Ta'lim nazorati
110K subscribers
4.07K photos
952 videos
455 files
6.06K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.

Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

💵 O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📌 Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi!

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
[email protected]
1.2 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrugʻi

👉 Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
[email protected]
1.2 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  tegishli (20.06.2024-yildagi 191-sonli) buyrug‘i bilan Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejalari tasdiqlandi.

👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qarshi xalqaro universiteti” da qabul davom etmoqda!

Haliyam o‘tiribsizmi? Hoziroq bizga murojaat qiling!

☎️ +99855-500-99-44
☎️ +99878-113-72-10

📍Qashqadaryo, Qarshi, Mustaqillik 71
Mo’ljal: Muhammad ota choyxona yonida

📍Qashqadaryo, Qarshi, Bunyodkorlik ko’chasi
Mo’ljal: UzGazOil ro’parasida.

🧑‍💻 @kiu_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlar diqqatiga: Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

Hurmatli abituriyentlar!

❇️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha bugunoq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

📌 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

❗️ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.iss.one/uztdi/8484

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vazirlik xodimi hujjat topshirayotgan abituriyentlarga tavsiyalar berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov Kun.uz bilan suhbatda abituriyentlar oliy ta’lim tashkilotlariga ro‘yxatdan o‘tishda hech kimdan yordam so‘ramasdan o‘zlari ro‘yxatdan o‘tishlari kerakligini ta’kidladi.

Bizda ko‘pincha maktab direktori yo Paynet’dan yordam so‘raladi va natijada yo‘nalish tanlashda, imtihon topshiradigan hududni tanlashda tushunmovchiliklar bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili bir abituriyent 189 ball to‘plagan, lekin birinchi yo‘nalish sifatida agrar yo‘nalishni, so‘ng tibbiyot yo‘nalishlarini tanlagan ekan. Menimcha, u bola o‘tgan yili agrar yo‘nalishda o‘qimagan. Bu xato – uning bir yili “kuyishini” anglatadi”, dedi Abduvali Xoliqov.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: fanlar majmuasini tanlaganda e'tiborli bo‘ling!

Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

❗️Ayrim abituriyentlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi aytib qaysi fanlar majmuasini tanlashim kerak deb so‘rashmoqda.

Masalan:

Geodeziya va geoinformatika (60721500) yo‘nalishiga kirish uchun matematika (3,1) fizika (2,1) tanlash zarur.

Boshlangʻich taʼlim (60110400) yoki kompyuter lingvistikasi (60230400) yo‘nalishiga kirish uchun ona tili va adabiyoti (3,1) matematika (2,1) tanlash zarur.

Abituriyentlarga fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan yuqoridagi jadval bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Fanlar majmuasi tanlashdan avval @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ Bugun oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun, 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan jadval 👉 https://t.iss.one/uztdi/8513

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizlarimizni ham toʻkis baxtli boʻlishga haqqi bor.

Bu borada BIZ sizga yordam bera olamiz!

☎️ +99855-500-99-44

🧑‍💻 @kiu_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab beriladi.

Agentlik 2024-yil 1-dekabrdan boshlab:

o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etishga vakolatli tashkilotning tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda doimiy ravishda yangilab boradi.

Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratadi hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini ko‘radi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/5301/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTMga kirish uchun minimal oʻtish ballari koʻtariladi

Bu haqda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov maʼlum qildi.

Joriy yilda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan oʻqishga kirish imkoni boʻlmaydi.

Keyingi yilda esa oʻtish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, yaʼni 2024-2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, yaʼni 2025-2026- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024 – 2025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi: Bugun to‘lov qilish uchun oxirgi kun!

🖥 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

O‘tgan yili ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etgan edi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lovga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PQ-231.pdf
9.7 MB
⚡️Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi

Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda:

“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi;

“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi;

“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

Mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi;

💵 mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
🔹 Bugun, 28-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

🔹 Konferensiyada ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha nazariya va amaliyot uygʻunligi, oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi va malakasini oshirish, ilgʻor tajribalarni oʻrgangan holda sohaga zamonaviy yechimlarni joriy qilishga qaratilgan turli masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlanishi ko‘zda tutilgan.

🔹 Tadbirda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/83833564760

ID: 838 3356 4760
Parol: 28062024

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍 👍👍👍👍

"University of Business and Science" 2024-2025-o‘quv yili uchun 300 ta ta’lim granti e’lon qiladi!


UBS'da o‘qimoqchi bo‘lgan har bir ilmli va salohiyatli abituriyent 300 ta grantdan birini yutib olish imkoniyatiga ega!

Grant bakalavriatning barcha 20 ta yo‘nalishlari uchun amal qiladi:
ubsu.uz/educations/bachelordirections

UBS o‘z talabalari uchun stipendiya ham ajratadi.

Kontakt narxi 9 mln 180 ming so‘mdan boshlanadi.

UBS'ga hujjat topshirib, ta’lim granti va stipendiyaga ega bo‘ling.


🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📱 iPhone 15 Pro Max yutib olish

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Telegram:
@ubsuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
🔹 Ayni paytda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.

🔹 "Bugungi globallashuv jarayonida taʼlimda sifat va samaradorlikni oshirish, sohaga ochiq va shaffof tizimni joriy etish, taʼlim jarayonlarini boshqarish, oʻqitishning interfaol shakllarini joriy etish, taʼlim resurslaridan istalgan joyda va vaqtda foydalanish kabi imkoniyatlarni taqdim etishda raqamli texnologiyalarning oʻrni beqiyosdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar, immersiv texnologiyalar (VR, AR, MR), shu jumladan, sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish, bugungi raqamli asrda taʼlim oluvchilarni har tomonlama yetuk, zamonaviy va soʻngi tendensiyalardan xabardor kadrlar boʻlib yetishishiga oʻz hissasini qoʻshadi desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻylaymanki, bugungi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni almashish uchun barchamizga muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi," – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM