil: 👉https://t.iss.one/uztdi/8726

📹 Videoyo‘riqnoma (HD formatda)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab oʻquvchilari uchun koreyalik mutaxassislar ishtirokida sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi.

Ushbu kursda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha koreyalik mutaxassislardan bilim olishmoqda.

Muassasaga Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasini moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan. Ushbu jihozlar orqali o‘quvchilarda dasturlashga oid o’rgangan nazariy bilimlarini Robot qurilmalarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

❗️Mazkur maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagi video sunʼiy intellekt va robototexnika kursi ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirdan tayyorlandi.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/xzoKJVul9EM

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish davom etmoqda

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

Joriy yilning 25 iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinadi.

❗️Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

👉 Ma’lumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 4 896 nafar stajyor-o‘qituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

🔰 Eslatib o‘tamiz: Navbatdan-tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 baldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

👉 Ma’muriy reglament

👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar

👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi

my.maktab.uz platformasi orqali yuborilgan arizalar vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

👉 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan
boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Murojaatlar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


✔️ Quyidagi telegram botlar yordamida attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatga ko‘ra faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).

Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.

Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.

2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 https://t.iss.one/uztdi/8474

⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉 https://talimxabarlari.uz/6453/

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

❗️Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovi natijalarini talabgorlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ta'lim shaklini tanlashda e’tibor bering: Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi

Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlarini va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Shu o‘rinda bir muhim faktni unutmaslik lozim Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) asosan endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

Xuddi shunday xotin-qizlarga ajratiladigan imtiyozli foizsiz taʼlim krediti ham endi faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlarga ajratiladi.

Sirtqi, kechki yoki masofaviy ta‘lim shaklini tanlagan talabalarga taʼlim krediti ajratilmaydi.

✔️ Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi OTMlar sirtqi ta‘lim shaklida o‘qiydiganlarga ham kontraktni 4 yoki 5 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati bermoqda:

◽️ "University of Business and Science"

🔹
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

🔸Qarshi xalqaro universiteti

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogiron, yetim, ijtimoiy himoya reyestridagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi

🔰 Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida 2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilishda ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish lozimligi ta’kidlangan.

Talabalar turar joylariga arizalarni ko‘rib chiqishda ustuvorlik beriladigan talabalar bo‘yicha batafsil ma’lumot: 👉 https://talimxabarlari.uz/6392/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2 kundan keyin o'qishni ko'chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan edi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: https://t.iss.one/uztdi/8636

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari boshqa ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta’lim xabarlari
Kontraktda o‘qiydigan talaba grantga o‘tishi mumkin (mi?)

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Grant yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi? Qaysi birini tanlash kerak?

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Minimal ball o‘zgardimi?

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Endi yangiliklarni video shaklda Instagram sahifamizda kuzatib borishingiz mumkin.

Faol obunachilarimizdan layk va izohlar kutib qolamiz.

🔹 Instagramga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

🌟 Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

10-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

📹 Videoyo‘riqnoma

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM